Laboratoriya ishlar texnikasi. Laboratoriyada ishlash vaqtida ehtiyot choralari Ishning maqsadi


Olimpiadaning tashkiliy qo‘mitasi


Download 125.95 Kb.
bet14/15
Sana09.04.2023
Hajmi125.95 Kb.
#1344663
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KSTI (2)

Olimpiadaning tashkiliy qo‘mitasi Olimpiadaning Tashkiliy qo‘mitasi-bu Kimyo kafedrasi ishchi guruhi bo‘lib, u Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish vakolatlarini amalga oshirish jarayonida qatnashadigan xodimlarni muvofiqlashtirish uchun tashkil etilgan. Tashkiliy qo‘mita a’zolarini (hakamlar hay’ati a’zolarini ham) tayinlash va ularni a’zolikdan chiqarish tashkiliy qo`mita raisi tomonidan amalga oshiriladi. Tashkiliy qo‘mita raisi. Olimpiadaning Tashkiliy qo‘mitasi quyidagi vazifalarni bajaradi: a) Olimpiada qoidalarini ishlab chiqadi va zarur hollarda o‘zgartirish kiritadi; b) Olimpiadaning uslubiy hakamlarini, hakamlar hay’ati va apellyatsiya komissiyasi tarkibini tuzadi va tasdiqlaydi; c) Olimpiadaning har bir bosqichining dastlabki natijalarini shuningdek, olimpiadaning saralash va yakuniy bosqichi ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda natijalarni e’lon qiladi; d) Olimpiada ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi majlisining bayonnomalarini tasdiqlaydi; e) Olimpiadaning har bir bosqichi bo`yicha o`quvchilarning erishgan natijalarini belgilangan vaqtdan kechikmasdan e`lon qiladi; f) Olimpiadaning yakuniy bosqichi g’oliblarini aniqlash va ularni taqdirlashni tashkil qiladi;
Olimpiadaning hakamlar hay’ati Olimpiada ishtirokchilarining ishlarini tekshirish, olimpiadaning dastlabki va yakuniy natijalarini aniqlash uchun Tashkiliy qo‘mita professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari orasidan hakamlar hay’atini tuzadi. Hakamlar hay’ati tarkibiga olimpiadaning uslubiy komissiyasi a’zosi bo‘lgan professor-o‘qituvchilari kirmaydi. Olimpiada hakamlar hay’atining vakolati va vazifalari: a) Olimpiada ishtirokchilarining ishlarini tekshiradi va agar mavjud bo‘lsa, boshqa turdagi testlarni (yopiq) baholaydi; b) Olimpiadaning har bir bosqichining dastlabki natijalarini aniqlaydi va saytda natijalarini belgilangan vaqtdan kechikmasdan e`lon qiladi; c) Olimpiadaning apellyatsiya komissiyasi a`zolariga olimpiadaning har bir bosqichining dastlabki natijalari e’lon qilinganidan so`ng olimpiada ishtirokchilarining ishlariga kirish huquqini beradi; d) Yakuniy bosqich ishtirokchilariga olimpiada diplomi va faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg`alar berish mezonlarini belgilaydi; e) Hakamlar hay’ati tashkiliy qo‘mitaga yakuniy bayonnomalarini tasdiqlash uchun taqdim etadi; f) Olimpiadani tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi; g) Olimpiadaning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan vazifalarini bajaradi.

Download 125.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling