Lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax pedagogika universiteti
Oila, mahalla,ta’lim-tarbiya tizimi yosh ma’naviy va ma’rifiy
Download 253.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hasanova Umida
2.2.Oila, mahalla,ta’lim-tarbiya tizimi yosh ma’naviy va ma’rifiy
yuksaltiruvchi asosiy maskanlar sifatida Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo’ladi: 10 - ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi; - tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi; - hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati; - faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi; - hamkorlikning ilmiy asoslanganligi; Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy , tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro’li xotin - qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, "Yosh onalar va otalar o’quv muassasasilari" faoliyatini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi bosqich. Farzandning o’quv muassasasigacha bo’lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga rasm chizish, voqealarni bayon qilish, o’ziga o’zi xizmat qilish, harf tanish , qo’shiq, aytish va raqs tushish, turli o’yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va 10 Ashurov M.O. O’zbek xalqi tarbiya tizimi – Samarqand Ziyokor, 2003 y., 6-son, 16-24 b. 25 mustaqil ravishda bilim olish ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan o’quv muassasasiga tayyorlash sinflari, "Yakshanbalik o’quv maskanlar" ishini tashkil qilish. Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagilar uchun mo’ljallangan (6-11 yosh) o’quv muassasalarida shaxslarning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini ta’minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o’z hatti - harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil qilishni o’rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lib, do’stlik, baynalmilallik,vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish. To’rtinchi bosqich. O’smirlarning (11 -16 yosh) qiziqishini , bilimga chanqoqlik va aql zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo’lishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yo’naltirish, o’smirlar sinflari va jamoatchilik orasida o’z o’rnini topa olishiga ko’maklashish, o’z hatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik tuyg’usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga keltirish. Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari bo’yicha ish bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo’lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga javobgarlik hissini to’la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash. Ta’lim va tarbiya sohasiga e’tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, direktiv ko’rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, mahalla, o’quv muassasasi hamkorligi faoliyati o’ziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo’lishi zarur. O’tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta , shuning bilan qatnashchilarning yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiiqan teran, 26 qiziqarli va ko’rgazmali, ta’sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo’nda, estetik jihatdan keng ko’lamli bo’lishi kerak. Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlar va toifadagi fuqarolarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos bo’lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari "Sog’lom avlod uchun", "Otaonangga rahmat", "Odobinga balli", "Sog’ tanda sog’lom aql", "Mehr chashmasi", "Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq, hunar oz", O’g’lim posbonim", «Hayot—ustoz, xalq—muallim", "O’zbekiston Vatanim manim!", "Milliy burch va mas’uliyat", "Oila saboqlari", "Oila etikasi", "Oila tinch — mahalla tinch", "Mustaqil hayot bo’sag’asida", "Askarlik — yigitlik o’quv muassasasii", "Oila baxti — Vatan baxti", "Sportchi oila", "Oilamiz ohanglari", "Vatan ostonadan boshlanadi", "Biz kimmiz" kabi tadbirlardan iborat bo’lishi mumkin. Bahslar, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag’ishlangan anjuman va tantanalardan iborat bo’lishi mumkin. Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o’z faoliyati to’g’risida mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat tug’ilganda o’quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot , korxona va idoralarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib borilayotgan ishlari to’g’risida hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va uning izchilligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi 11 . Mehnat tarbiyasi bilan mehnat ta'limi bir- biri bilan o‘zaro bog‘langan. Mehnat faoliyati ma'lum bilimga ega bo‘lishni talab etadi. Zero, bilim va ko‘nikmalar o‘quvchini mehnat faoliyatiga tayyorlaydi. Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turli shakllari o‘quvchining texnik ijodkorligini rivojlantiradi, u yoki bu bilim sohasida bilimga bo‘lgan qiziqishini shakllantiradi. To‘garaklarda o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning to‘garklardagi faoliyati ma'lum pedagogik talablarga rioya qilganda samarali bo‘ladi. Chunonchi: to‘garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim, ya'ni, o‘quvchilar tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo‘lishi zarur; texnik ijodkorlik o‘quv 11 Asqarova O‘., Raitboyev M., Nishonova S. Pedagogika – T.: Talqin, 2008. Podlasiy I.P. Pedagogika. V2-xkn.-M.: VLADOS, 2005 27 muassasasidagi o‘quv-mehnat jarayoni bilan uzviy alohada bo‘lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta'lim va boshqalar); ijtimoiy-foydali, unumli mehnat jarayonida o‘quvchining texnik ijodkorligini tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan ijodkorlikka aylantirish kerak bo‘ladi. To‘garak faoliyati jarayonida o‘quvchilar o‘z kollejlari uchun o‘quv-ko‘rsatmali qurollar: jadvallar , rasmlar, diagrammalar, kolleksiyalar, oddiy modellar, yuqori sinflarda – stendlar, harakatdagi modellarni yaratish mumkin.Tabiatshunoslik, botanika, zoologiyadan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘quv-tajriba uchastkalarida ishlaydilar, jonli burchaklar tashkil etadilar, o‘quv maskanini ko‘kalamzorlashtiradilar.Mehnat tarbiyasi oilada tabaqalashtirilgan holda olib boriladi: bolalar o‘z-o‘ziga xizmat qiladilar, uy hayvonlarini parvarishlaydilar , ro‘zg‘or texnikalarini ta'mirlash bilan shug‘ullanadilar. Oila byudjeti va uni yuritish bilan bog‘lik topshiriqlarni bajaradilar, Oilada bolalar va kattalar mehnatini hamkorlikda tashkil etishning imkoniyatlari cheksiz.So‘nggi yillarda o‘quvchilar mehnat tarbiyasiga jamoatchilik katta e'tibor bermoqda. Yirik fermer xo‘jaliklari, qo‘shma korxonalarning jamoalari maktablarni otalikqa olmoqda, ularning moddiy bazasini yaratish, o‘quvchilarning bilim olishlari, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etishda yordam bermoqdalar.O‘quv mehnati o‘quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir. Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat xarakteridagi faoliyati turidir.Hozirgi davrda ta'lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilarning ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularning o‘zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. O‘quvchilarning navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib toptirishning muhim shaklidir.Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan tayyorlashni nazarda tutadi. Zero, mavjud sharoitda ro‘y berayotgan ijtimoiy- iqtisodiy o‘zgarishlar shaxs kamolotiga nisbatan juda katta talablarni qo‘ymoqda. Xususan, mehnatga muhim ijtimoiy burch sifatida qarash, ma'lum faoliyatni bajarishda mas'uliyatni his etish , mehnatga va uning natijasi, shuningdek, mehnat jamoasiga 28 hurmat, mehnat faoliyatini tashkil etishda tashabbuskorlik, faollik ko‘rsatish, o‘z aqliy va jismoniy qobiliyatini to‘lik namoyon etishga bo‘lgan ichki ehtiyoj, mehnatni ilmiy tashkil etish yo‘lida amaliy harakatni olib borish shular jumlasidandir. Download 253.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling