Landsberg Optika pdf
- rasm. Yolg‘iz yutish polosasi yaqinida yuz beradigan dispersiya va absorbsiya egri chiziqlari
Download 479.9 Kb.
|
Mohidil
28.10- rasm. Yolg‘iz yutish polosasi yaqinida yuz beradigan dispersiya va absorbsiya egri chiziqlari.
156.9)formula koʻrinishini oʻzgartirish mumkin. 1 ni chap tomonga oʻtkazib formulani n2-1=(n+1)(n-1) koʻrinishda yozamiz. Odatda n birdan kam farq qilgani uchun (n — 1) koʻpaytuvchi, umuman aytganda, n ga bogʻliq ravishda (n + 1) dan koʻra ancha koʻp oʻzgaradi. Tajribaning koʻrsatishicha, n-1 kattalikni modda zichligiga yaxshi aniqlikda proporsional deb hisoblash mumkin. Binobarin, (156.9) formulada N ni xam zichlikka yoki birlik hajmdagi N0 atomlar soniga proporsional deb hisoblasa boʻladi. Demak, N = fN0 deb olamiz; oʻlchamsiz f koeffitsient odatda ossillyator kuchi deyilib, bu bilan dispersiya xodisalarida shu ossillyatorlarning qatnashish hissasi yoki ularning effektivligi taʼkidlanadi. Shunday qilib, (156.9) formula quyidagi koʻrinishni oladi: Agar moddada ei zaryadi va mi massasi turlicha bo‘lgan va turli ω0 xususiy chastotada tebrana oladigan bir necha sort zaryadlar boʻlishi eʼtiborga olinsa, u holda (156.9) formula oʻrniga ifoda olinadi, bunda fi -turli ω0i chastotalarga mos keladigan ossillyatorlar ayrim sortlarining kuchlari (yoki effektivliklari). Bunday holda dispersiya chizigʻi qator tarmoqlarga ajraladi, bunda tebranishlar soʻnmaganda har bir ω = ω0i ga mos keluvchi n2 ning qiymatlari ±∞ boʻladi. Agar tebranishlar soʻnishi hisobga olinsa, chiziq 28.11-rasmda koʻrsatilgandek boʻladi. ω0i chastotalari koʻrinadigan yorugʻlikning ω chastotalariga taxminan teng boʻladigan optik elektronlar (156.11) formulaga eng katta hissa qoʻshadi. Yigʻindining ω0i chastotalari ω dan katta boʻlgan zaryadlarga tegishli hadlari juda kichik boʻladi. Titan bugʻining koʻrinadigan va ultrabinafsha yorugʻlik sohasida Rojdestvenskiy metodi boʻyicha olingan dispersiya chizigʻi 28.12-rasmda tasvirlangan. Fotorasmda titanning bir qancha xususiy yutish sohalari koʻrinib turibdi; bu sohalarga tegishlicha xususiy chastotalar va turli fi kuchli ossillyatorlar sortlari toʻgʻri keladi. D Download 479.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling