Laboratoriya ishlar texnikasi. Laboratoriyada ishlash vaqtida ehtiyot choralari Ishning maqsadi
Metallar korroziyasiga oid tajribalar bajarishga oid topshiriqlar ishlab chiqish
Download 125.95 Kb.
|
KSTI (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2Fe+O 2 +2H 2 O= 2Fe(OH) 2
- Zn+2HCl=ZnCl 2 +H 2 Kimyo sanoatining kuchli rivojlanishi, mashinasozlikning rivojlanishi
Metallar korroziyasiga oid tajribalar bajarishga oid topshiriqlar ishlab chiqish Metallar va ular qotishmalarining tashqi muhit ta’sirida o’z-o’zidan emirilishi korroziya deb ataladi. Korroziyani ikki qismga bo’lish mumkin: kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya. Kimyoviy korroziya metallar va ular qotishmalarining sirtqi qavati havodagi turli gazlar(kislorod, vodorod sulfid, sulfit angidrid, azot oksidlari va boshqalar) ta’sirida emirilishi tushuniladi. Bu jarayonda metallarning agressiv muhit ta’sirida oksidlari, sulfidlari va boshqa birikmalari hosil bo’lishi kuzatiladi. Korroziya tufayli kumush o’zini yaltiroqligini yo’qotadi, temir zanglaydi, rux,qalay,zanglamaydigan po’lat xitalanib qoladi. Lekin metallarning aktivlik qatorida eng oxirida joylashgan oltin va platina atmosfera ta’siridan korroziyaga uchramaydi. Namlik va havo kislorodi ta’sirida elektrokimyoviy korroziyasi yuzaga keladi. Ba’zi metallar o’z sirtida oksid pardasi hosil qilish xossasiga ega, shuning uchun alyuminiy , rux, xrom, berilliy, nikel, magniy kabi metallar korroziyaga chidamlidir. Temir va uning qotishmalari korroziaga chidamsiz hisoblanadi. Korroziya jarayonoda oksidlovchi kislorod bo’lgani uchun quyidagi jarayon sodir bo’ladi: 2Fe+O2+2H2O= 2Fe(OH)2 Temir(II) gidroksid havo kislorodi va namlik ta’sirida yana oksidlanib Fe(OH)3 ga aylanadi: 4Fe(OH)2+2H2O+O2=4Fe(OH)3 Agar bu jarayon agressiv muhit ( CO2, SO2, NO2) ishtirokida amalga oshsa korroziya yanada tezlashadi Agar ikkita metal bir-biriga ulangan holatda korroziyaga uchratilsa, bu metallarning eng faoli birinchi navbatda korroziyaga uchrashi aniqlangan Zn+2HCl=ZnCl2+H2
Kimyo sanoatining kuchli rivojlanishi, mashinasozlikning rivojlanishi, kimyoviy mahsulotlarning xalq xo’jaligida qo’llanish darajasi ortib borgan sari havoning har xil sanoat chiqindilari (changlar, zaharli gaz moddalari) bilan ifloslanishi kuzatulmoqda, bu kishilar salomatligiga salbiy ta’sir qilmoqda. Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino toza havo insonlar sog’lig’iga ijobiy ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri ekanligini bundan ming yil burin uqtirib o’tgan edi. Shuni ta’kidlash lozimki, atmosfera havosining ortiq darajada ifloslaniishiga kimyo sanoatida chiqindisiz ishlashni ta’minlaydigan texnologik jarayonlarning yetarlu ishlab chiqilmagani ham sabab bo’lmoqda. Hozir hamma joyda shu muammo bo’yicha keng izlanishlar olib borilmoqda. Bunday izlanishlar kumyo sanoati kuchli rivojlangan O’zbekiston Respublikasi uchun juda muhum ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda atrof –muhutni zararlantiruvchi omillardan yana biri transport vositalaridan chiquvchi zararli gazlardir. Atrof –muhutni zararlantiruvchi moddalar tarkibini asosan uglerod oksidi (CO2), oltingugurt oksidi (SO2), azot oksidi (NO2) , uglevodorodlar (CnHm ) va shu kabi boshqa gazlar tashkil qiladi. Statistik ma’lumotlarga murojat qiladigan bo’lsak, har yili O’zbekistonda 2900 ming tonnadan ziyot ifloslantiruvchi moddalar chiqariladi. Shu jumladan uglevodorodlar 182,7 ming t, uglerod oksidi 129,6 t, azot oksidi 117 ming t, oltingugurt oksidi 542 ming t, uglerod oksidi va uglevodorodlar ko’pincha zararlantiruvchi moddalarning asosiy qismini «avtomabil» transporti tashkil qiladi . «Suv havzalarini ifloslantiruvchi omillar», «Suvni ifloslanishdan saqlash» mavzulari o’tilganda ekologik holatni doimo bir me’yorda saqlash uchun, tabiatning bir butunligi to’g’risidagi tushunchalarning berilshi yaxshi natija beradi. Download 125.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling