Farmatsevtik eritmalarni afzalliklari:
qattiq dori shakllariga nisbatan tez so‘rilishi va terapevtik samaradorlikni tez yuzaga kelishi;
alohida texnologik jarayonlarni qo‘llanilishi (eritish, peptizatsiya, suspenziyalash yoki emulsiyalash) dori moddalar dispers zarrachalarini dispers muhit tarkibida xoxlagan agregat holatida bo‘lishi hisobiga (erituvchi muhitda erigan holatda yoki muhitda teng taqsimlangan holatda) dori moddasini davolash samaradorligini ortishi;
dori vositasining tarkibini va qo‘llash usulining turli-tumanligi;
ayniqsa bolalar va qariyalar amaliyoti qo‘llashning qulayligi;
ba’zi bir hujayra va to‘qimalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazuvchi moddalarni (bromidlar, yodidlar) eritma ko‘rinishida bu hossalarini yo‘qotish mumkinligi;
dori moddalarini eritma ko‘rinishida nohush hid va mazasini maskirovka qilish mumkinligi;
Shu bilan birga farmatsevtik eritmalar quyidagi kamchiliklardan ham holi emas:
eritmalar saqlash davomida nisbatan turg‘un bo‘lmagan dori turlari bo‘lib, ba’zi bir moddalar eritma ko‘rinishida turli reaksiyalarga moyil hisoblanadi (gidroliz va oksidlanish jarayonlari tez yuzaga keladigan moddalar);
mikroorganizmlarni yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoitni yaratilganligi;
tashish va saqlash uchun noqulay bo‘lib, alohida qadoqlash turi va usullarini, shuningdek saqlash sharoitlarini talab etadi;
dozalar aniq emas, bu turdagi dori turlarida dozalash tomchilash yoki qoshiqlash orqali amalga oshiriladi.
Eritmalar nazariyasi. Qattiq moddalarning eritmalari
Moddalarning suvda eruvchanligi bilan D.I.Mendeleev davriy jadvalida elementlarning joylanishi orasida ma’lum bog‘lanish borligi muqarrar. 1794 yilda rus olimi T.E.Lovits eritmalarning o‘ta to‘yinish hodisasini kashf etdi. To‘yingan issiq eritma filtrdan o‘tkazilib, qattiq jism zarrachalaridan tamomila ozod qilingandan keyin ehtiyotlik bilan sovutilsa, eritmadan qattiq jism ajralib chiqmasligi mumkin. Bunday eritmada bo‘lgan eruvchi modda konsentratsiyasi to‘yingan eritmadagiga qaraganda ortiq bo‘ladi. Shunday eritma o‘ta to‘yingan eritma deyiladi. O‘ta to‘yingan eritma barqaror tizim emas, biroq tinch holatda uzoq saqlanishi mumkin. Agar bunday eritmaga eruvchi moddaning kichik kristallari tashlansa (yoki eritma silkitilsa), darhol kristallanish sodir bo‘ladi. Masalan, Na2SO4* 10H2O tuzlari o‘ta to‘yingan eritmalar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |