Laboratoriya ishi Kimyoni chuqur o’qitishda qiziqarli tajribalardan o’rinli foydalanish yo’llari


Mavzu “KO’Mning xususiy masalalari” fanining maqsadi va vazifalari


Download 52.15 Kb.
bet7/18
Sana27.01.2023
Hajmi52.15 Kb.
#1130581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Yakuniy

Mavzu “KO’Mning xususiy masalalari” fanining maqsadi va vazifalari.Kimyo o’qitishning ta’limiy axamiyati. Vazifalari: Talabalarda bo‘lajak kimyo o‘qituvchisi kasbi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish Maqsadi: DTSga muvofiq talabalar ushbu kursni egallash asosida quyidagi tasavvurlarga ega bo‘lishlari zarur: - kimyo o‘qitish metodikasining xususiy masalalari fanining tuzilishi va rivojlanishi haqidagi ma’lumot; - kimyo o‘qitish usullari; - kimyo kursining tuzilishi va mazmuni; - dars turlari, o‘quvchilar bilimini hisobga olish usullari; - anorganik kimyo kursini o‘qitish metodikasi; - organik kimyo kursini o‘qitish metodikasi; - o‘quvchilarni ishlab chiqarish va texnologik tushunchalar bilan tanishtirish. Talabalar bilimiga qo‘yiladigan talablar - kimyo o‘qitishda ishlatiladigan uslublar turlari; - dars rejasi va uni matnini tuzish; - kimyoviy birikmalardagi bog‘lanish turlari; - o‘tilgan darsni analiz qilish uslubi; - kimyoviy masalalarni yechish usullari; «KIMYO O‘QITISH METODIKASINING HUSUSIY MASALALARI » fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Ushbu fanni o‘qitish «Kimyo», «Biologiya», «Geografiya», «Matematika», «Psixologiya», «Pedagogika» va boshqa fanlar bilan bog‘lab olib boriladi. KO’Mning xususiy masalalari” fanining maqsadi va vazifalari.Kimyo o’qitishning ta’limiy axamiyati. Kimyo fani va sa’noatining rivojlanish tarixi va istiqbollari. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlarining rivojiga kimyogar olimlarning qo’shgan xissalari Kimyo fanini o’qitish jarayonida kompetensiyani shakllantirish. Maktab kimyo kursida masalalar yechishning ta’limiy axamiyati va masalalarning axamiyati. Kimyo fanini chuqurroq o’rganishda innovatsion texnologiyalardan o’rinli foydalanish. Mavzu:Kimyo fani va sa’noatining rivojlanish tarixi va istiqbollari. Kimyo – nihoyatda qadimiy fan hisoblanadi. Uning boshlanish davri asrlar qariga kirib boradi. Agar kimyoni texnologiya bilan bog‘laydigan bo‘lsak, to‘la ishonch bilan aytish mumkinki- kimyo tarixgacha bo‘lgan davrda paydo bo‘lgan. CHunki bizning avlod ajdodlarimiz ayrim texnologik ko‘nikmalarga ega bo‘lishgan (M: rudalardan metallarni ajratib olish va ularga ishlov berish). Asrlar davomida insonlarning kimyoviy texnologik ma’lumotlar zahirasi kengayib boradi, metallarga ishlov berish yoniga asta sekinlik bilan bo‘yoqlar olish, matolarga gul bosish, vinochilik ishi va boshqalar qo‘shilib borgan Misrliklar o‘z davrida kimyoni rivojlanishiga kattagina hissa qo‘shishgan. Hatto «ximiya» (chemia) so‘zi, olimlarning taxminicha, Misrda paydo bo‘lgan.Qadimgi grek faylosufi Plutarxning yozishicha, Misr aholisi «xemi» (chemi) «qora erliklar» taxallusiniolishgan. Bundan tashqari boshqa haqiqat ham mavjudki, alkimyoning asoschilaridan bo‘lgan grek faylasufi Zaosima (III-IV asr) «ximiya» so‘zini“xemesa”dan olingan deb hisoblaydi. Uning fikricha kimyo haqidagi birinchi kitobning afsonaviy muallifi, osmondan haydalgan farishtani shunday atashgan. Boshqa tadqiqotchilar «ximiya» grekcha “xima” so‘zidan kelib chiqqan deb hisoblashadi. Grekcha bu so‘zning ma’nosi metallarni suyultirish, quyish demakdir.Xo‘sh, Misrliklar qanday kimyoviy bilimlarga ega bo‘lishgan? Birinchidan, ularda kimyoning rivojlanganligiga murdalarni mo‘miyolash sa’nati yuksakligi dalolat beradi. Qaysiki faravonlar davrida amalga oshirilgan bu sa’nat siri hozirgi kungacha yuz minglab moddalarning tarkibi va tuzilishini bilgan zamonaviy olimlar tomonidan to‘liq ochilmagan. Ikkinchi soha, Misrliklarni bo‘yoq olish sohasida erishgan yutuqlari. Yana qanday! Ming yillab (to‘rt ming yildan ortiq) avval bo‘yalgan buyumlarni ranggi hozirgi kungacha o‘zining yorqinligi va mustahkamligini saqlanib kelmoqda. Mana buni mo‘jiza desa bo‘ladi. Misrliklar ko‘plab foydalangan bo‘yoqlar mineral bo‘yoqlar bo‘lgan. Biroq ular organik bo‘yoqlarni ham bilishgan. Ular ichida qadimgi dunyo madaniyatida ayniqsa purpur, indigo, alizarinlarning dong‘i taralgan. Misrliklarda atir-upa tayyorlash ham rivojlangan. Ular ko‘pgina kosmetologiya vositalarini (qosh uchun qora rang, hushboy suv, tanaga surtiladigan moy va yog‘lar) tayyorlay bilishgan. Qadimgi Fiv tog‘idan topilgan yoshi 4500 yilga teng deb hisoblangan kulolchilik va shisha buyumlardagi tasvirlardagi glazurlar saqlanib qolgan. Eramizdan 1600 yil avval misrliklar papirus ishlab chiqarishni bilishgan va papiruslarni boshqa mamlakatlarga ham sotishgan. Uzum va yormadan vina va pivoga o‘xshash boshqa ichimliklar, hatto sirka tayyorlay olishgan. Metallurgiya Misrda yaxshi rivojlanmagan. Misrda ruda konlar bo‘lmagan, rudani boshqa mamlakatlardan – Hindiston va Forsdan keltirishgan. Biroq Misrliklar o‘sha davrdayoq ba’zi metallar – oltin, kumush, mis, surma, qo‘rg‘oshin, keyinchalik temir va boshqa metall qotishmalarini tayyorlashni bilishgan. Metallardan tashqari ularga oltingugurt, soda, potash, so‘ndirilmagan va so‘ndirilgan oxak, alebastr, ko‘pgina tabiiy va sun’iy qimmatbaho toshlar, kinovar, sovun, neft, asfalt va boshqalar ma’lum edi. Kimyo masalariga umuman o‘zgacha qarashlar ikkita zamondosh vrach – nemis Georg Bauer (1494-1555) shveysariyalik Teofrast Bombast fon Gogengeymning (1403-1541) ishlarida namoyon bo‘lgan. Ko‘prog‘i, Agrikol nomi bilan (lotin tilidan tarjima qilinganda, “dehqon” degan ma’noni bildiradi) mashhurbo‘lgan Bauer mineralogiya va uning meditsina bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan tomonlarini o‘rganishga qiziqdi. Bunday bog‘lanishni uchratish (vrach-minerolog kabi) o‘sha davr va keyingi 2 yarim yuz yillikdagi kimyo uchun xarakterlidir. 1556 yilda nashr qilingan “Metallurgiya haqida” (“De Re Metallice”) kitobida Agrikola o‘sha davrdagi konchilardan bilib olgan bilimlarini sistemaga soldi.

Download 52.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling