Labaratoriya ishi: O’tkazgichning qarshiligi
Download 1.86 Mb.
|
3-topshiriq. Erkinova Sarvinoz Botir qizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob va jihozlar
- Qisqacha nazariy tushunchalar O’tkazgichdagi elektr qarshilik haqida tushuncha.
- Georg Simon Om
Labaratoriya ishi: O’tkazgichning qarshiligi. Ishning maqsadi: O‘tkazgichning qarshiligini aniqlash. Har bir o'zgaruvchining o'zgarishi qarshilikka qanday ta'sir qilishini amalda ko'rish. Qarshilik va qarshilik o'rtasidagi farqni tushunish. Glossariy: resistance – O’tkazgichning elektr qarshiligi, , resistivity – solishtirma qarshilik, length– uzunlik , area – ko’ndalang kesim yuzasi, values -qiymatlar Kerakli asbob va jihozlar:
Qisqacha nazariy tushunchalar O’tkazgichdagi elektr qarshilik haqida tushuncha. 48-a rasmda ko’rsatilganidek, elektr zanjirini yig’aylik. Kalitni ulasak, lampochka ravshan yonadi, ampermetr nisbatan kattagina tok o’tayotganini ko’rsatadi. Kalitni uzaylik. Uzunligi 1.5-2 metr bo’lgan nikelindan tayyorlangan o’tkazgich simni spiral shakliga keltirib, uni lampochkaga ketma-ket qilib ulaylik. Nikelin – bu nikel, mis va marganes aralashmasidan tayyorlangan qotishma. Kalit ulanganda lampochka xira yonadi va ampermetr zanjiridan o’tayotgan tokning kamayganligini ko’rsatadi. Huddi 48-b rasmdagidek. Demak, nikelin sim zanjiridagi tokni kamaytiradi, ya’ni zanjirdan tok o’tishiga qarshilik qiladi. O’tkazgichning zanjirda tok o’tishiga qarshilik qilish xossasini tavsiflaydigan fizik kattalik elektr qarshilik deb ataladi va R harfi bilan belgilanadi. Elektr qarshilikning asosiy birligi qilib fizikaga qarshilik tushunchasini kiritgan va elektr zanjirning asosiy qonunini kashf etgan nemis fizigi Georg Simon Om sharafiga om (Ω) qabul qilingan. Qarshilikning milliom (mΩ), kiloom(kΩ), megaom(MΩ) kabi birliklari ham qo’llaniladi. Soddaroq qilib tushuntirsak quyidagicha: 1Ω=1000mΩ 1kΩ=1000Ω 1MΩ=1000000Ω O’tkazgichda eletr qarshilik qanday vujudga keladi? Metalldagi tok eletr maydon ta’sirida erkin elektronlarning tartibli harakatidan iborat. Harakat paytida elektronlar kristallni tashkil etgan ionlar bilan to’qnashadi. Bu to’qnashuv jismlarning mexanik harakatidagi to’qnashish jarayoniga o’xshab, ionlar erkin eletronlarning tezligini kamaytiradi. Shuning uchun metal o’tkazgichlarga elektr maydon qo’yilganda, elektr qarshilik namoyon bo’ladi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling