Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
«Avesto» dagi mulkiy munosabatlar g‘oyasi
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
3. «Avesto» dagi mulkiy munosabatlar g‘oyasi.
«Avesto» haqida gapirilar ekan, bu kitob odamlar hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan durdona asar ekanligini ko‘rsatib o ‘tish o ‘rinlidir. Asarda iqtisodiy munosabatlar haqida ham ajoyib fikrlar, xususan, bugungi bozor iqtisodiyotiga o ‘tish davriga mos keluvchi g‘oyalar ham o ‘z ifodasini 'K a rim o v I. Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal, «O 'zbekiston ovozi», 2001, 6 — n o y ab r 16 topganligi, uning Prezidentimiz aytganlaridek, «Mangu kitob» ekanligiga ishonchingiz komil bo'ladi. Undagi mulkiv munosabatlar haqidagi bildirilgan fikrlar hayratlanarlidir. Asarda mulkdor bo‘lish yaxshi fazilat ekanligi alohida ko'rsatilgan. Bu fikmi quyidagi g'oyalar tasdiqlaydi: «Kimning uyi bo ‘Isa, и uysiz bexonumon odamdan yaxshiroqdir. Kimning dunvosi bo‘lsa. и hech vaqosi vo ‘q gadodan afzaldir'» (ta’kid bizniki- m uall.). Gap shundaki, mulkdor odam to ‘q bo'ladi, и dushmanlariga qarshi kurashganda bardosh bera oladi, yovuz kuchlarga qarshi tura oladi, ulami yenga oladi. Hatto bunday odam «о ‘z hukmdori amriga mutabiq, yomonlikka qarshi bosh k o ‘taradi va uni zabun aylaydP» M a s a la n in g m o h iy a ti shuki, mulkdor odamlar iqtisodiy jihatdan shunchaki baquw at b o ‘lmay, ayni chog‘da, ular iatisodiv erkindir. ular o ‘z faoliyatini o ‘zi mustaqil belgilaydi. Boshqalarga mute bo‘lmaydi. M ulkdor odamning qudrati shundaki, uning xarakterida mulkiy manfaat va mulkiy m as’uliyat o ‘zaro uyg‘unlashadi. «Avesto»ning bu iqtisodiy g‘oyasi, keyinchalik, buyuk ajdodlarimiz tomonidan rivojlantirildi, boyitildi. Jumladan, Abu Nasr Forobiy uqtiradi- ki, «M ulk orttirishda unchalik x a v f y o ‘q, ammo uni ehtiyot qilib saqlamoq kerak. Agar boshqa birovlar hisobiga mulk orttirganlar jazolanmasalar, и holda shahar aholisidan insof va shuhrat yo ‘qoladi. Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o'zehtiyoji uchun ishlatsa, buyomon odat hisoblanmaydi3». Forobiy davom etib yozadiki, «odamlaming mulksiz bo‘lib qashshoq yashaganidan ko‘ra, mulkdor bo‘lib boyroq bo‘lib yashagani afzalroqdir». Ko'rinib turibdiki, Forobiy qarashlari «Avesto» g‘oyalari bilan g'oyat hamohangdir. Bu «Avesto» keyinchalik ilm-fan va tafakkurga qanchalik ta’sir ko'rsatganini tasdiqlaydi. «Avesto»ning mulkiy munosabatlar borasidagi g‘oyalari 0 ‘zbekistonda o'tkaziladigan iqtisodiy islohotlar maqsadlari bilan hamohang ekanligini ta ’kidlashni istar edik. Zero bozor iqtisodiyotiga o ‘tish — to ‘q va farovon yashash vositasi sifatida fuqarolaming mulkdor bo'lishlarini taqozo etadi. Prezidentimiz I. Karimov asarlarida, xususan, uning « 0 ‘zbekiston XXI asr b o ‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarining ushbu masalaga bag‘ishlangan «Bozor munosabat- larining qaror topishi va mulkdorlar sinfming shakllanishi» nomli qismida shunday satrlar mavjud: «... A holi orasida haqiqiy mulkdorlar o ‘rta qatlamining k o ‘pchilikni tashkil etishi mamalakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlami orqaga qaytarish imkoniyatlarini bartaraf etishning kafolati hisoblanadi. Shu sababli biz iqtisodiy о ‘zgarishlar'jarayonini respublikada о ‘rta mulkdorlaming chinakam sinfini shakllantirishdek dolzarb vazifani hal qilish bilan bog'lamoqdamiz. Odam о ‘zini chinakamiga mulkdor deb his etmas ekan, о ‘z huquqlari uchun, pirovard natijalar va ishlab chiqarish samaradorligi uchun mulkdor sifatida kurashmaydi. Jamiyatda barqarorlikni saqlab qolish va himoya qilishga intilmaydf». Mulkdorlikning naqadar ulkan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy ahamiyatga molik masala ekanligi haqidagi bu fikrlarga biror narsa qo‘shish qiyin. Faqat shuni qayd etmoqchimizki, mulkdor odam hech narsaga befarq, loqayd qaramaydi, o ‘z mulkini, Vatanini himoya qiladi, adolat uchun kurashadi, hayotga ochiq ko‘z bilan qaraydi. «Avesto» tili bilan aytganda, m ulkdor odam adolatsiz hukm dorga, adolatsiz taqsim ot mexanizm iga, yomonlikka qarshi bosh k o ‘taradi. M ulkdor b o ‘lish g‘oyasining g‘oyat chuqur falsafiy-ma’naviy mazmuni ana shunday. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling