2-tajriba. Anilinni elektron yutilish polosasi qaysi o’tish hisobiga hosil
bo’lganini aniqlash
Murakkab organik moddalarning yorug’likning ultrabinafsha va ko’rinuvchi qismlarida o’lсhangan elektron yutilish spektrlari asosan n→π* va π→π* o’tishlar hisobiga hosil bo’ladi. Odatda, n→π* o’tish hisobiga hosil bo’lgan polosalarning intensivligi kam va ular spektrning to’lqin uzunliklari katta bo’lgan qismida ko’rinadi. Shu bilan birga bu qonuniyatni buzilishini ko’rsatadigan holatlar ham ucghraydi.
Qutblanuvchanligi har xil bo’lgan erituvchilarning ta’siri ostida yutilish polosalarining siljishini kuzatish orqali ular n→π* yoki π→π* o’tishlarning qaysi biriga tegishli ekanligini ajratish mumkin. Erituvchining qutblanuvchanligi ortib borgan sari n→π* o’tish natijasida hosil bo’lgan polosalar spektrning qisqa to’lqinli qismiga, π→π* o’tishlarga tegishli polosalar esa spektrning uzun to’lqinli qismiga qarab siljiydi. Molekulalararo o’zaro ta’sirlarning universal nazariyasi tomonidan bu hodisalar quyidagicha tushuntiriladi; n→π* o’tishlar natijasida odatda, molekulaning dipol momenti kamayadi, π→π* o’tishlar natijasida esa ko’payadi.
Bu ishda anilinni qutblanuvchanligi har xil bo’lgan erituvchilarda eritib uning elektron yutilish spektrini o’lchash hamda spektning yutilish polosalarini n→π* va π→π* o’tishlarning qaysiga tegishli ekanligini ajratish taklif qilinadi.
Anilinni n-geksanda eritib konsentratsiyalari 10-2 va 10-4 mol/1 ikkita eritma tayyorlang va bu eritmalarning elektron yutilish spektrlarini o’lchang.
Anilinni etil spirtida eritib konsentratsiyalari 10-2 va 10-4 mol/1 bo’lgan ikkita eritmasini tayyorlang va bu eritmalarning ham elektron yutilish spektrlarini o’lchang.
Anilinni yutilish polosasining maksimumi qutblanuvchanligi har xil bo’lgan erituvchilarni ta’siri natijasida qancha va qanday siljiganini baholang.
Baholash natijasiga ko’ra polosalarni qaysi o’tishlar asosida hosil bo’lganini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |