Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Mehnat va mehnat taqsimoti g‘oyasi
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
6. Mehnat va mehnat taqsimoti g‘oyasi
«Avesto»ni tom m a’noda mehnat va yaratuvchilik madhi haqidagi, uni odamlar va jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni haqidagi tengi yo‘q asar deyish mumkin. Unda yozilishicha, tinch va osoyishta mehnat, yaratuvchilik faoliyati, tabiatga, uning n e’matlariga mehrli b o ‘Ush, tejamkorlik inson tanasidagi barcha illatlarini, nopokliklami quvadi, unga haqiqiy rohat- baxshlik va osoyishtalik baxsh etadi, unga shodlik, quvonch, olib keladi jamiyatda, har bir xonadonda, shaxsiy hayotda tinchlik, adolat, barqaror- lik faqat m ehnat tufayli qaror topadi. «Avesto»dagi bunday ezgu g'oyalar hozirgi davr uchun ham begona emas. Zero, zardushtiylik dini inson ruhini yaratuvchanlikka-m ehnatga tayyorlashga qaratilganligi uchun, ya’ni inson ruhi va mohiyati aynan mehnat monandligini asoslash bilan ming yillar davomida odamlar qalbini zabt etib keldi, hozir ham u ana shunday ezgu g‘oyalarni targ‘ib etib kelayotir. Kitobda mehnat qilmaydigan, dangasa odamga nisbatan shunday xitob qilinadi: ' «... Mehnat qilmaydigan odam!Sen haqiqatdan ham tilanchilar qatorida, yot eshiklarga ta ’zim qilib, abadul abad bosh egib turajaksan. Haqiqatdan ham sening yoningdan turli xil ziroatlami olib о ‘tadilar, bu noz-ne ’matlaming barchasi mehnat qilayotgan, to ‘q va farovon yashayotgan xonadonga nasib qiladi. Abadul abad shunday bo'lajak!1». «Avesto» asarining m ehnat taqsimoti nuqtayi nazaridan o ‘rganish shuni tasdiqlaydiki, ajdodlarimiz bundan 3000 yillar ilgariyoq ibtidoiy, ya’ni tabiiv m ehnat taqsimoti darajasidan chiqib ketishgan, ular ijtimoiy mehnat taosimoti asosida iqtisodiyotni tashkil etish va olib borishga o‘tishgan. NAZORAT SAVOLLARI: 1. «Avesto» kitobida ta’kidlangan «uch ezgulik g‘oyasi» nimadan iborat? 2. N im a uchun dehqon «zaminini eng baxtiyor qilgan shaxs» deb ulug‘lanadi? 3. «Avesto»dagi yerga bog‘liq m unosabatlar g‘oyasining mustaqil yurtimizda o ‘tkazilayotgan agrar islohotlar bilan bog‘liq jihatini siz qanday ta ’riflaysiz? 4. M ulkdor bo‘lish buyuk fazilat, ulug‘ n e ’mat sanalishi g‘oyasini 1 O 'z b e k p ed ag o g ik asi antologiyasi, 1 —jild. Т., 1995, 36 —b et 24 0 ‘zbekistonda mulkdorlar sinfini shakllantirish zarurligi haqidagi I. Karimov ta ’limoti bilan bog‘liqligini nimada ko‘rasiz? 5. Qarz olish va qarz berish borasidagi qarz olganlik kafolati haqidagi «qasamlar» g‘oyasini siz qanday tushunasiz? 6. «Avesto»dagi m ehnat taqsimoti to ‘g‘risidagi g‘oyalar mazmunini ochib bering. 7. «Avesto»da tabiat qanday e’zozlanadi? TAYANCH IBORALAR: «Avesto»- bundan 2700-3000 yillar ilgari yaratilgan ilk yozma madaniy yodgorlik asari. U aw al 2500 ta mol terisiga tilla suvi bilan yozilgan bo'lib, unda o ‘sha davrning buyuk dini-zardushtiylik ta ’limoti asoslab berilgan. «Avesto»da ezgulik, yaxshilik, yaratuvchilik inson farovonligi va muqaddasligi m adh etiladi. Asar bizning o ‘zbek zaminida yaratilganligi ajdodlarimiz naqadar buyuk m a’naviy va iqtisodiy qudratga ega bo‘lganini tasdiqlaydi. Kitobning 2700 yilligi 2001-yilda 0 ‘zbekistonda xalqaro miqyosda keng nishonlandi, shu munosabat bilan kitobning akademik nashri chiqarildi. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling