Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Yaratuvchilik (ishlab chiqarish) — eng ezgu amal


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

5. Yaratuvchilik (ishlab chiqarish) — eng ezgu amal
«Avesto» muallifi bo‘lgan buyuk olim Zardusht ruhoniylarga, ilm- 
m a’rifatli kishilarga ko‘rsatma beradiki, odamlarga moddiy n e ’matlar 
yaratish asoslarini (muqaddas ishlarni) o‘rgatsinlar. Zero moddiy olam 
va butun jonli mavjudot yemak-ichmak bilan tirikdir. Kitobda: «Hech kim 
xo'raksiz Ashah qonunlariga amal qilish qudratiga ega emas. Omoch 
qudratiga ega emas. Farzandlar dunyoga keltirish qudratiga ega emas.
Moddiy olamda xalq qilingan har bir mavjudot yemak bilan tirikdir, 
yem aksiz о ‘likdir2». Yemak uchun iste’m ol qiym atlarini, m oddiy 
ne’matlarni ishlab chiqarmoq darkor. Asarda ta ’kidlanadiki, moddiy 
n e ’m a tla rn in g y a ra tilish m anbayi yerdir. Y erni ish lash , u n in g
unumdorligini oshirish, tiriklikni abadiylashtirish esa g‘oyatulug‘ ibodatdir. 
Bu ish Alloh oldidagi vazifadir. Ana shu vazifadan kelib chiqib, xitob 
qilinadi: «Kimda-kim zaminni shudgor qilib, uni mehribonlik va parhezkorlik
1 Avesto, 12 )-bet
2 O 's h a asar, 115 —bet
21


bilan bir Ashavanga (Ashavan-to‘g ‘rilik, rostgoУИк, haqiqat, qonun, tartib 
m a ’nosini beradi) topshirsa, Sipandormaz uni zamin q a ’riga, hasrat va 
parishonlik olamiga, tubanlik va sho ‘rbaxtlik sarzaminiga, devlar makoni- 
do ‘zax tubiga uloqtirib tashlamaydi' ».
«Avesto»da yaxshilik va yomonlik o ‘rtasidagi kurash, yaxshilikka, 
ezgulikka erishish yo‘liari, odamlarning baxtli-saodatli yashashi vositalari 
haqidagi umumbashariy g'oyalar ilgari surilgan. Asaming «Vandidod» 
nomli ikkinchi qismida «qahraton sovuq» yomonlik, borliqni yo'qotuvchi 
kuch sifatida ifodalanib, bu kuch kezi kelganda barcha jonli mavjudotni 
badnom etishi ta ’kidlanadi. Bunday ofatni oldini olish Axura Mazda 
tom onidan buyuk ilohiy siymolardan biri bo‘lgan Jamga yuklatiladi.
«Ey Jam, -deb xitob qilinadi, - har birining to ‘rt tom oni aspriys2 
uzunligida bo'lgan var3, inshoot bino qil. Qo'ylar, tuyalar, odamlar, 
itlar, parrandalar va kuydirguvchi qizil olov urug'larini u yerga olib bor. 
So‘ngra, -sen, Ey, Jam! Odamlarning yashamog‘i uchun har birining 
to ‘rt tom oni aspriys uzunligida bo‘lgan var bino qil. Sigirlar va qo'ylar 
uchun har birining to ‘rt tomoni aspriys uzunligida bo'lgan var bino qil».
«... U yerda hamisha yam-yashil va hurram, hamisha yegulik qut- 
barakali yaylovlar yaratgin... Uyerda■
 keng va baland uylar qur4».
Keltirilgan satrlardan bilish mumkinki, «Avesto» insoniyat hayotining 
abadiy ekanligi, biroq bu abadiy hayot doimo bo'lavermasligi, unga tajovuz 
qilib turuvchi har xil yovuz kuchlar ham bo'Iishi, ularga qarshi mustahkam 
zam in-ne’m atlar yaratish, uylar, inshootlar qurish, badaliga insonlar, 
chorva hayvonlarini asrash va shu bilan hayotning davomiyligini saqlab 
qolish mumkinligi tushuntiriladi.
Qurilgan varlarga (inshootlarga) «XushboУ о ‘simliklaming urug'larini 
olib borish, yeryuzidagi eng yemishli, engyoqimli va xushbo У taomlaming 
urug'larini olib borish», hayvonlar va odamlarning yo'q b o ‘lib ketmasligi 
uchun «ulami juft-juft qilish» lozimligi ham uqtiriladi. Qizig ‘i shundaki, 
insoniyat, hayvonot va tabiat olamini sog'lom va musaffoligi hayotning 
abadiyligi garovi ekanligi haqidagi g ‘oya asaming markaziy о ‘mida turadi. 
Aytiladiki, odamlar va hayvonlarga faqat «yoqimli va xushbo ‘y taomlar» 
berilishi darkor.
1 Avesto, 115-bet
2 A spriys — u zu n lik o 'lchovi
3 V ar —od am lar va h a y v o n lam i so vuqdan saqlanuvchi yerosti inshooti
4 Avesto, 111 -bet
22


Axura Mazda Jamga ko‘rsatma berib «zinhor u yerga (varlarga) bukrilar, 
pushtenzlar, g‘o ‘llar, duyasana, dayvak, kasvish, vizborish, so'yloq 
tishli, pes, umurnan, Ahraman o ‘z dog'ini qoldirgan biror kimsani 
kirita ko‘rm a‘» deydi.
Bizningcha, bundan shunday xulosa yasashimiz mumkin: insoniyat 
hayoti o ‘z-o‘zicha, stixiyali tarzda kechmasligi darkor, unga aralashmoq, 
ya’ni hayotning musaffoligi uchun kurashmoq zarur. Jamiyatning barqaror 
rivojlanib bormog‘i uchun odamlar ongli ravishda o ‘z bilimlari, kuchlari, 
tajribalarini safarbar qilishlari kerak. Buning uchun ilm-fan yutuqlarini 
ijtimoiy-iqtisodiy turmush musaffoligi va ravnaqi yo‘lida tatbiq etish lozim.
«Avesto»ning insoniyat hayotini musafFolashtirish borasidagi g'oyalari 
naqadar hayotbaxsh ekanligini bugungi sivilizatsiyalashgan dunyo anglab 
yetmoqda. Hayotni saqlab qolish uchun odamlarga musaffo, toza, tabiiy 
muhit bilan birga ekologik sof mahsulotlar ishlab chiqarish va iste’mol 
qilish zaruriyati butun dunyo miq’yosida muammo sifatida kun tartibiga 
qo‘yilayotgani bejiz emas. Zero, insoniyat hayotining davomiyligi ekologik 
sof mahsulot ishlab-chiqarishni yer kurasining barcha mamlakatlarida amalda 
yoiga qo‘yish lozim. Chunki, bugungi dunyoda xalqaro iqtisodiy va boshqa 
munosabatlar shu qadar rivojlanib, mamlakatlar iqtisodiyoti integratsi- 
yalashib bormoqdaki, dunyoning biror bir mamlakatidagi hayotni zahar- 
lovchi n e’matlar boshqalarga yetib kelmasligiga kafolat deyarli yo‘q.
Demak, «Avesto»da bilim olish, dunyoviy va ilohiy bilimlami egallash 
inson faoliyatining barcha jihatlari uchun g‘oyat muhim ekanligi uqtiriladi.
«Avesto»ning «ilmni shiddat bilan o ‘rganish» haqidagi g'oyasi 
k e y in c h a lik , keng ta rg 'ib q ilin d i. B u n in g o q ib a tid a , b iznin g 
Movarounnahrda, Markaziy Osiyoda ilm-fanning rivojiga ulkan hissa 
qo'shgan, jahon fani beshigini tebratgan ulug‘ olimlar Forobiy, Ibn 
Sino, Beruniy, Ulug‘bek, Navoiydek fan darg‘alari, Al-Buxoriy, At- 
Termiziy, Moturudiy, Zamah-shariy kabi islom olimlari yetishib chiqishiga 
sabab bo‘lgan bo‘Isa ajab emas.
«Avesto»da ilm olishga da’vat qilinishning m a’nosi shuki, ilm-ma’rifatli 
kishining mehnat unumi yuqori bo'ladi, jamiyatda farovonlik bo‘lishiga 
eng ko‘p hissa qo‘shilgan bo'ladi. Demak, ilm olish iqtisodiy faoliyat 
samaradorligini oshirishga, yaratuvchanlik salohiyatini ko’tarishga xizmat 
qilar ekan.
1 Aveslo, 111 -bet
23



Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling