Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining o ‘rganish uslublari
uchinchidan, iqtisodiy qarashlardagi turlicha mushohadalami tahlil
qilish, taqqoslash orqali ilmiy haqiqatga intilish; to‘rtinchidan, turli davrlarda yaratilgan, biroq bugungi kunda o ‘z ahamiyatini yo‘qotgan nazariyalarni tanqidiy baholab, ulaming tub mohi- yatini ochib berish; beshinchidan, turli davrdagi iqtisodiy ta ’limotlami o‘rganib, bugungi ijtimoiy —iqtisodiy m uam m olar yechimiga yaroqli ilmiy g‘oyalami ilgari surish. Yuqoridagi mulohazalarga suyanib, ushbu fanning vazifalarini quyidagi- larda ko‘rish mumkin: - iqtisodiyot tarixida amal qilgan, qo‘llanilgan qonunlarning kelib chiqishini tushuntirib berish, ulam ing genezisini o ‘rganish; - qadimgi Rim, Sharq va G ‘arb iqtisodiy g‘oyalarini tushuntirib, ular ning taqqoslab ham da o ‘ziga xos jihatlarini ochib berish; - iqtisodiy kategoriyalarning vujudga kelishini, m azm unan boyib borishi, u yoki bu iqtisodiy davrlardagi qo‘llanishi xususiyatlarini, ijtimoiy shakllarini asoslash; - «Iqtisodiyot nazariyasi» va boshqa iqtisodiy fanlami chuqurroq o‘rga- nishga yordam berish; - u yoki bu davr ta’limotlarining milliy g‘oyamiz va mafkuramizga qay darajada muvofiq kelishini aniqlash va baho berish. 3. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining o ‘rganish uslublari «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fani predmeti ustida mulohaza yuritar ekanmiz, u naqadar uzoq tarixga, qanchadan-qancha ilmiy qarashlar, g‘oyalar, ta ’limotlar va konsepsiyalarning paydo bo‘lishi, m a’lum tarixiy davrda q o ‘llanilganligi, yangi qarashlarga duch kelgani o ‘zining yashovchanligini isbotlashga harakat qilganligiga mantiqan guvohlikberamiz. Darhaqiqat, «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani juda ham murakkab muno- sabatlami turli tarixiy davrlarda tadqiq etgan, ulaming eng muhimlarini, 7 o ‘z davri uchun yaroqlilarini ajratib olgan, himoya qilib kelgan. Shunday ekan uning predmetini chuqur o ‘rganish, tabiiyki, umummilliy, o ‘ziga xos tadqiqot va tahlil uslublarini qo‘llashni taqozo etadi. «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligining mualliflari Sh. Shodmonov, R. Alimov, T. Jo‘rayevlar fan predmetini o‘rganish uslubiyati haqida shunday yozadilar: «Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hodisalardir. Bu obyektiv maqbullikni bilish dialektikasi, mantiq va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umummilliy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, o ‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo'ladi. Shuning uchun uslubiyat umummilliy va ayni vaqtda xususiy b o ia d i1». Shuni aytish kerakki, «Iqtisodiy ta ’lim otlar tarixi», eng aw alo , «Iqtisodiyot nazariyasi» bilan chambarchas bog‘liq fandir. Zero, uning predm eti iqtisodiyot nazariyasida qoilanilgan iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy kategoriyalaming mohiyatini, ularning kim va qachon ochib bergani, qanday tarixiy sharoitda vujudga kelganligini, qanday m uno- zaralar, ilmiy bahslar orqali fanga kirib kelganligini tavsiflaydi. Bundan xulosa shuki, «Iqtisodiyot nazariyasi»ni o ‘rganishga jalb etilgan uslublar «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fani uchun ham mosdir. «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fanini o ‘rganishda keng qo‘llaniladigan uslublardan biri-mantiqiylik va tarixiylik birligi usulidir. Iqtisodiy ta’limotlar, konsepsiyalar, g‘oyalar m a’lum tarixiy sharoitlarda yuzaga keladi. Biroq ulaming o ‘sha tarixiy iqtisodiyot davr ruhini ilmiy aks ettirish mantiqiy yondashuvni taqozo etadi. Bu yerda tarixiylik mantiqiy yondashuvni inkor etmaydi, bir-biriga qarshi turmaydi. Masalan, qiymat kategoriyasi haqida turli tarixiy davrlarda turlicha talqinlar bayon qilingan edi. Biroq, ulaming zamirida qiymatning tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat ekanligi to ‘g‘risidagi tavsifi mantiqan maqbul g'oyadir, boshqa fikrlar esa shuning atrofida talqin qilinadi. «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi»ni o ‘rganishda «materialistik emprizm» usulidan keng foydalaniladi. Emprizm-Fikrlar, tajriba, iqtisodiy tahlilning boshlang‘ich, iqtisodiy taraqqiyot qonunlarining amal qilish bazasidir. K o‘pgina iqtisodiy g‘oyalami o ‘rganishda o ‘sha tarixiy davr faktlarini to ‘plash, ulami umumlashtirish asosida xulosa chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni chog‘da, arxeologik qazilmalar tufayli olingan m a’lumotlar, eksponatlar ham u yoki bu iqtisodiy g‘oyalami, qarashlami bilib olishga xizmat qiladi. Demak, olingan aniq axborot materiallari u yoki bu iqtisodiy ta ’limotning tarixiy jihatlarini bilib olishga yordam beradi. 1 Iqtisodiyot nazariyasi, darslik. Т., «M oliya», 2002, 29 —bet. 8 «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fanini o'rganishda eksperiment-tairiba usuli ham qo‘l keladi. Zero u yoki bu iqtisodiy ta ’limotning qanchalik hayotiy, amaliyot uchun, samarali xo‘jalik faoliyatini tashkil etish uchun yaroqli-ligini bilib olishda eksperiment usulga asoslanish mumkin. Masalan, Prezidentimizning 0 ‘zbekistonning bozor munosabatlariga o ‘tish konsep- siyasi mamlakatimiz misolida 90-yillar boshlaridanoq xususiylashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish tarzida o ‘rganiladi. Endilikda esa 0 ‘zbekiston tajribasi ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan andoza sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu fanni tadqiq etish va uni o‘rganishda ilmiv abstraksiva usulining aham iyati ham m uhim dir. G ap shundaki, iqtisodiy m unosabatlar, g'oyalar, qarashlar, qonun va kategoriyalar shu qadar ko‘p, rang-barang, mazmun va shakl jihatidan turlicha darajadadirki, ulam i birdaniga, bir vaqtda bilib olish mumkin emas. Bunday sharoitda ana shu murakkab ichki sabab-oqibatli, bog'lanib ketgan iqtisodiy g‘oyalar ichidan biz uchun hozirgi damdagi ilmiy ehtiyojimizni qondirish uchun eng muhimi va keraklisini ajratib olish ilmiy bilishning dolzarb masalasiga aylanadi. Ilmiy abstraksiya usuli aynan o ‘rganilayotgan voqealikdan tashqi ta’simi hisobga olmay, predmetning asosiy mohiyatini ifodalaydigan tom onni ajratib olishga xizmat qiladi. Fanni o ‘rganuvchi shaxs asosiy yetakchi g'oyani- ta ’limotni ajratib olib, uning yordamida boshqa ikkinchi, uchinchi h. k. qarashlar mohiyatini bilib oladi. Pirovard oqibatda barcha iqtisodiy ta’limotlar, g'oyalar, qarashlar bir butun majmua, tizim tarzida anglab olinadi, tafakkurga joylashtiriladi. Yuqorida e’tirof etilgan ilmiy bilish usullari yordamida «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» predmeti aniqlashtiriladi, uning tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqiladi. Ushbu darslikni yozishda ham umummilliy, ham xususiy bilish usullariga yondashilib, uning tarkibi tuziladi. Biz «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fanini o £rganishni aynan «Avesto» iqtisodiy g‘oyalaridan boshlashni lozim topar ekanmiz, bunda tarixiylik va mantiqiylik birligi, materialistik emprizm, ilmiy abstraksiya usullari talablaridan kelib chiqdik. Boshqa mavzulaming dialektik bog‘liqlik masalasida ham yuqoridagi mulohazaga asoslandik. 9 NAZORAT SAVOLLARI: 1. «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fanining iqtisodiy fanlar tizimidagi o ‘rnini tushuntirib bering. 2. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti to‘g‘risidagi ta’riflarini ayting. 3. «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fanini o'rganish zarurligi va uning ahamiyati nim adan iborat? 4. «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fanining asosiy vazifalari nima? 5. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanini o'rganish uslublari haqida tushuncha bering. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling