Landsberg Optika pdf


Download 479.9 Kb.
bet9/19
Sana17.06.2023
Hajmi479.9 Kb.
#1525294
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Mohidil

tg = br (156.4)
koʻrinishda boʻladi. Shuning uchun
g = r0cos(£>0t, (156.5)
bunda r0 — elektronning xususiy tebranishlari amplitudasi, ω0 = — doiraviy chastotasi; ω0 chastota atomning b doimiy kattaligini belgilovchi xossalariga bogʻliq. Boshqa mexanik masalalardagi singari, bu yerda ham zaryadlar oʻz muvozanat vaziyatidan ozgina chetlanadigan, yaʼni r yetarlicha kichik boʻladigan xollardagina tutib turuvchi kuchni kvazielastik kuch koʻrinishida (q. (156.3)) tasvirlash toʻgʻri boʻladi. r siljish kattaligini elektr maydonining optik elektronga koʻrsatadigan taʼsir kuchi aniqlaydi; elektr maydonining kuchlanganligi katta boʻlganida (156.3) ifoda notoʻgʻri boʻlib qolishi mumkin. Maʼlumki, masalan, elektromagnitik statik maydon xam. oʻzgaruvchan maydon xam atomdan elektronni «yulib» olishi mumkin (ionlanish) va bu chegaraviy holda (156.3) munosabatni qoʻllanib boʻlmasligi tamomila ravshandir.
Optik kvant generatorlari yordamida hosil qilinadigan juda quvvatli yorugʻlikda tutib turuvchi kuch kvazielastik kuchdan ko‘p farq qiladi; chiziqli boʻlmagan optik xodisalar (q. XLI bob) xususiyatlari mana shu farqqa bogʻliq boʻladi. Biz hozirgacha oʻrgangan xodisalarda va boshqa koʻp hodisalarda (156 3) munosabat juda yaxshi aniqlikda bajariladi.

  1. Tormozlovchi kuch. Elektron atomda garmonik ravishda tebranib turadi, degan faraz taqribiydir. Haqiqatda esa tebrantirilgan elektron oʻz energiyasini asta-sekin sochadi va binobarin, tebranish amplitudasi vaqt oʻtishi bilan kamayadi, Shunday qilib, tebranish qatʼiy garmonik tebranish boʻlmay, soʻnuvchi tebranish deb qaralishi kerak. Hatto yakkalangan atomda ham tebranishlar soʻnuvchi boʻladi, chunki energiya har tomonga nurlantirilib atomning energiyasi asta-sekin kamaya boradi. Nurlantirishga muqarrar bogʻliq boʻlgan bunday soʻnishdan tashqari, atomlarning oʻzaro taʼsirlashishiga bogʻliq boʻlgan boshqa sabablar tufayli ham tebranish energiyasi sarf boʻlishi mumkin, ammo bu hollarda tebranish energiyasi energiyaning boshqa turlariga aylanadi, masalan, u issiqlikka aylanib, muhit atomlarining oʻrtacha kinetik energiyasini oshirishi mumkin.

Atomda tebranishlar soʻnishining fizik sabablarini biz keyinroq yana muhokama qilamiz. Har qanday holda bu sabablar tebranish amplitudasini kamaytiradi va, binobarin, elektron harakatiga tormozlovchi (dissipativ) kuch sifatida taʼsir koʻrsatadi. Tajribaning koʻrsatishicha, bu kuch koʻp hollarda atomning xususiy tebranishlarini qiyosan juda oz buzadi, demak, bir davr mobaynida sarf qilingan energiya atom tebranish energiyasining kichkinagina (yuz milliondan bir ulushi tartibidagi) qismini tashqil etadi. Mexanikaning koʻp masalalarida ishqalanish kuchi zarraning harakat tezligiga proporsional deb hisoblangani kabi bunday sharoitda bu tormozlovchi kuchni elektronning tezligiga proporsional deb hisoblash mumkin. Soʻnishning turli fizik sabablarini tekshirish ularning tormozlovchi kuchning bu ifodasiga muvofiq ekanligini koʻrsatdi. Demak, elektronga taʼsir etuvchi ikkinchi kuch sifatida
^ dr
qarshilik kuchini, yaʼni tormozlash kuchini kiritamiz, bu yerdagi g — muhitning xossalariga bogʻliq koeffitsient.


  1. Download 479.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling