Laboratoriya ishlar texnikasi. Laboratoriyada ishlash vaqtida ehtiyot choralari Ishning maqsadi


Zamonaviy asboblarda ishlash ko’nikma va malakalarni shakllantirish. O`quvchi eksperimenti va uni bajarish bochqichlari


Download 125.95 Kb.
bet9/15
Sana09.04.2023
Hajmi125.95 Kb.
#1344663
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
KSTI (2)

Zamonaviy asboblarda ishlash ko’nikma va malakalarni shakllantirish. O`quvchi eksperimenti va uni bajarish bochqichlari O`quvchi eksperimenti o`quvchilarning mustaqil ishlaydigan kimyoviy tajribalarini bajarishi bo`lib, maktab kimyo dasturida darslik va o`quv qo`llanmalarida keltirilgan bo`ladi. Kimyoviy eksperiment nafaqat o`quvchilarda uni o`tkazishga oid ko`nikma va malakalarni shakllantiradi, balki o`quvchilar tomonidan egallangan bilimlarning haqqoniyligini asoslab beradi. Bilimlarning egallanishi o`quv materialini chuqur o`zlashtirishga olib keladi. U kimyo kasbini egallashda kimyoning turmush bilan bog`liqligini asoslashda muhim ahamiyatga egadir. O`quvchilar eksperimenti laboratoriya tajribalari va amaliy ishga bo`linadi. Ular bir-biridan didaktik maqsadi bilan farq qiladi. Laboratoriya tajribalarining maqsadi yangi bilimlarni egallashga yangi materialni o`rganishga qaratilgan bo`ladi. Amaliy mashg`ulotlar esa mavzuni o`rganib bo`lgandan keyin olib boriladi va u bilimlarni takomillashtirish hamda mustahkamlashga, amaliy ko`nikmalarning shakllanishi va shakllangan ko`nikma va malakalarni takomillashtirishga olib keladi. O`quvchilar eksperimentining bajarilishi quyidagi bosqichlarda o`tadi. Tajriba maqsadini tushunib olish. Moddalarni o`rganish. Kimyoviy idish va asboblardan qurilmalar tuzish. Tajribani bajarish. Tajriba natijalarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish. Olingan natijalarni tushuntirish va reaksiya tenglamalarini Yozish. Hisobot tuzish. O`quvchi nima sababdan tajriba bajarilayotganligi va qanday muammoni tajriba asosida aniqlash mumkinligini bilishi kerak. O`quvchidan moddalarni asboblar va indikatorlar Yordamida o`rganadi. Tajribani bajarish asboblar bilan qanday ishlash kerakligini, tajribaning borish Yo`lini bilishlari talab etiladi. Tajriba natijalaridan unga oid nazariy konsepsiyalari asosida xulosa chiqara bilish kerak.
Kimyodan amaliy mashg`ulotlar Kimyodan amaliy mashg`ulotlar. O`quvchilarda kimyoviy ko`nikmalarning shakllanishi. Amaliy mashg`ulotlarda ko`nikma va malakalarni shakllantirishga juda katta e’tibor qaratiladi. Ular kimyo o`qitishni boshlanishi 7-sinfdayoq amalga oshiriladi. Kimyoviy ko`nikma va malakalarni shakllantirish aniq tizim asosida olib boriladi. Dastavval qizdiruvchi asboblar bilan ishlash ko`nikmalari hosil qilinadi, laboratoriya texnikasi o`rganib boriladi, ya’ni moddalarni qizdirish, aralashmalardagi moddalarni bir-biridan ajratish, texnika xavfsizlik qoidalarini o`rganish, so`ngra murakkab moddani parchalanib, oddiy moddalarni olish va ularning xossasini tekshirish. Keyingi bosqich murakkab moddalarni olish, masalan, mis(II) sulfatni eritmadan ajratib olish va aksincha quruq moddadan eritma tayyorlash. O`quvchilarning keyingi ishlari miqdoriy tajribalarini o`tkazishga qaratiladi. Tarozidan foydalanish, o`lchov asboblaridan foydalanib tajribalar o`tkazish va eksperimental masalalar yechishdan iboratdir. 3. Eksperimental masalalar Eksperimental masalalar yechishga oid amaliy mashg`ulotlar ko`rib chiqilgan yo’riqnoma Yordamida tajribalar bajarilishga qaraganda boshqacharoq bo`ladi. Eksperimental masalalar. Unda tajriba o`tkazish yo’riqnomasi bo`lmaydi, balki masalaning sharti kiritiladi. Masalaning yechish rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni o`quvchilar mustaqil bajarishi kerak. Eksperimental masalalar yechishga o`quvchilarni tayyorlash quyidagi bosqichlarda bo`ladi: 1. Dastavval butun sinf bo`yicha masala nazariy yechiladi, buning uchun masalaning shartini tahlil qilish zarurdir. 2. O`quvchilardan biri doskaga chiqib, masalaning nazariy yechimini ko`rsatadi. 3. Biror-bir o`quvchi doskaga chiqib tajribani masalasini bajaradi. Bundan so`ng hamma o`quvchilar o`z joylarida shunga o`xshash masalani eksperimental yechishga kirishadilar.

Download 125.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling