- kompleks yodidlar (Bushard, Vagner, Meyer, Marme, Dragendorf reaktivlari),
- ba’zi kompleks kislotalar: fosfat-molibdat, fosfat-volfram, silikat-volfram kislotalar (Zonenshteyn yoki Vriz, SHeyblar, Bertran yoxud Godfrua reaktivlari),
- og‘ir metall (simob, oltin, platina) tuzlari
- va ba’zi kislota xususiyatiga ega bo‘lgan organik birikmalar (tanin, pikrin kislota) ning eritmalari ishlatiladi.
Alkaloidlarning xromatografik taxlili - Alkaloid saqlovchi o‘simliklarning va alkaloidlarni analiz qilishda xromatografik usullarning xamma turlari (adsorbsion, ion almashish, taqsimlanish, bo‘linish va boshqalar) keng miqyosda qo‘llaniladi. Bu usullardan alkaloidni ajratmada qancha va qanday birikmalar borligi, alkaloidlar yigindisidan ayrimlarini ajratib olishda xamda ularning miqdorini aniqlashda foydalaniladi. Xromatografik analiz qilish uchun avval maxsulotdan tegishli ajratma tayyorlanadi. Buning uchun maydalangan maxsulotdan 1 g olib, 100 ml xajmli kolbaga solinadi, ustiga xlorid kislotaning 1% li eritmasidan 25 ml quyib, vaqt-vaqtida chayqalib turgan xolda bir necha soat davomida qo‘yib qo‘yiladi yoki qaynab turgan suv xammomi ustida 5 min qizdiriladi, so‘ngra uni sovitib, paxta orqali 100 ml li bo‘luvchi voronkaga filtrlanadi. Filtratda alkaloidlar tuz xolida bo‘ladi. Keyin ajratma fenotftalin buyicha ishqoriy sharoitga o‘tguncha filtratga ammoniy gidrooksidining konsentrik eritmasidan tomchilab quyiladi va asos xoliga o‘tgan alkaloidlar 5 ml xloroform bilan chayqatib ajratib olinadi. SHu ajratma xromatografik analiz uchun ishlatiladi.
Alkaloidlarni olish usullari: - 1.Ekstraksiya. Suyuqlik-suyuqlik bilan ekstraksiyalanadi.
- 2. Ion-almashinish usuli.
- 3. Elektrokimyoviy usul elektrodializ rejim tanlab olinadi.
- Ekstraksiya usulida ajratish uslubini ikki guruxga bo‘lish mumkin. Birinchi va ikkinchi modifikatsiya buyicha alkaloidlarni olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |