Lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax pedagogika universiteti


Download 253.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana19.06.2023
Hajmi253.01 Kb.
#1612156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hasanova Umida


 
 Mehnatga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish esa tarbiyaviy ishlar
 

tizimida
 
 
amalga oshirilib
 
 
, ularning har biri quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi
 
 :
-o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyati, mehnatni tashkil etish hayotiy
zaruriyat ekanligining anglab yetilishiga erishish;
ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag‘bat uyg‘otish;
-o‘quvchilarda mehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va hokazolar.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mulkka egalik, xususiy
mulkni yaratish yo‘lida qonun doirasida olib borilayotgan amaliy faoliyatni qo‘llab-
quvvatlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakatlar mehnat tarbiyasiga yangicha
yondashuvni talab etmoqda.Mehnat tarbiyasining yangi texnologiyalar asosida o‘quv
dasturlari, ta'lim metodlarining variativligi tamoyili yotadi. Dasturlar kasb-hunar
kollejlari ixtisoslashgan turli kasblar bo‘yicha yaratiladi. Ularda kasbiy ta'limni
o‘zlashtirishga nisbatan qo‘yilgan davlat talablari o‘z ifodasini topadi.Ta'lim jarayonida
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar mehnat tarbiyasida pedagogik faoliyatning
yakuniy natijasi emas, balki inson qobiliyatining rivojlanishi, ya'ni, mehnatga bo‘lgan
layoqatini rivojlantirishning samarali vositasidir.
Bundan tashqari muammoli, izlanuvchan tadqiqot metodlari, konstruktorlash,
loyihalash, texnik modellashtirish, mehnatni tashkil etish jarayonida uning eng yaxshi
variantlarini izlab topish, ijodiy topshiriqlarni to‘g‘ri tanlay olish 
shuningdek
, tanlovlar,
yoshlarning ijodiy ko‘rgazmalarni tashkil etish ham eng samarali metodlardan sanaladi.
Mehnat tarbiyasining texnologiyalari o‘quvchining nazariy bilimlarini amaliyotda
qo‘llash imkoniyatini yaratishi zarur. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat ta'limi mazmunini
ham takomillashtiradi. U kompleks xarakter kasb etib, o‘quvchilarda o‘quv texnika va
texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilishi, amaliy masalalarni hal etish malakasini
shakllantirishi, sifat natijalarini ta'minlashi lozim. Ayniqsa, o‘quv topshiriqlarini hal
29


etishga ijodiy yondashish, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy, ijtimoiy
ko‘rsatkichlarini yuqoriga ko‘tarishga intilish hosil qilishi maqsadga muvofiqdir.
Demak, o‘quvchilarning mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida quyidagi
vazifalar amalga oshiriladi:
12
1.O‘quvchilarning mehnat ta'limi jarayonida ularning mehnatga qiziqishlarini oshirish,
kasbiy yoki mehnat faoliyatiga tayyor bo‘lishni ta'minlash.
2.O‘quvchilar kuchini to‘g‘ri taqsimlash, faoliyat turlari va uni ijro etishda o‘rin
almashtirish vositasida ularda rahbarlik va ijrochilik malakalarini hosil qilish.
3.O‘quvchilarning mehnat faoliyatiga rag‘batlantirishning samarali metod va
vositalaridan foydalanishga e'tiborni qaratish.
Mehnat faoliyatining turidan qat'iy nazar mehnat madaniyatini shakllantirish,
kasbiy 
faoliyatni rejalashtirish
, vaqtdan oqilona foydalanish, o‘z joyini tartibli saqlash
hamda mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish.
Mehnat tarbiyasining iqtisodiy tarbiya bilan aloqadorligi. O‘tgan asrning 30-yillaridan
boshlab o‘quvchilarga iqtisodiy bilim berish hamda, ularda mehnat va kasbiy faoliyatni
tashkil etish ko‘nikma, malakalarini shakllantirish masalasiga jiddiy e'tibor berila
boshlandi. O‘quvchilarga 
iqtisodiy bilimlarni berish
, ularda ishchanlik, tartiblilik,
ehtiyotkorlik xislatlarini shakllantirish tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismlaridan
sanaladi.

Download 253.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling