Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

Axura Mazda yagona xudo, u koinotni, yerni, quyoshni, butun 
borliqni yaratgan. U o‘zining makoni qilib quyosh ostini olgan va u abadiylik 
timsoli. Axura Mazda «haqiqat otasi», «olam haqiqati». U odamlami faqat 
yaxshilikka, yaratuvchilikka, ezgu am allarga undaydi. Bu ishlarga 
rahnamolik qilish uchun yerga o ‘z payg'ambari Zardushtni yuboradi. 
Zardusht Axura M azda topshiriqlarini bajarishga d a’vat etuvchi va 
kurashuvchi shaxs.
Axroman-. Axura Mazdaga, uning ezgu harakatlariga qarshi kurashuvchi 
kuch, u yovuzlik, buzg‘unlik, vayronalik, sovuqlik timsoli. U yovuzlik 
xudosi, u odamzodga qor va izg‘irin sovuq yuboradi, kasalliklar tarqatadi
hayotni bulg‘aydi. Ana shu yovuzliklarga qarshi kurashuvchi kuch sifatida 
Axura Mazda tomonidan donishmand Zardusht yuboriladi.
Sipiytmon Zardusht - ezgu fikr, ezgu kalom (so‘z) va ezgu-amalni 
uluglovchi, tarqatuvchi, ulaiga da’vat etuvchi shaxs. Zardusht-payg‘ambar 
timsoli Zardusht -buyuk, donishmand shaxs, buyuk voiz, odamlarni 
ezgulik yo‘liga chorlovchi va boshlovchi daho, kashshof. Zardusht insoniyat 
tarixida birinchi bo‘lib yakka xudolik g‘oyasini olg‘a surdi va shu yo‘lda 
kurashdi. U Zardushtiylik dini ijodkori, murabbiysi va homiysidir.
25


Yer va uning xususiyatlari- «Avesto»da yer g‘oyat ulug‘ ne’mat, 
Alloh in ’omi, borliq va yaratuvchilik manbayi, yashash va abadiylik 
ramzidir. Kitobda amal topmagan, ishlov berilmagan, tashlab qo‘yilgan 
yer g o ‘yo «balog'atga yetgan qizdir, u farzand k o ‘rish va yaxshi 
yostiqdoshga intiqdir». Kimda kim yerga urug‘ sepsa uni m o‘l-ko‘l hosil 
beradigan onaga aylantiradi, u farovonlik va to ‘liq baxt keltiradi. Bunday 
qilmaganlar esa ochlik, gadolik, tilanchilikka giriftor bo‘lishadi.
Mehnat taqsimoti- odam larning biron-bir kasb-hunar egallashi
iqtisodiy faoliyatning biron-bir turini egallash. «Avesto»da kimlar qanday 
h u n arla rn i egallashi, n im a ish lar bilan sh u g 'u llan ish lari joizligi 
odamlarning jinsi, yoshi, kuch-quw ati, imkoniyatiga q^rab belgilanishi 
ko'rsatib berilgan. Qanday bo‘lmasin o ‘z oilasini boqa oladigan, farovon 
yashashini ta ’minlaydigan kasb-hunam i egallashga d a’vat etadi.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling