Alkaloidlarning kimyoviy xossalari Alkaloidlarning strukturasini aniqlash juda qiyin va murakkab vazifa xisoblanadi. Bu vazifani xal qilishda organik kimyoning barcha analitik va sintetik usullaridan foydalaniladi. Bunda bir necha umumiy usullar bor. Xalqa ochilishi reaksiyasi. Bunga asosan Gofman reaksiyasi qilinadi. Gofman to‘rtlamchi qizdirilganda suv, uchlamchi amin va tuyinmagan uglevodorod xosil qilib parchalanishini topdi. - Alkaloidlarning kimyoviy xossalari Alkaloidlarning strukturasini aniqlash juda qiyin va murakkab vazifa xisoblanadi. Bu vazifani xal qilishda organik kimyoning barcha analitik va sintetik usullaridan foydalaniladi. Bunda bir necha umumiy usullar bor. Xalqa ochilishi reaksiyasi. Bunga asosan Gofman reaksiyasi qilinadi. Gofman to‘rtlamchi qizdirilganda suv, uchlamchi amin va tuyinmagan uglevodorod xosil qilib parchalanishini topdi.
- (C2H5)4 - N-OH → (C2H5)3 - N + CH2 = CH2 + H2O2
Alkaloidlarni o‘rganishda ular ko‘pincha metil gruppa tutuvchi uchlamchi asos bo‘lganligi uchun dissotsiyalash reaksiyasi muximdir. Bu reaksiya xar xil usulda olibborilishi mumkin. Shundan asosiylar i quyidagilar. - Alkaloidlarni o‘rganishda ular ko‘pincha metil gruppa tutuvchi uchlamchi asos bo‘lganligi uchun dissotsiyalash reaksiyasi muximdir. Bu reaksiya xar xil usulda olibborilishi mumkin. Shundan asosiylar i quyidagilar.
- 1. Bromsian ta’siri. Ba’zi xolatlarda BrSN ta’sirida uchlamchi asosda xalqa emas, metil gruppa bilan azot o‘rtasidagi bog’ uziladi.
- 2. Yodgidratni quruq xaydash
- 3. Asosga gipoxloridlar ta’siri. Avval xloramin, keyin ikkilamchi amin bo‘ladi.
- 4. Asosning permanganat bilan oksidlanishi
- Tarkibida alkaloidlar bo‘lgan o‘simliklarni sinflarga bo‘lishda uni tarkibidagi alkaloidning uglerod azotli skletining tuzilishi asos qilib olingan. SHunga ko‘ra dorivor vosita sifatida ishlatiladigan alkaloidlar va uning o‘z tarkibida saqlovchi dorivor maxsulotlar quyidagi sinflarga bo‘linadi.
- 1. Ochiq zanjirli (atsiklik) va azot yon zanjirda bo‘lgan alkaloidlardir. Atsiklik alkaloidlarga sferofizin, azot yon zanjirda bo‘lgan alkaloidlarga efedrin, kapsaitsin, kolxitsin va boshqa alkaloidlar kiradi.
- 2. Pirrolidin unumlari bo‘lgan alkaloidlar. Pirrolidinning oddiy unumlariga gigrin, kuskgigrin va boshqa alkaloidlar kiradi.
- 3. Pirrolizidin - geliotridin (pirrolidinning ikki molekulasini azot orqali jipslangan birikmasi) unumi bo‘lgan alkaloiddir. Pirrolizidin unumiga platifillin, sarratsin, trixodesmin va boshqa alkaloidlar kiradi.
- 4. Piridin va piperidin unumlariga koniin, lobelin, nikotin, anabazin, pelterin va boshqa alkaloidlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |