Laboratoriya ishi Kimyoni chuqur o’qitishda qiziqarli tajribalardan o’rinli foydalanish yo’llari
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzulari bo
Download 52.15 Kb.
|
Yakuniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba qismi.
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzulari bo’yicha tajribalar. Ishning maqsadi: Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzulari bo’yicha tajribalarni bajarish ko’nikmasini shakllantirish. Kerakli jihozlar: Probirkalar,shtativ,chinni idishlar,shisha tayoqcha,quruq yoqilg’i,kumush oksidi,mis 2 gidroksikarbonat,Qo’rg’oshin 2 nitrat,oltingugurt,temir,mis2xlorid. Nazariy ma’lumot Kimyoning asosiy tushunchalari. Atom – kimyoviy elementning oddiy va murakkab moddalar molekulasi tarkibiga kiruvchi eng kichik zarrachasidir. Atom – musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida aylanib yuruvchi manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat elektroneytral zarracha. Molekula – ayni moddani kimyoviy hossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarracha. M; kislorod – O2,vodorod – H2,azot – N2 Kimyoviy element –”element” so’zi tarkibiy qism degan manoni anglatadi.Yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turi kimyoviy element deyiladi.Hozirgi kunda 118 ta kimyoviy element bor. Oddiy moddalar – bir element atomlaridan tuzilgan moddalar. M; O2;Fe,S,C,P4,H2,S8 ; C60 Murakkab moddalar – bir nechta element atomlaridan tuzilgan moddalar. M; KCl, H2O, KMnO4, SO2 Moddaga xos xususiyatlar. Rang,zichlik,agregat xolat (gaz,qattiq,suyuq),qaynash va suyuqlanish temperaturasi,eruvchanligi,allotropik shakl ko’rinishi,xidi kabi xususiyatlar. Kimyoviy elementga xos xususiyatlar Tajriba qismi. Moddalarning tuzilishi va tarkibi haqida dastlabki ma’lumotlar Parchalanish, birikish va o’rin olish reaksiyalari. 1–tajriba. Mis (II)- gidroksikarbonatni parchalash: mis (II)- gidroksikarbonatni parchalash uchun maxsus asbob yig’iladi. Asbobning germetikligi tekshirib ko’rilgandan keyin tuz qizdiriladi. Qizdirilish natijasida probirka tubida qora kukun- mis (II)- oksid qoladi, probirka devorlarida esa suv tomchilari paydo bo’ladi, tajribada ajralib chiqqan gazlarni ohakli suvdan o’tkazish yo’li bilan parchalanish mahsulotlarida karbonat angidrid borligi isbotlanadi. Tajriba uchun ko’p tuz olish va uzoq qizdirish yaramaydi, chunki bunda ohakli suv avval loyqalanadi, keyin esa kalsiy bikarbonat hosil bo’lishi tufayli cho’kma erib bo’lmaganliklari sababli ro’y beradigan hodisani bu yerda ularga tushuntirib bo’lmaydi va o’qituvchi noqulay holatga tushadi. Qizdirish tamom bo’lgandan keyin gaz o’tkazgich nayini ohakli suv solingan stakandan chiqarib olishni unutmang, aks holda suv qizib turgan probirkaga ko’tariladi va probirka sinadi!
Download 52.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling