Laboratoriya ishlar texnikasi. Laboratoriyada ishlash vaqtida ehtiyot choralari Ishning maqsadi
Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari
Download 125.95 Kb.
|
KSTI (2)
Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari
Laboratoriyalarda har bir talaba o’zining ish o’rnida, halat kiygan holda ishlashi va qo’lida toza sochiq tutishi kerak. Ish stolini toza tutish, unda sumka, daftar va boshqa narsalar turishi mumkin emas. Har bi tarlaba o’zi uchun alohida laboratoriya jurnali tutishi kerak. Unga barcha tajriba, kuzatish va xulosalarini yozib boradi. Jurnalga tajriba o’tkazilgan sana (kun, oy, yil), ishning nomi, tajriba tafsiloti, xulosalar, tajriba vaqtida sodir bo’lgan kimyoviy jarayonlarning tenglamalari, ishni bajarishga oid barcha hisoblashlar yozib boriladi. Kerakli rasm va sxemalar chiziladi. Ishlatilgan asboblarning rasmini eskizlar shaklida chizish mumkin. Har bir laboratoriya ishini boshlashdan oldin uning mohiyatini qo’llanmadan yaxshilab o’qib, tushunib olish, zaruriy asbob va reaktivlarni tayyorlash, so’ngra o’qituvchi yoki laborant ruxsati bilan ishni boshlash lozim. Kimyoviy tajribalarni bajarishda toza va quruq idishlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Laboratoriyada hech qanday moddaning ta’mini totib ko’rmaslik, shuningdek, laboratoriya xonasida oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik. Uchuvchan moddalarning hidini aniqlashda talaba idishni o’zidan uzoq tutib, bir qo’l bilan idishni tutib, ikkinchi qo’l bilan asta-asta burun tomonga yelpib hidlanadi. Kimyoviy moddalarni xonadan olib chiqib ketmaslik va birovlarga bermaslik zarur. Bug’lanayotgan moddalar ustiga engashmaslik kerak, chunki, ushbu bug’lar kuydirishi mumkin. Reaktivlarni keragidan ortiq miqdorda sariflash yaramaydi. Oritqcha olingan bo’lsa, uni idishga qaytarib quymasdan, alohida idishga solib qo’yish kerak. Umumiy foydalanish uchun qo’yilgan apparat va reaktivlarni o’z joyidan siljitmang, chunki, u boshqalar uchun ham kerak bo’ladi. Zararli moddalar bilan bajariladigan barcha ishlarni mo’rili shkafda o’tkazish lozim. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni idishdan idishga faqat mo’rili shkafda quyish mumkin. Ishlatilgan kislota va ishqor eritmalarini, xromli aralashmani kanalizasiya rakovinasiga to’kish yaramaydi, ular mo’rili shkafdagi kristalizatorlarga solinadi. Ishlatilgan kumush birikmalarini alohida idishga yig’ish kerak. Kumush tuzlarining ammiakli eritmalari uzoq vaqt saqlanganda qaldiroq kumush – Ag3N hosil bo’lish natijasida portlash yuz berishi mumkin, buni esdan chiqarmaslik kerak. Issiq asbob yoki idishni stol ustiga to’g’ridan-to’g’ri qo’yish yaramaydi, buning uchun avval mahsus “taglik” tayyorlash lozim. Probirkadagi suyuqlik qizdirilayotganda uning og’iz tomoni talabaning o’zi yoki atrofdagilarga qartilmasligi kerak, chunki, suyuqlik qaynab sachrashi mumkin. Qizdiriladigan suyuqliklar probirkaning uchdan bir qismidan ortmasligi zarur. Qattiq moddalarni faqatgina quruq probirkalardagina qizdirish zarur. Shisha idishlardagi moddalar qizdirilayotganda ularning tubi spirt lampaning piligiga tegmasligi kerak, chunki, pilik sovuq bo’lib, idish sinib ketishi mumkin. Spirt lampasini faqat gugurtdan yoki cho’pdan foydalanib yoqish kerak. Ularni bir-biridan tutashtirib yoqish ko’ngilsizlikka olib kelishi mumkin. Spirt lampasi faqatgina qalpoqchasi yordamida o’chiriladi. Qalin devorli Shisha idishlar (sklyankalar, silindrlar, bankalar) va o’lchov idishlari, chinni hovonchalarni alangada qizdirish ta’qiqlanadi. Reaksiyani kuzatayotganda probirkani ko’zdan olisroqda tutish zarur. Ichida suyuqlik bor probirkani chayqatishda yuqori qismidan ushlab, sekinlik bilan chayqatiladi. Probirkani chayqatishda uning og’zi barmoq bilan berkitilishi mumkin emas. Mashg’ulot rejasida ko’rsatilgan qo’shimcha tajribalarning ayrimlarini o’tkazish ta’qiqlanganligini yoddan chiqarmaslik lozim! Elektr asboblarining kontaktlariga e’tibor berish va ular yaxshi izolatsiyalangan bo’lishi kerak. Kislota, ishqor va ammiakning konsentrlangan eritmalarini hamda oson bug’lanuvchi suyuqliklarni pipetkaga og’iz bilan so’rib tortib olish yaramaydi. Buning uchun so’rgichdan foydalanish kerak. H2 va boshqa gazlarni yoqishdan oldin ularning tozaligini sinab ko’rish kerak. Hg va uning bug’i kuchli zahar bo’lib, simobli asbob yoki termometr singanda to’kilgan Hg ni yaxshilab yig’ib olinib, bu haqida o’qituvchiga yoki katta laborantga aytish kerak. U yerga oltingugurt sepib tozalanadi. Laboratoriya ishi tugagach, tashlandiq narsalarni stolda qoldirmay, ularni yig’ishtirib olish va belgilangan joyga tashlash zarur. Ish tamom bo’lgach, idishlarni yuvib, o’z joyiga qo’yish kerak. Mashg’ulot tamom bo’lgach, suv jo’mragini berkitish, gaz va elektrni o’chirish, ish joyini tartibga solib, laborantga topshirish lozim. Mashg’ulot natijalari laboratoriya jurnaliga yuqorida aytilgan tartibda yozilganidan keyin har qaysi ish oxirida jurnal o’qituvchiga imzo chekish uchun beriladi. Download 125.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling