Ligi farg’ona davlat universiteti


Yoshlarni kasbga yo’naltirishning


Download 402.5 Kb.
bet11/22
Sana21.04.2023
Hajmi402.5 Kb.
#1370319
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Mehnat psixologiyasi

Yoshlarni kasbga yo’naltirishning mo’iyati hamda vazifalarining o’zlashti-rilnshini tekshirish: 1. «Kasbga yo’naltirish» tushunchasiga nimalar kiradi? 2. Yoshlarini kasbga yo’naltirishni nimalar murakkablashtiradi? 3. Kasbga yo’naltirish bilan kimlar shuьullanadi? 4. Kasbga yo’naltarish qanday forga yo’naltirish nima uchun zararli? 6. ‘unar-texnika bilim yurtlarining kasbga yo’naltirishga oid tadbirlarini sanab bering.
Kishini shunday ishga, tayinlash kerakki, u qandaydir boshqa kasbda ishlaganiga qaraganda ko’proq yutuqqa erishsin. Demak, buning uchun avvalo uning qobiliyatini to’ьri ba’olash zarur. U bularni bilmagan, ‘atto o’zining) talanti ‘aqida ham o’ylab ko’rmagan bo’lishi mumkin. Qobiliyat ‘aqida yaxshi bilimga ega bo’lmagan ota-onalar va tanishlar shuning uchun ham kasb ‘aqida stixiyali konsulptatsiya beradilar. SHuning uchun ham mehnatning u yoki bu turiga bo’lgan qobiliyatni aniqlaydigan metodika bilan qurollangan mutaxassis-psixolog kerak; faoliyatning u yoki bu turini o’quvchi qanday o’zlashtirishini aniqlaydigan pedagoglar ham zarur; muayyan kasb talabiga muvofiq yoshlar sog’liьini ba’rlaydigan vrachlar ham talab qilinadi. Faqat shunday kishilargina ishning ko’zini bilib, layoqatiga mos kasblarni tavsiya qilishlari, yapni kasb bo’yicha ilmiy asoslangan konsulьtatsiya berishlari mumkin.
Kasb bo’yicha konsulptatsiya psixologik, pedagogik va meditsina tadbirlari sistemasi bo’lib, asosli ravishda kasb tanlaish uchun yordam berish maqsadida ular o’smirning qobiliyatini ochadi va hartomonlama ba’olaydi.
Kasb bo’yicha konsulьtatsiya maqsadiga konkret shaxsning ana shu metod maqsadiga muvofiq bo’lgan qobiliyatini o’rganish yo’li bilan erishiladi. Ekspert-psixolog umumiy psixologiya va mehnat psixologiyasi metodlaridan, pedagog umumiy va kasb pedagogikasi, vrach esa meditsina metodidan foydalanishi mumkin. Biroq kasb bo’yicha konsulptatsiyani amalga oshiradigan bu barcha ekspertlar avvalo buning uchun kasbning u yoki bu ixtisosdagi ishchiga qo’yadigan talablarini bilishlari kerak, shuning uchun ham ular orasida hal qiluvchi kishi o’z kasbi va ixtisosini, shuningdek, ma’lum mehnat faoliyatiga qobiliyatni aniqlash va shakllantirishning psixologik va pedagogik metodlarini mukammal bilgan injener-pedagogdir. Ular ham ishlab chiqarish ta’limi masterlari kabi ‘unar-texnika bilim yurtiga kirishni mo’ljallovchilar u yerda ta’lim oluvchilarga kasb ‘aqida konsulptatsiya berishlari kerak. SHaxs qobiliyati uning faoliyatida ko’rinadi. Demak yuqorida ko’rsatilgan faoliyatni kuzatish, o’tgan tajriba ‘aqidagi su’bat, mustaqil xarakteristikalarni umumlashtirish metodi, tabiiy eksperiment metodi, tarjimai ‘ol metodi, faoliyat ma’suli va xato ‘arakatlarni ta’lil qilish metodlari, testlar metodi ularni o’rgayaish metodi, bo’lmoьi lozim. Biroq ular kasb bo’yicha konsulptatsiya vazifalari bilan mos ‘olda konkretlashgan bo’lishi zarur.
Kuzatish metodi o’rganilayotgan shaxsning faoliyatini tekshirish, mazkur kasb uchun muhim belgilar va shaxs qobiliyati: ‘ushyorlik, abjirlik, ziyraklik, emotsional barqarorlik va ‘okazolar ni ko’rsatish imkoni bo’lgan ‘ollardagina qo’llaniladi. Bunday imkoniyatlar bo’lmasa, su’bat metodi bilan ham aniqlash mumkin.
Su’bat tekshirilayotgan kishining turli xil faoliyatlaridagi tajribalarini ochish yutuq va kamchiliklariga qarab uning qobi-liyatini aniqlash imkonini beradi. Bunda taxminan quyidagi savollarni berish yo’li bilan o’smirning sevimli o’yinlari, o’qish, sport va mehnatlari aniqlanadi: qanday o’yinlar o’ynashni yaxshi ko’rasan, tez-tez yutib turasanmi? Qaysi fanlar senga ko’proq yoqadi va ularni qanday o’zlashtiryapsan? Qanday uy va ishlab chi-qarish ishlarini bajarishga to’ьri keldi va ularni qanchalik muvaffaqiyatli bajarding? Qanday sport musobaqalarida qat-nashding va qanday o’rknlarni egallading?
SHunga o’xshash va yo’llovchi savollarga javoblar o’smir nimalarga layoqatli, nimalarga esa layoqatsiz ekanini ko’rsatadi. Bunda o’smir, albatta, to’ьri yoki to’la javob berolmaydigan yoxud qisman bo’lsa ham uning qadr-qimmatini pasaytiradigan savollar berilmasligi kerak. Bunday savollar su’batning ishonchlili-gi va oshkorligini buzadi.
Mustaqil xarakteristikalarni umumlashtirish metodi ‘unar-texnika bilim yurtiga kelayotgan yoshlardan maktab, imkoni bo’lganda esa ishlab chiqarish xarakteristikasini ham so’rash va ota-onalari bilan su’bat qilish yo’li bilan iloji boricha keng foydalanadi.
Tarjimai ‘ol metodi o’smir o’sgan va tarbiyalangan mu’itni hamda bu mu’itning uning qobiliyatiga, shuningdek, ‘ayotiy, o’qish va mehnat tajribasiga ta’sirini ochib beradigan, faoliyatning u yokq bu turiga bo’lgan layoqatini xarakterlaydigan sotsial-demografik ‘ujjat ma’lumotlarini o’rganish tarzida foydalaniladi. Odatda, tarjimai ‘ol metodi su’bat va mustaqil xarakteristikalarni umumlashtirish metodlari bilan birgalikda qo’lla-niladi.
O’smirning u yoki bu kasbga bo’lgan layoqatini o’rganish uchun faoliyat ma’suli va xato ‘arakatlar ta’lili ‘unar-texnika ta’limining birinchi bosqichida, maktabdagi mehnat darslarida tayyorlangan buyumlardagi xatolarni ta’lil qilish zarur bo’lganda qo’llaniladi. Bu metodlarni kasbga yo’naltirish maqsadida avvalo umumta’lim maktablari o’qituvchilari tomonidan qo’llanishi, so’ngra esa ularning pedagogik xarakteristikasida bayon qilingan xulosalarni ‘unar-texnika bilim yurtlarida tekshirish maqsadga muvofiqdir.
SHaxs qobiliyatini o’rganishda tajriba odatda o’rganilayotgan shaxs bilan su’bat qilish yoki uni kuzatish protsessida ekspertda uning qobiliyatiga shub’a paydo bo’lganda amalga oshiriladi. Bunday paytda ekspert o’smirga ‘aqrgqiy maqsadni ochmay; nimagadir zarurligini aytib, uni qiziqtirgan ‘arakatni bajarishni taklif qiladi. Agar bunda o’smir sinashayotganini bilib qolsa, o’zini juda e’tiyot tutadi, nosamimiy bo’ladi yoki jo’rttaga noto’ьri ‘arakat qiladi. Eksperimental ‘arakat tekshirish maqsadi ko’r-satilgan ‘olda ham bo’lishi mumkin, ammo bunda ‘arakat uning o’zlashtirish jarayonini kuzatish uchun bir necha bor takrorlani- shi zarur. Bu metod testlar metodi kabi kasb bo’yicha maxsus konsulptatsiya markazlarida psixologlar tomonidan qo’llaniladi.
Testlar metodi faoliyatning u yoki bu turiga bo’lgan aniq qobi-liyatni o’rganishda katta ahamiyatga ega. Ammo undan faqat mutaxassislar biron bir muayyan kasbga bo’lgan potentsial qobilnyatni o’rganishning batafsil ishlangan va ilmiy asoslangan metodikasi asosida foydalanishlari mumkin. Tasodif va tekshirilmagan testlar o’smir qobiliyatiga nisbatan faqat chalkashliklarga olib kelishi mumkin.
O’zlashtirishda ma’lum qobiliyat hal qiluvchi rolь o’ynaydigan kasblar bo’yicha kasb konsulptatsiyasi va kasb tanlashning ko’p yillik tajribasida sinovdan o’tgan qobiliyatni dastlabki o’rganish metodikasi allaqachon mavjud. Mehnat jarayonlari murakkablashuvining o’sishi bilan bunday kasblar soni oshib bormoqda. Murakkablashib borayotgan boshqa kasblar uchun ana shunday metodika ishlab chiqish zarurati vujudga kelmoqda. Albatta, bunday metodika faqat pedagoglar va pskxologlar tomonidan o’zlashtirilayotgan harbir konkret kasb uchun o’smirlar qobiliyatini o’rganish metodlari sistemasidan oqilona foydalanish yo’li bilan ishlab chiqilishi va tekshirilishi mumkin. Metodlarning bunday sistemasi yo’q joyda mazkur kasbga psixologik nomuvofiq, yaoni shaxsning kasb talabiga zid keladigan, ta’limning borishini sekinlashtiradigan va brak hamda baxtsiz ‘odisalarga sabab bo’ladigan xususiyatlar bo’lishi mumkinligiga asosiy e’tiborni qaratmoq lozim.
Kasb bo’yicha konsulьtatsiyada, o’smir qobiliyatini o’rganishgina emas, balki unga mehnat yo’lini tanlash bo’yicha tavsiyalarning mazmuni va ularni aytish nazokati (takti) ham katta ahamiyatga ega. Doimiy ‘arakatdagi konsulptatsiya punktlari, umumta’lim maktablari va ‘unar-texnika bilim yurtlari kasb bo’yicha konsulptatsiya o’tkazish joyi bo’lishi mumkin. Buni me’yat psixologi, ‘unar texnika bilim yurtlarining turli xil so’adagi pedagoglari hamda o’smirlarga to’laqonli konsulьtatsiya bera oladigan. korxonaning injener-texnik xodimlari amalga oshirishlari mumkin. Bunda konsulptatsiya individual tartibda o’tkazilishi lozim.
Kasb bo’yicha konsulptatsiya mazmuni u yoki bu kasbni tanlash nstagini aniqlashdan, o’smirning qobiliyati bilai tanishishdan, xo’lagan kasb bo’yicha ishlash, o’smirning istak va qobiliyatiga mos kasb va ixtisos. tanlash bo’yicha tavsiyalar uchun zid ‘ollarning mavjudligi yoki yo’qligini aniqlashdan iborat bo’lishi kerak. Bunda o’smirga biron-bir kasbni tavsiya qilish va bunga majbur etish mutlaqo noto’ьri. SHuningdek, qandaydir qobiliyatsizlik bor deb, garchi ular shub’asiz zararli bo’lsada, qatoiy formada aytish ham maoqul emas. SHuni unutmaslik kerakki, o’smir xo’lasa o’zkdagi ko’pgina qobiliyatlarni rivojlantirishi mumkin, boshqa xususiyatlariniig qandaydir darajada o’rnini bosishi mumkin, kasbiy qobiliyat esa bilim yurtidagi ta’lim jarayonida shakllanadi.

Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling