Laboratoriya ishlar texnikasi. Laboratoriyada ishlash vaqtida ehtiyot choralari Ishning maqsadi


Baxtsiz hodisalar ro’y berganda birinchi yordam ko’rsatish


Download 125.95 Kb.
bet3/15
Sana09.04.2023
Hajmi125.95 Kb.
#1344663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KSTI (2)

Baxtsiz hodisalar ro’y berganda birinchi yordam ko’rsatish
Baxtsiz xodisa ro’y berganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun zudlik bilan choralar ko’rish lozim.

  1. Agar teriga (qo’l, bet va boshqa joylarga) konsentrlangan kislota (nitrat, sulfat, xlorid, sirka kislota) yoki ishqor to’kilsa, darhol o’sha joy suv oqimi bilan 3-4 minut yuviladi(toki silliq ta’sir tuyulishi to’xtaguncha), so’ngra kaliy permanganatning 3% li eritmasiga (tanninning spirtdagi eritmasidan ham foydalanish mumkin) botirilgan paxta qo’yiladi. Kuchli shikastlangan bo’lsa, bemor tezda shifokorga murojaat qilishi lozim.

  2. Agar ko’zga kislota yoki ishqor sachrasa, ko’zni yaxshilab suv bilan yuvish, so’ngra tezda shifokorga murojat qilish kerak.

  3. Agar teriga issiq narsalar (masalan, issiq Shisha, issiq metall) tegib kuydursa, kuygan joyini kaliy permanganatning 3% li eritmasi (tanninning spirtdagi eritmasidan ham foydalanish mumkin) bilan yuvib, kuyishga qarshi biror maz surkash kerak.

  4. Fosfor ta’sirida kuyganda o’sha joyga mis (II)-sulfatning 2% li eritmasi bilan ho’llangan paxta qo’yib bog’lash kerak.

  5. Xlor, brom, vodorod sulfid, uglerod (II)-oksid bilan zaharlanib qolinsa, bemorni tezda ochiq havoga chiqarib, shifokorga murojaat qilish kerak.

  6. Mishyak, simob va sian birikmalari bilan zaharlanganda ham tezda shifokorga murojaat qilish lozim.


Kimyo to‘garagida o‘tkaziladigan qiziqarli tajribalar
Ishning maqsadi: Talabalarga to’garak o’tkazish metodikasini o’rgatish.

Kerakli jihozlar: Kompyuter, virtual laboratoriya va videoroliklar.

Nazariy ma’lumot
To’garak mashg’ulotlarida yechiladigan analitik masalalar taxminan quyidagi tiplarda bo’lishi mumkin:
a) berilgan moddalarning, masalan, azot, ammoniy tuzlari, superfosfat, metan, formaldegid va boshqalarning eng harakterli xossalarini eksperiment yo’li bilan ko’rsatish;
b) moddalarni bilib olish: masalan, bir kancha gazlar orasidan kislorodni, azotni, karbonat angdiridni, vodorod sulfidni, ammiakni topish: osh tuzi erimasini xlorid kislota eritmasidan, osh tuzi eritmasini ammoniy xlorid eritmasidan, ichimlik sodani natriy eritmasidan farq qilish; qaysi probirkadagi xlorid kislota, qaysi probirkadagi sulfat kislota va qaysi probirkadagi nitrat kislota ekanligini aniqlash va hokazo.
v) moddaning, masalan, texnika sulfat kislotasining qanchalik tozaligini tekshirib ko’rish va unda qo’shimchalar bor-yo’qligini aniqlash.
karbonatdan, karbonat kislota tuzi eritmasini uyuvchi natriy eritmasidan fark qilishva tellur xam ko‘shiladi; g) moddaning sifat tarkibini (kanday elementlardan iboratligini) aniklash, masalan, vodorod sulfidining oltingugurt bilan vodorod birikmasi ekanligini, mis ko’porosi tarkibiga mis, sulfat kislota koldii va kristallizatsiya suvi kirshini tajriba yuli bilan isbotlash.
To‘garakda amaliy kimyoga, ya’ni moddalar hosil qilishga oid mashg‘ulotlar juda xilma-xil sohalarda o‘tkazilishi mumkin.
Amaliy kimyoga oid tajribalar tanlashda, asosan, eng ko‘p tarqalgan moddalardan, har xil chiqindilardan va shu kabilardan foydalanishga doir tajribalarga e’tibor berish lozim, chunki, bu tajribalar qimmat turadigan reaktivlar talab qilmaydi. Kimyo to‘garagi ishida, masalan, tozalanmagan mis qiyqimlaridan toza mis, mis kuporosi, mis (II)-xlorid, mis (II)-digidroksi karbonat, mis (II)-oksid; temir-tersakdan temir (III)-oksid, qaytarilgan temir, temir kuporosi; osh tuzidan novshadil, o‘yuvchi natriy; kuldan potash, kaliyxlorid, kaliynitrat; marmardanesakuydirilganohak, ohaklisuv, kalsiyxlorid, gips va boshqalar olish katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Amaliy kimyoga oid ishlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarning moddalar hosil qilish va moddalarni tozalash texnikasidan amaliy malakalar olishiga erishish juda muhimdir. Ammo umumiy o‘rta maktabning asosiy vazifasini -o‘quvchilarda kimyoviy tafakkur hosil qila boish vazifasini esdan chiqarmaslik kerak. O‘quvchilarni bajariladigan mashg’ulotlarga ongli munosabatda bo‘lishga odatlantirish lozim. Ammo bu, o‘quvchilarni ma’lum retseptlar asosida ishlashga o‘rgatmaslik kerak degan gap emas, albatta. Mendeleev zamaskasi, elim, oynaga yozish uchun ishlatiladigan qalam, indicator eritmasi va boshqalar hosil qilish ham ammoniy kimyo bo‘limiga kiritilishi kerak.

Download 125.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling