Leksiya mashg‘ulotlarining mavzulari


Download 1.3 Mb.
bet6/12
Sana08.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#238888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-МАРУЗА

1-ilova

Mavzu: Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning dolzarb muammolari




2- ilova

Баҳолаш мезони ва кўрсаткичлари


Гуруҳ

Саволнинг тўлиқ ва аниқ ёритилиши

0-5 балл

Мисоллар билан муаммога ечим топиши 0-5 балл

Гуруҳ аъзоларининг фаоллиги

0-5 балл

Жами балл

1













2











































15 – 13 балл – «аъло».

12 – 10 балл – «яхши».

9 – 6 балл – «қониқарли».
3-ilova


Bilim darajalarini aniqlash uchun tеzkor savol-javoblar:

1. Chizmachilik fani nimani o’rganadi?

  1. Chizmalar qanday hujjat hisoblanadi va u qanday sohalarda keng qo’llaniladi?

  2. Chizmalarga oid qanday tarixiy ma’lumotlarni bilasiz?

  3. O’rta Osiyo, shu jumladan O’zbekiston tarixida qanday olim va allomalar o’z ishlarida grafik tasvirlardan unumli foydalangan?

  4. O’rta umumta’lim maktablari, o’rta mahsus va kasb-hunar kollejlarida sohalarga oid qanday grafik tasvirlarni bilasiz, chizmachilik va muhandislik grafikasi siklidagi fanlarni o’rganishga bo’lgan zaruriyatni nimada deb o’ylaysiz?




VIZUAL MATЕRIALLAR

4-ilova

1-savol. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning zaruriyati.


Ma’lumki, ta’lim tizimini isloh qilish bilan jiddiy o‘zgarishlar amalga oshdi. «Ta’lim haqida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bu boradagi umumnazariy va huquqiy asoslarni belgilab berdi. Shu maqsadda, ta’lim bosqichlarining o‘zgarishi, uning sifat samaradorligini ko‘tarishga, mazmunini tubdan yangilashga sabab bo‘ldi.

Muhandislik grafikasi fanlarining ta’lim jarayonini zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish, uni o‘qitish va o‘zlashtirish darajasini yaxshilash hamda kadrlar tayyorlashda uning sifat va samaradorligini oshirish, o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini takomillashtirish, pedagogik ta’lim oluvchi shaxsda mustaqil fikrlovchi, bilimlarni mustaqil ravishda qidiruvchi, axborotlar to‘plovchi va ulardan foydalana oluvchi mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini orttirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish kabi zarur nazariy va amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish, bilim zahiralarini jahon amaliyoti saviyasida tashkil etish va uning istiqboliga ta’siri masalalarini qamraydi.

Шунга биноан O‘quv fanining maqsad va vazifalari белгиланган.

Fanni o‘qitishdan maqsad - muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda o‘quv jarayonini tashkil etish, har xil turdagi mashg’ulotlarni o‘tkazish, mashg’ulotlarni o‘tishning asosiy shakl va metodlari va uning samaradorligini oshirish, bilimni nazorat qilish va baholash, talabalarning mustaqil ta’limi va mustaqil ishlarini tashkil etish shakl va metodlari, o‘quvchi va talabalarning o‘quv faoliyatlarini jonlantirish bo‘yicha mutaxassislik profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.

Fanning vazifasi – talabalarga muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda mutaxassislik fanlarining muayyan o‘quv-metodik materiallarini ishlab chiqish, ilmiy muammolarni echishda tizimli yondoshishdan foydalanib tadqiqotlarning yangi metodikalarini ishlab chiqishi va hayotga tatbiq eta olish kabi zamonaviy metodlar va kasbiy yo‘naltirilgan shaxsiy sifatlarni o‘rgatishdan iborat.

«Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» o‘quv fani bo‘yicha qo‘yiladigan talablar.

o‘zlashtirish jarayonida:

- chizma geometriya va chizmachilikning o‘qitilishida uning mazmuniga xos bo‘lgan asosiy, etakchi xususiyatlarini;

- grafikaning inson faoliyatidagi o‘rni va roli, uning tarixiy ildizlari, milliy xususiyatlari;

- kasbga oid fanlarni oliy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitishning asosiy printsiplari va xususiyatlari;

- mashg’ulotlarni o‘tishining asosiy shakl va metodlari hamda uning samaradorligini oshirishning o‘ziga xosligi;

- talabalarning mustaqil ta’limi va mustaqil ishlarini tashkil etish shakl va metodlari;

- talabalar, o‘quvchilar o‘quv faoliyatlarini jonlantirish metodlari to‘g’risida tasavvurga ega bo‘lish;

- talabalarning bilimi va mustaqil ta’limini nazorat qilishning tashkiliy va o‘quv-metodik ta’minoti;

- mutaxassislik fanlarini o‘qitish printsiplari;

- o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim oluvchilarning diqqatini jalb qilish va mashg’ulot samaradorligini to‘la oshirish metodlari;

- mashg’luotlar turlari (lektsiya, seminar, kollokvium, test o‘tkazish va boshqalar)ni o‘tkazish va nazorat qilishning faol shakllarini bilishi va malaka hosil qilishi kerak;

- mutaxassislik fanlarining muayyan o‘quv-metodik materiallarini ishlab chiqish;

- mashg’ulotning har xil turlari – seminar, amaliy va boshqalarni o‘tish;

- mashg’ulot rejasini tuzish va lektsiya matnini tayyorlash;

- olgan nazariy bilimlarini amaliyotga va dars jarayoniga tadbiq eta olish;.

- yil, semestr bo‘yicha o‘quv ishlarining tashkil etilishini rejalashtirish;

- kurs ishlariga rahbarlik qilish;

- o‘quv jarayonida ta’limning texnik vositalari va kompyuter texnikasini qo‘llash;

- mutaxassislik fanlarining muayyan o‘quv-metodik materiallarini ishlab chiqish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.

Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi»fani o‘quv rejadagi asosiy mutaxassislik fanlar blokidagi «Mutaxassislik fanlarii» qatoridagi fan hisoblanib, u 3-semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirishda o‘quv rejadan o‘rin olgan «Muhandislik grafikasini o‘qitishning metodologik asoslari» fani bilan, «Ixtisoslikning integrallashgan kursi»dagi (chizma geometriya, chizmachilik, kompyuterda loyihalash); «Tanlov fanlari» dagi (chizma geometriya o‘qitish metodikasi, chizma geometriyadan praktikum, chizmachilikdan praktikum, yaqqol tasvirlar yasash nazariyasi, chizmachilikda mashinasozlik asoslari, chizmachilikning boshqa fanlar bilan bog’liqligi va chizmachilik terminologiyasi) fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.


Замонавий график фанларни ўқитишда тарихий манбаларнинг ўрни.

“Кадрлар тайёрлаш миллий дастурида” замонавий таълим тизимининг долзарб муаммоларига катта аҳамият берилган. Улардан бири – тарихий манбаларни, буюк алломаларнинг илмий ишларини, халкимизнинг илмий ва маданий меросини ўрганиб, уларни ёш авлодга етказиш, улар орқали уни ватанпарварлик ва миллий ғурур руҳида ўқитиш ва тарбиялаш жараёнини олиб бориш. Ёш авлодни тарихий, миллий ва умуминсоний қадриятлар асосида тарбиялаш, тарбия тизимини ривожлантириш, узлуксиз таълим тизимида юқори малакали, шунингдек, бошқарув кадрларни тайёрлаш муаммоларини тадбиқ этиш.

Маълумки, дунё таниган аждодларимиз, юртдошларимиз, буюк олимлар: Ал-Хоразмий, Абу Али ибн Сино, Фаробий, Беруний, Улуғбек ва бошқалар ҳар хил фанлар билан шуғулланиб, жаҳон фани ва маданияти ривожланишига беҳисоб ҳисса қўшганлар. Масалан Ибн Синонинг “Донишнома” китобида геометрик ясашларга оид масалалар мавжуд. Оддий машина ва механизмларга бағишланган “Майер ал - акул” китобида юк кўтариш асбоб – ускуналарининг тасвирлари ва чизмалари бажарилган. Фаробийнинг “Риёзиёт рисолаларида” эса геометрик ясашларга бағишланган “Геометрик шаклларнинг хусусиятлари ҳақида” китобида масалалар ва чизмалар келтирилган.

Улуғбек мактабининг аъзоси ва сафдоши Жамшид Ғиёсиддин Кошийнинг “Арифметика калити” рисоласида эса геометрик шакллар ва жисмлар ҳақида маълумотлар, меъморчилик элементларининг геометрик ясашлари келтирилган. Буюк сиймолар қаторига номлари тарихда колмаган бўлса ҳам ёки кам танилган юртдошларимиз халқимиз намоёндалари – олимлар, косиблар, меморлар, ҳунармандлар, тарихий қўлёзмаларнинг ноъмалум муаллифларини ҳам киритиш мумкин. Масалан, Бухоро Давлат музейида “Гирихлар - дафтари” қўлёзмалари ва бошка тарихий манбалар сақланмоқда. Мамлакатимиз мустақилликка эришган даврида, тарихимиз аввал таниш бўлмаган олимлар ва уларнинг асарлари ҳақида маълумотлар билан бойитилди. Лекин, қанчадан–қанча ўрганилмаган тарихий манбалар – рисолалар, илмий ишлар, қўлёзмалар ҳали мавжуд. Буюк алломаларимизнинг математика, физика, меъморчилик фанлари бўйича ёзган қўлёзмаларида анча график тасвирлар ва геометрик ясашларни учратиш мумкин. Улар VIII-XV ва кейинги асрларда бажарилган бўлиб, катта тарихий илмий ва тасвирий аҳамиятга эга. Қўлёзмалардаги тасвирлар матнларга қўшиб, кўрсатилган бўлиб, уларнинг моҳияти қўлёзмалардаги фанларни (айниқса, геометрия, меъморчилик) тушунишга ва амалда қўллаш учун катта аҳамиятга эга. Шу тасвирларни ўрганиб, уларни, сўзсиз, ҳозирги графикавий фанларни мактабда, коллежларда ва олий ўқув юртларида ўқитишда қўллаш мумкин. Бу тадбиқларни фойдали томонлари:

Ёш авлодни ўтмишимиз билан таништириш, уларни фан тарихи, авлодларимиз жаҳон фанига қўшган ҳиссалари билан таништириб, ёшларда ватанпарварлик, миллий ғоя ва ғурурни тарбиялаш.

Графикавий фанлар ўқитишда тарихий манбалардан олинган масалалар ва чизмаларни қўллаш, улар асосида қурилиш, халқ ҳунармандчилиги, амалий санъат коллежлари учун услубий курсатмаларни яратиш.

VIII – XVII асрларда ва ундан кейин асрларда Ўрта Осиё ва Шарқ мамлакатларида яшаб ижод этган олимларнинг қўлёзмаларини, рисолаларини топиб, ўрганиш.



  • Тарихий манбалардаги график ясашларни ва геометрик масалаларда проекциялаш усулларини қўлланишини аниқлаш ва таҳлил этиш.

  • Тарихий манбалардаги геометрик элементлар ҳақида таърифларни, тасвирланиши, масалаларини, геометрик ясашларни ҳозирги замон график фанларда қўлланадиган таърифлар ва ясашлар билан тақозо қилиб, уларни замонавий фанларни ўқитишда ва амалий ишларида қўлланишини тавсия этиш.

  • Тарихий манбалардаги тасвирлар таҳлили ва уларни амалда қўлланиши маориф, халқ таълими, олий ва ўрта – махсус таълими тизимларида ёш авлодни ўқитишда ва тарбиявий ишларида кенг қўллаш.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling