1.Og‘irlik kuchi.
(3)
bu yerda r - sharcha radiusi, - sharchaning zichligi, g - erkin tushish tezlanishi.
2.Itarish kuchi Arximed qonuniga asosan sharcha siqib chiqargan suyuqlik og‘irligiga teng bo‘ladi:
(4)
bunda 1 - suyuqlik zichligi.
3. Sharcha harakatiga qarshilik kuchi suyuqlikning ichki ishqalanishi tufayli vujudga keladi. Stoks qonuniga asosan bu kuch
(5)
Jism yopishqoq muxit ichida xarakat qilganida qarshilik vujudga keladi. Suyuqlikning jismga bevosita tegib turgan qatlami uning sirtiga yopishib oladi va u bilan birga xarakatlanadi. Bu qatlam o‘z xarakatini qo‘shni qatlamga beradi. Sharcha kichik bo‘lsa, bu qatlamlar uyurmasiz bir tekisda xarakat qiladi. Sharchaga ta’sir qiluvchi kuchlar bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab, ya’ni og‘irlik kuchi pastga qarab, suyuqlikning ko‘tarish kuchi va qarshilik kuchlari yuqoriga qarab yo‘naladi (2-rasm). Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi
(6)
ifoda yordamida aniqlanadi. Sharchaning tushish tezligi ortishi bilan Stoks formulasiga asosan,unga proportsional ravishda suyuqlikning qarshilik kuchi xam ortib boradi. Sharchaning tezligi ma’lum bir qiymatga yetganda kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nolga (R=0) teng bo‘lganda, ya’ni
(7)
bo‘lib, sharcha o‘z inertsiyasi bilan tekis xarakat qila boshlaydi.
(3),(4) va (5) lardan R, F, FA larning qiymatini (7) tenglikka qo‘yib, ichki ishqalanish koeffitsienti aniqlanadi:
(8)
Bu yerda d - sharchaning diametri.
Sharcha suyuqlikda l masofani t vaqtda bosib o‘tsa, uning xarakat tezligi bo‘ladi, bu ifodani (8) ga qo‘ysak,
(9)
bo‘ladi.
Asbobning tuzilishi.
Asbob, ichiga tekshiriladigan suyuqlik quyilgan shisha silindrdan iborat bo‘lib, unga bir-biridan l masofada gorizontal xalqasimon belgilar qo‘yiladi (2-rasmga qarang).
Silindr vertikal taxtaga maxkamlangan. Yuqori belgi suyuqlik satxidan 5 -7 sm pastroqda bo‘lishi kerak. Shu belgidan boshlab sharcha tekis xarakat qila boshlaydi. Ishni bajarishda po‘latdan yasalgan juda kichik o‘lchamdagi sharchalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |