Lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax pedagogika universiteti
Download 253.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hasanova Umida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tarbiya
Iqtisodiy ta'lim o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish,
xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda xo‘jalik yuritish faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik faoliyat jarayoni. Binobarin, iqtisodiy tarbiya yosh avlodda iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ularda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida 12 Saodat Xalq urf – odatlar va an’analari. – Toshkent ijod dunyosi nashriyot uyi. 2003 y. 3-22 b. 30 fikrlashga o‘rgatadi. Demak, iqtisod inson faoliyatining asosiy jihati bo‘lib, jamiyatning eng muhim negizi, uning poydevori hisoblanadi. Chunki, eng avvalo, insonning inson sifatida talab-ehtiyojining qondirilishi, albatta, uning iqtisodiy faoliyati asosida erishiladi. Bulardan ma'lumki, inson o‘z hayotida iqtisodiyot bilan doimiy munosabatda bo‘ladi. Iqtisodiy tarbiya, avvalo, oiladan boshlanadi. Oilada iqtisodiy tarbiya zamirida ham mehnatsevarlikni tarbiyalash yotadi. Bolalar o‘z mehnati natijalarini ko‘rgandagina o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanayotganini anglab yetadi, mustaqil faoliyat yuritishni o‘rganadi, ularda tadbirkorlik va ishbilarmonlik xislatlari tarkib topadi. Oilada yo‘lga qo‘yiladigan bolalar mehnati hovli va xonalarni tartibli saqlash, kiyim- kechaklarni asrab-avaylash, uy jihozlarini ta'mirlash, ro‘zg‘or yumushlariga yordam berish kabilar ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ota-onalar bolalarni mehnat faoliyatini kuzatib borib, ularga zarur o‘rinda maslahat beradilar. Ayniqsa, o‘quvchi- yoshlarda oilada ham , ta'lim muassasalarida ham tejamkorlikka rioya qilishga o‘rgatish katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy tarbiya o‘z ichiga o‘quvchilar tomonidan iqtisodiyot asoslarini o‘rganish, ularning unumli va ijtimoiy mehnatning turli ko‘rinishlarida ishtirok etish, rejalashtirishga doir bilim va malakalarga ega bo‘lish, ishlab chiqarish mahsulotlarini hisobga olish va nazorat qilish kabilarni oladi. Jamiyatda keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish, xo‘jalikni oqilona tashkil etish , sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini takomillashtirish, moliya operatsiyalarni to‘g‘ri tashkil etish, rejalashtirish, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorligi, korxonalar rentabelligi, kichik va o‘rta biznes, ijara, bozor infrastrukturasi, mahsulot qiymati, sof daromad, qo‘shimcha daromad, byudjet, xaridor, tovar, tovarlar importi va eksporti, shartnoma, birja, raqobat, menejment , marketing, pul, bank, banknot va boshqalar haqida to‘la ma'lumotlarning berilishi o‘quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga yordam beradi. 31 XULOSA Biz oilada farzand tarbiyasi mavzusini o’rganib chiqib quyidagi xulosalarga keldik. Barcha milliy an’analarimizni avaylab – asrab, rivojlantirib, kelajak avlodga yetkazib berish bizning asosiy vazifamiz bo’lib, hisoblanadi. Jamiyatning taraqqiyoti ko’pgina davrlarda tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz va urf – odatlarimiz uyg’unligi bilan belgilanadi. Bu nazariy qoida xozirgi kunda ijtimoiy tarbiyaga bog’liq.Yosh avlodni tarbiyalashda bugungi kunda bu qadriyatlar, an’analar o’zining barcha qirralarini ko’rsatib yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash uchun oila, maktab va mahallalar birgalikda quyidagilarni bosqichma–bosqich amalga oshirsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.Oilada bolalarni milliy an’analar asosida tarbiyalashda oila va jamiyatchilik faoliyatlarini muvofiqlashtirilsa.Bolalarni milliy an’analar asosida tarbiyalash jarayonidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni aniqlash, ularni amalga oshirish uchun zarur shart – sharoitlar yaratilsa.Maktab yoshidagi o’quvchilarni milliy an’analari asosida tarbiyalashning asosiy tamoyillarini belgilash. Bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalashda ota – onaning pedagogik madaniyatini shakllantirish. Milliy an’analarimiz xis etgan ilmiy va badiiy kitoblar, darslik va qo’llanmalar, ko’rgazmali vositalar ishlab chiqarish. Oilada yo’qolib ketayotgan an’analarimizni yosh avlod ongiga singdirish, milliy tarbiyamizni yanada rivojlantirishda xalq pedagogikasining axamiyati beqiyos. Milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz, urf – odatlarimizni ta’lim – tarbiya jarayonida yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda amaliy qo’llash, uning nazariy asoslarini ochib berish, kelajakni asosi bo’lib xizmat qiladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam ma’naviy immunitetli, o’zining fikrlarini ravon ayta oladigan, yuqori marralarga erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyat kasb etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyosini zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda o’zining kimligini, qanday bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va 32 sadoqat hissi bilan yashaydigan, imon-e’tiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona ta’sirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo’ladi. Farzandlarimizga shunday tarbiya berayliki, ular o’z ota-bobolariga, o’z tarixi, Vatani, ona tiliga, millati, diniga va an’nalariga sodiq bo’lib kamol topishsin. Ulg’ayotgan shaxsda ijobiy sifatlar shakllanishida oiladagi sog’lom muhit katta ahamiyat kasb etadi. Oilada sog’lom muhitning saqlanishi ko’p omillarga bog’liq. Masalan, oila boshliqlarning o’zaro yaxshi munosabati, xonadon qariyalariga hurmat, e’tibor oiladagi bolalarning o’zaro munosabatlari to’g’ri tarbiyalangani, ota-onaning bolalar tarbiyasiga barobar jonkuyarligi, oilada o’rnatilgan to’g’ri munosabatda bo’lish kabilar shular jumlasidandir. Bularning qay birida mutanosiblik buzilsa demak, o’sha oiladagi sog’lom muhitga putur yetadi. Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga munosabati o’zlarini tuta bilishlari muhimdir. Oilada muomalaning barcha qoidalariga amal qilinishi lozim. Kattalarga hurmat, kichiklarni avaylash, bir-biriga mehribonlik, ayniqsa, ayollarni izzat qilish odatga, qoidaga aylanib borishi kerak. Bolalarga onani hurmat qilishni, unga mehribon bo’lishni o’rgatish otaning muhim vazifasi. Odatda o’g’il bola otasiga, qizlar esa onasiga o’xshashga, ulardagi yaxshi xislatlarni o’ziga singdirishga harakat qiladi. Ota ham, bolani tarbiyalashga o’z hissalarini qo’shadilar. Ona g’amxo’r, mehribln ko’ngilchan uy bekasi bo’lsa, ota kuch-qudrat, jasurlik, qattiqqo’lik va adolat ramzi. Ota ko’proq bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun qayg’ursa, ona yurish-turish, muomala, xis-tuyg’u nafosat uchun tashvishlanadi. Bularning hammasi nisbiy bo’lib, ota ham, ona ham bolaning aqliy, axloqiy, jismoniy kamolati uchun baravar javobgar, chunki ularning biridan bir maqsadi shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir. Anna shu jarayonning muvaffaqiyatli bajarishi ko’p o’rinda ota-onaning obro’siga bog’liq. Manfaatlar umumiy bo’lgan ahil oilada yaxshi odat an’analar vujudga keladi, sog’lom muhit mehr-oqibat, qadr-qimmat uchun zamin yaratadi. Bolaning yaxshi tarbiya topishlari uchun shart-sharoit tug’iladi. 33 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling