tarqatish, etib, mutaxassislami qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlarga
ekskursiya va xizmat safarlariga yuborish yaxshi natijalar keltiradi, deb
uqtiradi.
F. X o‘jayev Buxoro qishloq xo'jaligini rivojlantirish omillaridan biri
irrigatsiya va melioratsiya ishlarini avj oldirish va bu masalada davlat dasturi
ishlab chiqish lozimligigae’tibor qaratgan edi. Shuningdek, u ipakqurti
urug‘i yetishtirishni yaxshilash yo‘li bilan mamlakatda pillachilikni
rivojlantirishga oid takliflar ilgari surgan edi.
Yuqoridagi iqtisodiy fikrlardan ko‘rinib turibdiki, o ‘zbek jadidlari,
ulaming yetuk arboblari Vatanimiz ozodligi va mustaqilUgining moddiy
va ma’naviy asoslarini yaratish, ana shu asosda millatning o ‘z mustaqilligi
uchun ko‘rashini ilmiy darajaga ko‘tarish maqsadlarini ko‘zlaganlar.
5. Savdo-tijorat ishlarini ilmiy asosga qurish haqidagi fikrlar
Ma’lumki, XX asr boshlarida Turkistonga ham bozor iqtisodiyoti bilan
bog'liq munosabatlar, bozor tushunchalari kirib kelayotgan, ular mulkdor,
tadbirkor, ishbilarmon, ziyoli odamlar ongiga singib borayotgan edi. Biroq,
bu jarayon uzoqqa bormadi. Zero, Oktabr sotsialistik inqilobi Rossiya
imperiyasining barcha hududlarini davlat mulkining hukmronligiga asoslangan
jamiyat qurishga safarbar qilgan bo‘lib, bu qurilajak sotsialistik tuzum o ‘z
mohiyati va maqsadiga ko‘ra tovar-pul munosabatlarini, ya’ni bozor iqtisodiyoti
tizimini inkor etar, iqtisodiy erkinlik, tovar ishlab chiqarish, raqobat,
erkin baholar, iqtisodiy islohotlarga tamomila qarshi edi.
Ammo ilg‘or o‘zbek jadidlari yangi bozor iqtisodiyoti munosabatlarining
ijobiy tomonlarini tushuntirish, ulami taig‘ib qilish, Turkiston iqtisodiyotini
ilg‘or iqtisodiy munosabatlariga o‘tishini yoqlab ilmiy, badiiy, publitsistik
Do'stlaringiz bilan baham: |