quying. Voronkadagi kislota yuqini suv
bilan yuvib kolbaga tushiring, eritmani
aralashtirib, xona haroratigacha sovuting. Kolbani o’lchov chizig’igacha
suv solib,
probkani berkitib yaxshilab aralashtiring. Tayyorlangan eritmani quruq baland
silindrga solib, areometr bilan uni zichligini o ’lchang va eritmani tayyor idishga solib
qo’ying. Eritmaning C%, molyar va normal konsentratsiyalarini hisoblang.
Hisoblangan molyar konsentratsiyalami berilgan miqdor
bilan solishtiring va
tajribani aniqlik darajasini toping.
ELEKTROLIT ERITMALAR
Kislotalar, asoslar va tuzlar qutbli erituvchilarda eriganda ionlarga ajraladi,
bunday
moddalar elektrolitlar, ionlarga ajralish xodisasi elektrolitik dissotsilanish
deyiladi.
Ionlarga dissotsilangan molekulalar sonini erigan
molekulalaming umumiy
soniga nisbati dissotsilanish darajasi deyiladi. Dissotsilanish darajasi biming
ulushlarida yoki foizlarda ifodalanadi.
Dissotsilanish darajasining qiymatiga qarab elektrolitlar kuchli, o’rta va kuchsiz
bo’ladi. Kuchli elektrolitlaming dissotsilanish darajasi 30%
dan ortiq, o’rta
elektrolitlamiki 2-30% va kuchsizlamiki 2% dan kam bo’ladi.
Eritmani suyultirganda dissotsilanish darajasi ortadi. Shuning uchun elektrolit
kuchini solishtirganda bir xil konsentratsiyali eritmalami olinadi.
Yaxshi eriydigan
eritmalar uchun suyultirish chegarasi mavjud, bu chegarada
suyultirilgan sari hajm
birligida ionlar konsentratsiyasi ortadi va dissotsilanish darajasi kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: