Ligi farg’ona davlat universiteti


Mehnat ekspertizasi masalalarining o’zlashtirilishini tekshirish: 1


Download 402.5 Kb.
bet10/22
Sana21.04.2023
Hajmi402.5 Kb.
#1370319
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Mehnat psixologiyasi

Mehnat ekspertizasi masalalarining o’zlashtirilishini tekshirish: 1. Mehnat ekspertizasi deb nimaga aytiladi? 2. Kishining mehnatga yaroqliligi nimalarga bog’liq? 3. Mehnat ekspertizasining vazifalarini sanab bering. 4. Nima uchun umumiy mehnat ekspertizasiga psixologik mehnat ekepertizasi ham so’zsiz qo’shiladi? 5. Prognostik mehnat ekspertizasi qanday maqsadda va kim tomonidan amalga oshiriladi? Retrospektiv mehnat) ekspertizasi qanday ‘ollarda zarur bo’ladi?


Asosiy adabiyotlar:

  1. Карандашев В.Н. Психология введение в профессию 2- э изд-М.: Смысл, 2003.

  2. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910

  3. A History of Modern Psychology / Duane P. Schultz, Sydney Ellen Schultz. Series: PSY 310 History and Systems of Psychology. Hardcover: 432 pages. Publisher: Cengage Learning; 10 edition (February 22, 2011).Language: English. ISBN-10: 1133316247.ISBN-13: 978-1133316244

  4. Карандашев В.Н. Психология введение в профессию.-М.: Смысл, 2000.

  5. Климов Э.А.Пут в профессию. СПб., 1998.

  6. Платонов К.К. Проблемы способностей.М., 2000.

  7. Платонов К.К.Науcҳная организация психология труда. М., 2001.



5-MAVAU: KASB TANLASHGA YO’NALTIRISH. KASB TANLASH
REJA:
1. Kasbga yo’naltirish
2. Kasbga yo’naltirish uchburchagi
3. Kasb bo’yicha konsulptatsiya
Mehnat ekspertizasi mazkur kishidan qaysi ishda foydalanish samarali degan masalani uning qobiliyatini va u yoki bu kasb talabiga muvofiqligini oldindan bashorat qilish yo’li bilan hal qila borib, ayni vaqtda o’zining amalda kasbga yo’naltirishga oid barcha asosiy vazifalarini ham hal qiladi.
Kasbga yo’naltirish - davlat tadbirlari sistemasi bo’lab, inson tomonidan o’zining mehnat yo’lini ilmiy asoslangan tarzda tanlashni xamda ishning mo’iyatiga ko’ra ‘ayotda o’z o’rnini topishni taominlaydi.
Buning ahamiyati allaqachonlar ma’lum bo’lgan. Biroq sotsia-listiq jamiyat sharoitidagina bunday tanlash chegaralanmadi. U kapitalizmda bo’lganidek na sinfiy mansublik, na turar joy, na meros, na ishga joylashish murakkabligi bilan chegaralanmagan, balki shaxsiy istak, ma’lumot va qobiliyatni nazarda tutadi, xolos.
Yosh kishilardagi, ayniqsa o’smirlarning mayl va istaklari o’zgaruvchan hamda odatda imkoniyatidan yuqori bo’ladi. VIII sinf-ni bitirayotgan harbir o’quvchi istagan kasbni tanlash, imkonini beradigan ma’lumot oladi. Qobiliyatlari esa endigina rivojlanayotgan bo’lib, ular qaysi tomonga o’sib borishi ko’pincha noma’lum; bo’ladi. Bularning barchasi kasbga yo’naltirishni favqulodda murakkablashtiradi.
Mamlakat xalq xo’jaligi minglab ixtisosli kadrlar, yuqori malakali hamda to’la qobiliyatli ishchilarni talab qiladi. SHuning uchun ham kasbga yo’naltirish muammosini hal qilishda faqat o’smirlarning o’zi va ularning ota-onalarigina emas, balki partiya, kasaba soyuz tashkilotlari, organlari, xo’jalik boshqarmalari hamda birinchi navbatda - barcha so’a va sistemadagi o’quv yurtlari ham manfaatdordir.
Kasbga yo’naltirish muammosini hal qilish yana shu bilan murakkablashadiki, kasb tanlashdagi xatolar, unga yo’l qo’ygan kishi hamda bir butun sotsialistik jamiyat uchun oьir oqibatlarga olib keladi. Kasb tanlashdagi muvaffaqiyatsizlik kishining psixi-kasini jaro’atlaydi, bu esa o’z navbatida mehnat unumdorligining pasayishi va ishchi kadrlar qo’nimsiz bo’lishi bilan jamiyatga zarar keltiradi. Bular hammasi birgalikda yoshlarni kasbga yo’naltirishni davlatning muhim vazifasi qilib qo’yadi. Bu vazifa yoshlarni turli kasblarga yo’naltirish imkonini beradigan maktabdagi siyosiy ta’lim yo’li bilan, matbuot, kino, radio; televidenie vositasida kasbiy maorifat berish va kasbiy tarьibot olib borish bilan, yoshlarning qobiliyatini aniqlashga imkoniyat yaratadigan va ularga tavsiyalar beradigan kasb bo’yicha konsulptatsiyalar o’tkazish bilan, shuningdek, qobiliyatiga ko’ra kasbni tanlab olish va kasbga ko’niktirish (biologik jismoniy mu’it sharoitiga ko’nikish, ijtimoiy-kasbiy ta’lim orqali kasbga kirishish va ishlab chiqarish jamoasiga qo’shilish), yo’li bilan amalga oshiriladi.
Kasbga yo’naltirish shakllarining o’zaro aloqasi «kasbga yo’naltirish uchburchagi» 33- sxemada ko’rsatilgan.
Turli kasblar insonga qo’yadigan talablarni yaxshi bilish - bu bir tomon. Bu talablarni ko’pincha turli xil kasblarga meditsina va psixologik ji’atdan zid deb taoriflash juda oson bo’ladi. Bu masala bilan qiyosiy professiografiya shuьullanadi.
Uning ikkinchi tomoni - e’timol tutilgan mehnat bozorini jamiyatning (tor maonoda - sha’ar, rayonning) u yoki bu mutaxassisga bo’lgan e’tiyojini bilish. Bu mo’iyatiga ko’ra iqtisodiy va sotsiologik muammodir, biroq usiz kasb tanlashga yo’llash mumkin emas.
Kasbga yo’naltirishning uchinchi tomoni va bunga oid barcha ishlarning asosi shaxs xususiyatlarini va eng avvalo yo’naltirilayotgan shaxsning qobiliyati va istagini bilishdan iborat.
Kasb va mehnat bozori ‘aqidagi ishlar tutashgan burchakda kasbga yo’naltirishning kasbiy oqartuv deb ataluvchi shakli joylashgan. U kasb propagandasini - jamiyat va davlat uchun zarur bo’lgan kasbga yoshlar e’tiborini jalb etishni ham o’z ichiga oladi. Qiyosiy professiografiya va kasbga yo’naltirayotgan shaxs qobiliyati ‘aqidagi ma’lumotlar uchrashgan burchakda kasb konsulptatsiyasi joylashgan.
Yoshlarni kasblarga yo’naltirish asosan mu’itning: ota-onalar, tanishlar, o’rtoqlar, maktab va ko’chadagi do’stlarning stixiyali ta’sirida amalga oshiriladi. Ularning kasbga beradigan ba’osi o’smirga ko’proq ta’sir ko’rsatadi.; O’smirlarga ta’sir etish ahamiyatiga ko’ra badiiy adabiyotlar, kinofilpmlar hamda televizion eshittirishlar ikkinchi o’rinni zgallaydi. Ular o’smirlarda katta taassurot va ‘ayajon uyьotadi. SHuning uchun ham bolalikda aksariyat o’ьil bolalar dengizchi, uchuvchi, razvedkachi, geolog, kosmonavt, qizlar» esa artist, vrach, oshpaz, tikuvchi bo’lishni orzu qiladilar.
O’quvchilarga o’zlari-ning kelajakdagi kasblarini tanlashda maktab politexnika ta’limi birmuncha kamroq ta’sir etadi, ‘olbuki ayni u o’quvchilarni xalq xo’jaligi katta e’tiyoj sezayotgan kasbni tanlash uchun yo’naltirishi kerak. harqanday kasb jamiyat uchun muhim, ishlayotgan kishilar uchun sharafli, ularning mehnatga talabiii qanoatlantirishi mumkin. Ularga bo’lgan munosabatlar-dagi farqlar jamoat ba’osi, ularning obro’yi, yoshlarning shaxsiy manfaati, istagi va mayli bilan izo’lanadi, bularning barchasi esa sotsial mu’it va o’z qobiliyatiga o’zi ba’o berish ta’siri natijasida vujudga keladi.
U yoki bu kasbga bo’lgan isteododlarni, orzu, mayl yea istaklarni (mavjud tsobiliyat bilan birga qo’shish kabi) o’quvchilarda oldindan uyьotish va hartomonlama raьbatlantirish zarur.
Umumiy ma’lumot darajasiga qiziqishni uyьotish bilangina chegaralanmaslik kerak. Bunday betayin yo’naltirishda barcha o’quvchilar faqat oliy ma’lumotga intiladi, keyinchalik esa ularning ko’pchiligi muvaffaqitsizlikka uchraydilar, o’z kuchlariga bo’lgan ishonchni yo’qotadilar va buni umidning barbod bo’lishi hamda istiqbolsizlik deb tushunib, iztirobga tushadilar.
O’rta maktab kasbga «o’zidan» yo’naltiradi. Yosh kadrlarni jalb etish va musta’kamlashdan hamda ularning qo’nimsizligiga qarshi kurashishdan manfaatdor bo’lgan ‘unar-texnika bilim yurtlari va sanoat, transport hamda qishloq xo’jalik korxonalari «o’zita» kasbga yo’naltiradi.
Kasb tanlashda ‘unar-texnika bilim yurtlarining roli juda katta. Ular quyidagilarni amalga oshirishlari mumkin va zarur: xalq maorifi organlari bilan kelishilgan ‘olda o’quvchi va o’qituvchilarga kasblar xarakteristikasi, shuningdek, bilim yurtida o’qish va mazkur kasb bilan korxonalarda ishlash masalalariga oid konsulptatsiyalar berish; kasb va bilim yurtini, shuningdek, bilim yurtini bitirib, korxonalarda ishlayotgan sobiq o’quvchilarning mehnat yutuqlarini matbuot, radio, kino va televidenieda ommalashtirish; yoshlar, ota-onalar, maktab o’qituvchilarini keng xabardor qilgan ‘olda «ochiq eshiklar kuni» o’tkazish; o’z o’quvchilari tayyorlagan buyumlar va ularning texnika ijodi predmet-laridan iborat vaqtinchalik va doimiy ‘arakatdagi ko’rgazmalar rayon yoki sha’arda yoshlar va ota-onalar bilan kasbga yo’naltirish bo’yicha ‘arakatdagi konsulptatsiya punktlarida bilim yurti o’qituvchilari va masterlari navbatchiligini tashkil qilish; o’zlashtirayotgan kasb mo’iyatini, shuningdek o’qishni, korxonadagi ish sharoitini tushuntirish maqsadida o’quvchilarning doimiy yashash joyidagi o’rtoqlari bilan o’zaro yozishmalarini aktivlashtirish; yoshlarni bilim yurtiga jalb etish va keyinchalik ishga joylashtirish masalalari bo’yicha mahalliy bilan muntazam ravishda aloqa bog’lash.

Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling