Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Kredit munosabatlari g‘oyasi
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
4. Kredit munosabatlari g‘oyasi
Asardagi iqtisodiy munosabatlaming vana bir dolzarb masalasi kreditea oid fikrlardir. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanida u yoki bu iqtisodiy munosabatning, iqtisodiy kategoriyaning keng va tor m a’nodagi talqinlari e ’tirof etiladi. Keng m a’noda iqtisodiy kategoriyaning kishilik jamiyatining barcha iqtisodiy davrlarga daxldorligi tushunilsa, tor m a’noda, uning m a’lum tarixiy-iqtisodiy davr sharoitiga bog‘liqligi tushuniladi. Kredit yoki qarz berish kategoriyasi ham ana shunday mazmunga ega bo‘lgan iqtisodiy munosabatlardir. Biroq, o ‘zining chuqur mazmunining real iqtisodiy hayotda ro ‘yobga chiqishi, iqtisodiy-ijtim oiy taraqqiyotni jadallashtirib yuborishi, iqtisodiyotga yuksak o ‘sish sur’atlari baxsh etishi jihatidan kredit tom m a’noda bozor iqtisodiyoti davr munosabatidir. Bugun iqtisodiy taraqqiyotning kredit tufayli amalga oshishi isbot qilingan. Chunki, umum jahon iqtisodiyoti ravnaqi ham, milliy iqtisodiyotlar rivoji ham kredit munosabatlarsiz amalga oshmasligi hech kimga sir emas. Ayni chog'da, kredit juda qadim tarixga ega bo‘lgan iqtisodiy kategoriya ekanligi «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi»da, xususan, o ‘ttiz asrga teng deb 1 K arim ov I. O 'zb ek isto n XXI asr bo 'sag 'asid a: xavfsizlikka taxdid, b a rq aro rlik shartlari va tara q q iy o t kafolatlari. Т., 1997, 196—197 —b etlar 18 e ’tirof etilayotgan «Avesto» asarida ham ko‘rsatib o ‘tilgan. Buyuk ajdod- larimiz kreditdan (qarz berish) foydalanib xo'jalik yuritganliklari bu mangu asarda o ‘z ifodasini topgan. «Avesto» asari ustida olib borgan tadqiqotlarimiz ana shunday fikrga kelishimizga asos bo‘ldi. Asami tahlil qilar ekanmiz, qadim zamonlarda ajdodlarimiz o ‘rtasiga iqtisodiy faoliyat qarz berish va qarz olish bilan bog‘liq munosabatlar bo‘lganligi shubha qolmaydi. «Avesto»da qarz berish va qarz olish odamlar o'rtasidagi hayotiy munosabat ekani uqtirilib, olingan qarzga xiyonat qilmaslik aytiladi, Asarda aytiladiki «hech kim o ‘z q o ‘shnisidan olgan omonatidan tonib, yolg‘on so'zlamasin’». Kitobda odamlarning bir-birlari oldidagi majburiyatlari, shartnoma, ahdnomalari muqaddas hisoblanib «qasam» vositasida mustahkamlangan. Qasamlar bir-biridan mas’uliyatliroq, mustahkamroq bo‘lib, ularning har birining buzilishi o ‘ziga xos qiymatga (bahoga) ega, ya’ni qasamni buzganlik holatida aybdor m a’lum m iqdorda tovon (jarima) bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan. Quyida ana shu qasamlami aynan keltiramiz: «■Axura Mazda javob beradi: -Mening qasamlarim oltita: birinchi-so ‘z qasami; ikkinchi-qo 7 qasami; uchinchi- qo ‘y qasami; . to ‘rtinchi- sigir qasami; beshinchi- odam qasami; oltinchi- ekin qasami, engyaxshi, engobod, engserhosil zamindagi ekin2» Savol tug‘iladi: nima uchun qarz majburiyatlarining (qarz olishda berilayotgan iqtisodiy kafolatlaming) turi bunchalik ko‘p, ya’ni oltita? G ap shundaki, qadimgi zamonlarda olingan qarzlami (kreditni) yozma ravishda bayon qilish, uni hozirgidek notarius idoralari tom onidan tasdiqlatib, unga huquqiy tus berish odat sanalmagan. Dastlab, qarz olgan tom on bilan so‘z qasami orqali ahdlashilgan b o ‘lsa kerak. Chunki, zardushtiylik dinida odamlarning q o ‘l berib ahdlashuvi ham muqaddas hisoblangan, binobarin qarz olgan tom on o ‘z majburiyati oldida, Axura Mazda oldida gunohga botishdan qo‘rqqan. Keyinchalik oo‘l qasami. ya’ni qo‘l berishib, ahdlashuv urfga kirgan bo‘lsa ajabmas. So‘z va qo‘l qasamlarini tom onlar ahdlashuvining buzish holatlari vujudga kelgach, kredit kafolati muayyan asosga ko‘chirilgan 1 Avesto, 121-bet 2 O 's h a asar, 117 —bet 19 bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Qarz kafolatining, majburiyatining moddiy- lashuvi, tabiiyki odamlarda mas’uliyatni oshirgan, zero «mol achchig'i jon achchig‘i» degan xalq maqoli bejiz paydo b o ‘lmagan. Bunda qo‘y qasamining bahosi bitta qo‘y qiymatiga teng bo‘lgan; qo‘l qasami tom onlam ing qo‘l qisishi bilan shartlashilganligini bildirgan. Ko‘rinib turibdiki, qasamlar tarkibida eng katta aasam -ekin aasamidir. Bu shunchaki moddiy qasam emas, balki «eng yaxshi, eng serhosil zamindagi ekin» qasamidir. Bunday qasam shartnoma m a’nosini bildiradi, tomonlarning o ‘zlariga olgan majburiyatlarini aks ettiradi. 0 ‘z ahdini buzgan tom on «eng serhosil zamindagi ekin» qiymati darajasida tovon to ‘lagan. Ekin qasamini buzgan aybdoming to'qqiz yuz qamchin asnahix- ashantra bilan, to‘qqiz yuz qamchin saravush-charana bilan savalash orqali jazolanishi qat’iy belgilab qo'yilgan. Bu yerda shuni alohida ta’kidlash lozimki, qasamlarning eng zo‘ri, mas’uliyati, iqtisodiy jazosi kuchlirog‘i «ekin qasamidir». Albatta, bunda Axura Mazda tarafidan ilgari surilgan ilohiy m a’no bor. Bu- dehqonchilik mahsuloti, dehqonchilik mehnati barcha mehnat turlari ichida mo‘tabarroq, ulug‘roq, ilohiyroq ekanligi. M a’lumki, shartnoma m a’lum iqtisodiy vazifalami, majburiyatlami o ‘z zimmasiga olishni bildiradi. Zardushtiylik dinida inson lafzi, uning bir-biriga bergan ahdi (qasami) Yaratganning oldidagi qandaydir farz amalidek kuchga ega bo‘lgan. Asarda ijara munosabatlari to‘g‘risida gap borganda xuddi yuqoridagidek m as’uliyat yuklatilgan. M asalan, «Muxtasar» asarida yozilishicha, ijara munosabatlari qarz majburiyati-kredit berish m a’nosini bildiradi, ya’ni «ijara oluvchiga ijara haqini o'sha zahotiyoq bermoq vojib emas...» degan ilohiy qoida bitilgan. Albatta, bunday iqtisodiy munosabat- ijara to ‘lovini m a’lum muddatga kechiktirilishi kredit oluvchining iqtisodiy- ijtimoiy ahvolini yengillashtirgan. Yana shu narsa muhimki, islomiy qoidaga muvofiq mulk ijaraga olingan bo‘lsa-yu, undan foydalanilmasa ham yoki undan ijara haqi darajasida samara olinolmagan bo‘lsa ham ijara haqini to‘lash, mulkni but-butun qaytarish majburiyati yuklangan1. Zardushtiylik dinida olingan qarz majburiyatini bajarmaslik shunchaki iqtisodiy jazoga loyiq ish emas, balki shartnom ani buzganlik juda ham katta gunoh hisoblangan, bunday odam Axura M azda nazaridan qolgan. Ayni chog‘da, bunday ilohiy majburiyat qarz olgan tomonga kuch-quw at ham bergan, shartnomani buzmaslikka undagan, majbur etgan. Shartnoma-qasam m a’lum qarzdorlik munosabatini bildirib, omonat 1 M uxtasar, Т., 1994, 189-bet 20 yuzasidan olingan majburiyatni o‘zida ifodalaydi, omonatga xiyonat, qayta- rilishini o'ylamaslik, uni o'ziniki qilib, o‘zlashtirib olish «o‘g‘rlangan bilan barobardir» deyiladi, ya’ni beburdlik qilish o ‘g‘irlik bilan teng darajaga qo‘yiladi. 0 ‘g‘irlik qilish esa zardushtiylikda katta jinoyat, gunoh hisoblangan. «Avesto» kitobini umuminsoniy qadriyatlar haqidagi aasida deyish mumkin. U nda odamlar o ‘rtasidagi mehr-oqibat, birodarlik, do‘stlik, o'zaro yordam va madad berish g‘oyalari, bilim olish, o'tm ish donish- mandlari, allomalari bilimlarini egallash kabi komil inson bo‘lishga xos umumbashariy qoidalar, ularga asoslanib yashash lozimligi uqtiriladi. Masalan, asarning 4-fargardi, ikkinchi qismida odamlar hech qachon bir-birlaridan hech narsani darig1 tutmasliklari, qizg‘anmasliklari lozim. Xususan, moddiy madad berish, din ilmini, kasb-hunar egallashni birodariga bem innat o ‘rgatishi zarur, degan ko'rsatma berilgan. Biroq, odam lar o ‘z ilohiy va dunyoviy vazifalarini bajarishlari uchun tabiat n e’matlaridan, o ‘zlari ishlab chiqargan narsalardan iste’mol qilish- lari, dam olishlari, rohatlanmoqlari ham zarur. Zero, dam olish, rohatla- nish, m a’naviy oziq olish tirikchilik bilan, iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ul- lanish uchun kuch-quw at beriladi. Bularning zaminida «shiddat bilan bilim olish» yotadi1. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling