Laboratoriya ishlar texnikasi. Laboratoriyada ishlash vaqtida ehtiyot choralari Ishning maqsadi
Kimyo to‘garagida yechiladigan masalalarni yechish metodikasi
Download 125.95 Kb.
|
KSTI (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumot
- Kimyoda sifatga doir
- Kimyoda hisoblashga doir masalalar
Kimyo to‘garagida yechiladigan masalalarni yechish metodikasi
Ishning maqsadi: Kimyo to‘garagida yechiladigan masalalar, ularning ish mazmuni, tashkiliy yo’llari, o’tkazish va yakunlash malakasini hosil qilish. Kerakli jihozlar: Kompyuter,marker,vatmen qog’oz. Kompyuter, virtual laboratoriya va videoroliklar. O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Kimyo o`qitishda masalalarning ahamiyati va ularning klassifikasiyasi, kimyoda sifatga va hisoblashga doir masalalar yechish tiplari, hisoblashga doir masalalar yechish metodikasi. Nazariy ma’lumot Kimyoviy masalalar yechish amaliy, o`qitishni turmush bilan bog`lash, kasb tanlash, mehnatsevarlik maqsadga intilish, dunyoqarashni shakllanishi, fanlararo aloqadorlikni ta`minlash kabi hollar katta ahamiyat kasb etadi. Masalalar yechish, o`quvchida rivojlanish funksiyalarida katta rol o`ynaydi. Rivojlanish fikrlashning turli usullari, bilimlarning haqiqiy qo`llanishi, o`z-o`zini nazorat qilish, ko`nikmalarni hosil qiladi. Eng muhimi o`quvchida mustaqillikni rivojlantiradi. Masalalar yechish jarayonida tayanch bilimlar tadbiq etiladi va natijada moddalar va kimyoviy jarayonlar haqidagi bilimlar mustahkamlanadi va takomillashadi. Masala yechish jarayonida muammolar o`z yechimini topadi. Ayniqsa bu hol sifatga doir masalalar yechishda ko`proq qo`llaniladi. Masala yechish jarayoni abstrakt holatlardan aniq yechimlarga olib keladi. Amaliyotda esa bu metodologik aspektni o`z boshidan kechiradi va abstrakdan fikrlashga, undan amaliyotga - oddiydan murakkabga beriladi. Masalalar yechish turiga ko`ra masalalar sifatiga va hisoblashga doir bo`ladi. Kimyoda sifatga doir- masalalarning ko`p qo`llanadigan tiplari quyidagilar: Tavsiflangan va kuzatilgan hodisalarni izohlash. M: Nima sababdan kalsiy karbonat bilan sulfat kislota orasidagi reaksiya kuchli boshlanadi - yu keyin to`xtab qoladi? Yoki nima uchun quruq ammoniy karbonat qizdirilganda boshqa modda hosil bo`ladi? Aniq moddaning xarakteristikasi: xlorid kislota qanday moddalar bilan va nima uchun reaksiyaga kirishadi. Moddalarni bilish: Qaysi probirkada kislota, ishqor, tuz borligini aniqlang. Qaysi probirkada xlorid kislota, sulfat kislota, nitrat kislota berilganini aniqlang. Moddaning sifat tarkibini isbotlash; Ammoniy xlorid tarkibida ammoniy ioni va xlor ioni borligini qanday isbotlaysiz? Aralashmalarni ajratish va toza modda olish: Qanday qilib, uglerod (IV)-oksidi aralashmasidan kislorodni tozalash mumkin? Moddalarni olish: Ma`lum bo’lgan barcha usullar bilan rux xloridni olish. Masalani og`zaki, yozma yoki eksperimental holda yechish mumkin.. Kimyoda hisoblashga doir masalalar - VII sinf masalalari «massa» tushun-chasiga moslashgan. VIII sinfda esa kimyoda miqdoriy nisbatlarga mos masalalar yechiladi. O`quvchilarda shunday fikr shakllanishi kerakki, moddalar bir - biri bilan qat’iy belgilangan miqdorda birikadilar. Hisoblashga doir masalalar tiplari quyidagilar: VII sinfda formulalar bo`yicha hisoblash: a). moddaning nisbiy molekulyar massasi bo`yicha hisoblash; b). murakkab modda tarkibida element atomlarining massasini aniqlash; v). elementning moddadagi foiz miqdorini aniqlash; Download 125.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling