Laboratoriya ishlar texnikasi. Laboratoriyada ishlash vaqtida ehtiyot choralari Ishning maqsadi


Download 125.95 Kb.
bet8/15
Sana09.04.2023
Hajmi125.95 Kb.
#1344663
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
KSTI (2)

Yechish: Eritmada erigan moddaning foiz miqdorini aniqlash:
VIII sinfda formulalar bo`yicha hisoblash:
a). aniq miqdordagi moddaning massasini hisoblash;
b). gazlarning massasi va hajmini topish (normal sharoitda);
v). gazlarning nisbiy zichligini hisoblash
Yechish: Tenglamalar asosida hisoblash
a). reaksiyaga kirishgan va hosil bo`lgan modda yoki gazlarning aniq miqdorini hisoblash;
b). kimyoviy tenglamalar bo`yicha gazlarning hajmiy nisbatini hisoblash;
v). termokimyoviy tenglamalar asosida hisoblash.
IX sinf uchun. Tenglamalar asosida hisoblash:
a). reaksiyaga kirishuvchi moddalarning birortasi ortiq olingan taqdirda kimyoviy tenglamalar asosida hisoblash;
b). nazariy hisoblashga qaraganda hosil bo`lgan moddaning massa miqdorini aniqlash;
v). ma`lum miqdor qo`shimchalari bo`lgan boshlang`ich moddadan reaksiya natijasida hosil bo`lgan moddaning miqdorini aniqlash.
X sinf uchun. Formulani topishga doir hisoblash
Gazsimon moddalarning molekulyar formulasini elementlar (% da) zichligi va massa miqdori asosida hisoblash.
Kimyoviy masalalarni yechishda bir xil metodik uslubni qo`llash kerak.
O`quvchilarga masala yechishda tanlashda, o`qituvchi ularni quyidagi maqsadlar asosida tanlashi lozim.

  1. Masala yechilishi jarayonida qanday tushuncha qonunlar, nazariyalar, faktlar yoki tayanch bilimlar mustahkamlanadi. Moddalarning qanday kimyoviy xossalari hisobga olinadi.

  2. Yechishning qaysi usullari hisobga olinadi.

  3. Masala yechilishi jarayonida qanday tafakkur qirralari rivojlanadi.

  4. Qanday didaktik funksiyalarni berilgan masala bajaradi.

Albatta murakkab masalalar ijodiy yondashishini, aqliy faoliyat ko`rsatishni, mustaqil ishlashni talab qiladi.
Iqtidorli o`quvchilar bilan ko`proq ishlab ularga albatta murakkab va muammoli masalalar yechish katta samara beradi.

Kimyo to‘garagida namoyish qilinadigan tajribalar

O‘quvchilar xilma-xil narsalarga qiziqadi, ammo kuzatishlarning ko‘rsatishicha, o‘quvchilarning nimalarga qiziqishiga qarab, ularni uch guruxga bo‘lish mumin. Birinchi gurux o‘quvchilarni moddalarning o‘zgarishi, qiziqarli kimyo tajribalari, moddalarni tozalash va moddalar ajratib olish, kristallar hosil qilish va kristallarni o‘stirish, oddiy moddalardan va kimyoviy birikmalardan kolleksiyalar tuzish, shuningdek, buyuk kimyogarlarning hayoti va faoliyatiga oid eng yorqin dalillar ko‘proq qiziqtiradi.
Ikkinchi gurux o‘quvchilarni moddalarning ancha murakkab o‘zgarishlari, moddalarning sanoatda olinish usullari, kimyo sanoati masalalari, gazlar bilan qilinadigan tajribalar kimyoviy usullarin jumladan, eng muxim hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarish usullarini ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan asboblar va ishlaydigan materiallar yasash, kundalik hayot kimyosi, agrokimyo va kimyoviy masalalarni, ayniqsa eksperimental masalalarni mustaqil suratda echish qiziqtiradi.
Uchinchi gurux o‘quvchilarni ancha qiyin nazariy va eksperimental masalalarini yechish, kimyoviy analiz,, hozirgi zamon kimyosi va kimyo sanoati muammolari, eng muxim kimyoviy g‘oyalarning rivojlanish tarixi, vatanimiz kimyogarlarining imliy faoliyati qiziqtiradi.
Sinfdan tashqi mashg‘ulotlarda shu mashg‘ulotlarning tashkiliy tomoni juda muxim rol o‘ynaydi.
Sinfdan tashqi mashg‘ulotlar o‘quvchilarning nimalarga qiziqishiga, o‘quvchilardan har birining mayliga ko‘ra o‘tkaziladi, ammo bu mashg‘ulotlarning o‘z dasturi, mutlaqo muayyan dasturi va bu dasturni bajarish yuzasidan tuzilgan kalendar reja bo‘ladi. Sinfdan tashqi ishlarning dasturi va rejasida o‘quvchilarning nimalarga qiziqiishi va bu qiziqishni sekin-asta kengaytirish hamda chuqurlashtirish ko‘zda tutiladi.
Ishni o‘quvchilarning o‘zlari tashkil etadi.
Yosh kimyo xavaskorlarining ijodiy faoliyatini oshiruvchi zaruriy shart ularning ma’lum bir maqsadga intilishdir.


Download 125.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling