L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Uinchi gurux uchun tarqatma material.Unumli va unumsiz mehnat
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Uinchi gurux uchun tarqatma material.Unumli va unumsiz mehnat
to‘g‘risidagi ta’limot. Smitda bu masala ancha mukammal tahlil etilgan. Fiziokratlarda qiymatning manbai u yoki bu konkret mehnat shakllari emas, qaysi sohada bo‘lishining farqi yo‘q, balki umuman mehnat ekanligini ko‘rsatib berdi. Smitning fikricha, qiymat foyda umumiy ijtimoiy mehnat bilan yaratiladi. Avvalo kapitalga almashuvni, ya’ni foyda yaratuvchi mehnat unumli deb e’lon qilinadi, maqsadidan qat’iy nazar odamlarning boshqa turdagi faoliyati unumsiz mehnat harajatlari deb aytiladi. Unumli va unumsiz mehnatning farqi shundaki, birinchisi kapitalga almashtiriladi. Tovarda o‘z aksini topgan mehnat unumli, xizmat sohalari unumsiz mehnat bo‘lib chiqadi (marjinalizmda boshqacha fikr). Smitning tasdiqlashicha davlat daromadining deyarli hammasi unumsiz elementlarni ta’minlash uchun sarf bo‘ladi, 110 shu sababli jamiyatda bunday guruhlar imkoni boricha kam bo‘lishi kerak, deydi, ya’ni u arzon davlat tarafdori bo‘lgan, bunga qo‘shilish mumkin. A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni asoslashga katta e’tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy erkinlik ta’minlashni, davlatning iqtisodiy hayetga aralashmasligini ta’rifladi, ammo mamlakat xavfsizligi iqtisodiyotdan ustun, deyiladi. Smit merkantilizmga, shu bilan birga savdodagi proteksionizmga (davlat tomonidan cheklashlar, soliq,bojxona va boshqalar), tashqi savdodagi har qanday cheklashlarga qarshi edi, demak erkin iqtisodiyotni qo‘llaydi. Smit nochor ahvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun quyidagi uch omilni ko‘rsatib bergan edi: 1. Mamlakatda tinchlik, osoyishtalik bo‘lishi va saqlanishi. 2. Me’yoridagi yengil soliqlar tizimi. 3. Davlat iqtisodiyot ishlariga hadeb aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga oshaveradi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling