Labaratoriya ishi-4 ituzumdoshlar oilasi (Solanaceae) vakillari bilan tanishish kerakli materiallar
Download 0,9 Mb.
|
2-KURS BOT SIS LAB- 4, UZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savollar
56-rasm. Astradoshlar
yoki murakkabguldoshlar (Asteraceae) oilasining to‘pguli va gul turlari: A - (Leucanthemum vulgare); V - romashka (Matricaria recutita); D - qoqio‘t (Taraxacum officinale); E - qariqiz (Arctium lappa); F - mir.gyaproq yoki boshog‘riq o‘t (Achillea millefolium); G - bo‘tako‘z (Centaurea cyanus); 1 - o‘rama barg; 2 - naychasimon gul; 3 - soxta tilchasimon; 4 - tilchasimon gul; 5 - voronkasimon gul; 6 - meva (pista). Topshiriqlar Qoqidoshlar oilasi vakillarining tuzilishini o‘rganing. To‘pgullari tilchasimon gullarga ega bo‘lgan qoqio‘t, naychasimon (o‘lmaso‘t) va naychasimon hamda soxtatilchasimon (kungaboqar), voronkasimon gullarga ega bo‘lgan (bo‘tako‘z) o‘rganilgan o‘simliklarga botanik tavsif bering. Tanishilgan turlarning vegetativ, genetativ, organlari qismlarini chizib oling. Aniqlagichlar vositasida har bir oilacha vakillarini aniqlang. Ish tartibi Oilaning tipik vakillari gerbariydan, fiksatsiya qilingan yoki bug‘lab yumshatil- gan (bug‘langan) materiallarda o‘rganiladi. Bu oila vakillarining hayot kechirishi, barglarining joylashishi, yonbarglari bor- yo‘qligi, gulli novdalarda savatchalaming joylashishi, har xil turlarda gul o‘mi va uning tuzilish xususiyatlari, savatchalardagi gulning tuzilish tiplari, mevasining xili, vakillarining xo‘jalikdagi ahamiyati (oziq-ovqat, moy, yem-xashak tayyorlani- shi, asal olinishi va begona o‘tlardan iborat bo‘lishi) e’tiborga olinadi. So‘ngra shu oila biror vakilining bug‘langan yoki fiksatsiya qilingan to‘pguli ko‘riladi. Unda umumiy o‘rab oluvchi naycha bor-yo‘qligiga, u qanday tuzilganli- giga, to‘pgulni bo‘yiga qirqib, gul o‘mi qanday shaklda ekanligiga, silliqligi yoki qipiq bilan qoplanganligiga, kosacha bargining qandayligiga, tojibargi alohida yoki tutashib o'sganligiga, shakli qanday (naysimon, voronkasimon, tilchasimon, soxta tilchasimon) ekanligiga, qancha tojibargdan hosil bo‘lganligiga ahamiyat beriladi. Tojibarglarining nayi ochilib, oynaga yoyib qo‘yiladi, gulda androtsey va ginetsey bor-yo‘qligi, changchilaming changdonlari - nina bilan ajratib olinib, gulda qancha changchi borligi, changchilaming iplari alohida yoki qo‘shilib o‘sganligi, gul tu-gunining ustki yoki ostkiligi, tuguncha ko‘ndalang qirqilib, unda qancha uya borligi aniqlanadi. To‘pgulining chekkasidagi gulini ajratib olib, shu reja asosida o‘rganiladi.
Qoqidoshlar oilasi qanday o‘ziga xos sistematik belgilarga ega? Oilaning madaniy holda ko‘p ekiladigan turi, unga botanik ta'rif. U xalq xo‘jaligida qanday ahamiyatga ega? Oila qanday belgilari asosida oilachalarga bo‘linadi? Oilachalar vakillariga misollar keltiring. BIR URUG‘ PALLALILAR YOKI LOLASIMONLAR SINFI (Monocatyledones yoki Liliopsida) Download 0,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling