Laboratoriya ishlar texnikasi. Laboratoriyada ishlash vaqtida ehtiyot choralari Ishning maqsadi


Kompyuter darslarini o’tkazish metodikasini ishlab chiqish


Download 125.95 Kb.
bet12/15
Sana09.04.2023
Hajmi125.95 Kb.
#1344663
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KSTI (2)

Kompyuter darslarini o’tkazish metodikasini ishlab chiqishO`qitish jarayonida kompyuterlardan foydalanish real namoyish tajribalarini amalda qo`llash mumkin emasligi sababli talabalar o`zlashtirishida ma’lum qiyinchiliklar tug`diradigan turli tabiiy hodisalar va kimyoviy jarayonlarni mavhumlik darajasida ham ilmiy jihatdan to`liq tushuntirish imkonini beradi. Kompyuterda o`rgatuvchi dasturlar kimyoviy jarayonlar mexanizmlarini chuqurroq anglashga, asosiy e’tiborini o`rganilayotgan materialning muhim jihatlariga qaratishga yordam beradi, bilim va malakalarni rivojlantirish, olingan bilimlarni amalda qo`llash vositasi sifatida namoyon bo`ladi. Kompyuterning o`qitish vositasi sifatidagi pedagogik imkoniyatlari qator ko`rsatkichlar bo`yicha (ko`rgazmalilik, grafik imkoniyatlar, bilimlarni nazorat qilish va baholashning texnik vositalari va b.) o`quv jarayonini amalga oshirishning an’anaviy vositalaridan ancha ustun turadi. Kimyo o`qitish jarayonida kompyuterdan foydalanish o`tilgan nazariy va amaliy materialni tez va sifatli o`zlashtirish imkonini beradi. Ma’lum sharoitlarda dasturiy vositalarni an’anaviy o`qitish metodikasi tizimiga kiritish o`quv vaqtini tejash, uzun hisoblash amallarini bajarish va sonlar analizidan ozod bo`lish, o`zlashtirish natijalarini nazorat qilishni avtomatlashtirish imkoniyatlari hisobiga sezilarli pedagogik effekt beradi. Kimyo ta’limining maqsadi o`quvchilarni kimyo fani asoslari va atrofimizdagi olamni bilish metodlari bilan tanishtirishdan iborat. Bu borada, ob’ektiv sabablarga ko`ra o`rganilishi qiyin bo`lgan quyidagi bo`lim va mavzular alohida o`rin tutadi: vizual kuzatish imkoni bo`lmagan jarayonlar va hodisalarni o`qitish; og`zaki tushuntirilganda qiyin qabul qilinadigan, mavhum fikrlash va uni talab qiluvchi, model tasavvurlardan foydalanib oson tushuntirish mumkin bo`lgan mavzular; portlovchi, zaharli, noyob va qimmatbaho reaktivlardan foydalani-ladigan murakkab kimyoviy eksperimentlar; maxsus qurilmalarni talab qiluvchi tajribalar. Bunday mavzularni o`qitish samaradorligini ta’minlashda axborot texnologiyalari katta potensialga ega bo`lib, animasiyalardan foydalangan holda o`quv materialining mazmunini tushunarli va qiziqarli qilish imkonini beradi.

Download 125.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling