Lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax pedagogika universiteti


II BOB.Oilada ma’naviy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari


Download 253.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana19.06.2023
Hajmi253.01 Kb.
#1612156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hasanova Umida

II BOB.Oilada ma’naviy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari
2.1.Ma’naviyat va ma’rifatning inson barkamolligida tutgan o’rni
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy rivojlanishi
barkamol insonni shakllantirish bilan ruyobga chiqariladi. Barkamol, etuk inson asosan
o‘ta o‘qimishli, yangicha fikrlaydigan, madaniyatli, axloq - odobli, 
mehnatsevar
, uquvli,
jismonan va ruhan sog‘lom, o‘z haq - huquqini bilgan, vatanini sevadigan, faol, fidoyi
va ma’naviy boy singari insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirmog‘i lozim.Bunday
yuksak fazilatlarga ega bo‘lgan komil inson asosan oilada tarbiyalanadi. Oilaning
bolalarga ko‘rsatadigan ta’siri shunchalar kattaki hech qanday boshqa ijtimoiy ta’sirlar
buni bera olmaydi.. Haqiqatan ham bola hayoti oilaviy muhitning ta’sirida
tarbiyalanadi. Oilaviy an’analar, qadriyatlar, urf - odatlar bolani kamolotga etkazishda
asosiy o‘rin tutadi. Eng muhimi farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat
talablarini his etadi, anglaydi va nihoyat oila
7
va jamiyatga nafi tegadigan etuk inson
bo‘lib shakllanadi deb xulosa chiqarish mumkin.An’ana - bu jamiyatda ijtimoiy hodisa
bo‘lib, 
kishilarning ongida
, hayotida barcha sohalarni qamrab olgan, o‘z o‘rnini topgan,
ajdodlardan - avlodga o‘tib turadigan, takrorlanadigan oila hayotida qo‘llanadigan
umumiy tartib, qoidalar va tajribalar yig‘indisi deb ta’riflash mumkin.Oilaviy an’analar
esa ijtimoiy, ommaviy hodisa bo‘lib, oila hayotining barcha yo‘nalishlarini qamrab
olgan ya’ni turmush tarzi, mehnat, ahloq - odob, madaniyat, ma’naviyatlarida o‘z
o‘rnini olgan, avloddan avlodga o‘tib turadigan, takrorlanadigan, qo‘llanadigan oilaviy
tartib - qoidalar yig‘indisi deb tushunish zarur. Oilaviy an’analarning hayotda tadbiq
qilinish hajmi, ko‘lami, doirasi ijtimoiy an’analarga qaraganda nisbatan torroq
yo‘nalishga ega. SHu nuqtai nazardan yondoshganda oilaviy an’analar davlat
miqiyosidagi ta’lim - tarbiya muassasalari, mehnat jamoalari an’analaridan shakli,
mohiyati, mazmuni hamda o‘ziga xos milliy xususiyatlari bilan ajralib turadi.O‘zbek
xalqining oilaviy an’analari o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ega. An’analar oilaning
turmush tarzini bezab, ifodalab uning qadr - qimmatini yuksaltiradi. Har bir oilaviy
7
Yo’ldosheva Saodat Xalq urf – odatlar va an’analari. – Toshkent ijod dunyosi nashriyot uyi. 2003 y. 3-22 b.
16


an’ana o‘z shakli, mazmuni, maqsadi va vazifalarni nazarda tutadi. Oilaviy an’analar
o‘z milliy mazmuni, shakli, mohiyati hamda xususiyatlari bilan bir - biridan farqlanadi.
Yosh avlodning muntazam tizimli uzluksiz, shakllanishida to‘g‘ridan to‘g‘ri kuchli
tarbiyaviy ta’sir etuvchi milliy tarbiya vositasidir. Oilaviy an’analar xalqning boy axloq
- odobi, madaniyati, ma’naviyati ijtimoiy, oilaviy tajribalari bilan uzaro uzviy
bog‘langan va ularni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. O‘zbek oilasining oilaviy an’analari,
ayniqsa aqliy, axloqiy, mehnat, nafosat, huquq, ekologik yo‘nalishlar orqali tarbiyalash
asosli ildizlarga ega. Masalan, kattalarga hurmat va kichiklarga mehribon bo‘lish;
salomlashish va ko‘rishish; bemorlardan hol - ahvol so‘rash va oila boshiga kulfat
tushganida yordam berish; birinchi maosh olish; birinchi kor; mehmondo‘stlik va
hakazo.
Oilada bolalarga singdirilayotgan barcha g‘oya, tajribalar, yangi udumlar, urf -
odatlar, ma’naviy - axloqiy qadriyatlar oilaviy an’analar orqali o‘tadi hamda ularni
barkamol etib shakllantirishga xizmat qiladi. Oilaviy an’analar maktabning ta’lim,
tarbiya sohasida maktabda o‘quvchilarga bergan bilimlarni hayotga tadbiq etishda
yaqindan yordam beradi. YAngi avlod o‘tmish ajdodlarning hayotdagi barcha
tajribalarini muayyan darajada oilaviy an’analar vositasida davom ettiradi. Tarbiya
jarayoni ko‘p qirrali bo‘lib aslida keksa avlodlar bilim, tajribalarini, ko‘nikma va
odatlarini yosh avlodga berib, uzatib borishdan ham iborat. SHuning uchun oilaviy
an’analar o‘quvchi - yoshlarni tarbiyalashda, oila tarbiyasining maqsad va vazifalarini
amalga oshirishda milliy tarbiya vositasi bo‘lib ijtimoiy tarbiyaga xizmat qiladi. Oilada
bolalarni tarbiyalashda oila hayotida to‘planib kelinayotgan milliy an’analardan
maqsadga muvofiq ravishda foydalanish amaliy ahamiyatga ega.SHuning uchun ham
oilaviy an’analar o‘quvchi - yoshlarni tarbiyalashda va oilaviy hayotga tayyorlashda
tarbiya vositasi bo‘lib qolaveradi. Masalan, hashar, salomlashish, mehmondo‘stlik, to‘y,
ko‘pkari, keksalarni hurmatlash, kabi yuzlab oilaviy an’analar o‘zbek xalqining
ma’anaviy - axloqiy qadriyatlariga aylanganini ko‘rsatish mumkin.Istiqlol sharofati
bilan oilaviy an’analarni oila hayotiga qo‘llash uchun qulay shart - sharoitlar yuzaga
keldi. Mustabid yillarida milliy oilaviy an’analarni oila hayotida qo‘llash u yoqda tursin,
17


hatto milliy tarbiya degan iborani ishlatish mumkin emas edi. Oilaviy an’analardan
Navro‘z, mehmondo‘stlik, hayit, to‘y, oilaning boshiga kulfat tushganda hamdard
bo‘lish, salomlashish, bolalarni itoatli va sodiq etib tarbiyalash singari milliy
an’analarning ta’qiqlanishi, kamsitilishiga qaramasdan o‘z qadr - qimmatini saqlab qola
oldi. Bunday oilaviy an’analar, qadriyatlar bilan har birimiz faxrlanishimiz,
g‘ururlanishimiz zarur. Bu an’analarni, qadriyatlarni saqlash, boyitish oilaviy tarbiyaviy
ishlarning bosh maqsadi bo‘lib qolmog‘i lozim.
Bizningcha
, ota - onalarning oilaviy
an’analar vositasida o‘quvchi - yoshlarni tarbiyalashdagi imkoniyatlarini oshirish,
takomillashtirish uchun quyidagi ikki yo‘nalishda ma’rifiy ishlarni tashkil etish
ma’qul. 
Birinchidan
, ota - onalarning oilaviy an’analar bo‘yicha pedagogik ma’lumot -
madaniyatini oshirish. Ikkinchidan, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, mahalla faollari, ichki
ishlar, hokimiyat xodimlari va boshqa tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchilarning
pedagogik madaniyatini oshirish. Bu ma’rifiy ishlarni olib borishni tashkil etishda o‘z
echimini kutayotgan muammolar ham yo‘q emas. Xususan, hozir davlat ta’lim - tarbiya
muassasalarida ishlayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, madaniyat xodimlari, ichki ishlar,
hokimiyat vakillari, mahalla faollarining oilaviy an’analar bo‘yicha ma’lumotlari va
malakalari hozirgi talab darajasida deb xulosa chiqarish qiyin. SHuning uchun bu
muammoni hal etishni keng qamrovli tarbiyaviy ishlardan boshlash maqsadga muvofiq.
Yana oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida tayyorlanayotgan yosh malakali
mutaxassislar o‘quv reja va o‘quv dasturlari, davlat ta’lim standartlarida ham oilaviy
an’analar, qadriyatlar, ma’naviyatlar bo‘yicha mavzular va ularga ajratilgan soatlar
hozirgi hayot talabi darajasida emasligini aytish zarur. Ammo istiqlolning keyingi
uchinchi, to‘rtinchi yillarida oila tarbiyasini yaxshilash bo‘yicha 1998 yilni oila yili deb
e’lon qilingani, davlat va jamiyat akademiyasida oila tarbiyasini o‘rganuvchi
bo‘limning tashkil qilinishi hamda oila kodeksining qabul qilinishi kabi amaliy
tadbirlarning bajarilishi bu sohada ijobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirishga asos
bo‘lmoqda.Bizningcha, oilada ota - onalarning oilaviy an’analar bo‘yicha ma’rifiy
ishlarni quyidagi yo‘nalish va shakllarda olib borilsa, hozirgi hayot talablariga uyg‘un
bo‘ladi. Bular: ota - onalar universitetlarida; dorulfununlarida; maktablarda ota - onalar
18


majlislarida; qo‘mitalarda; ota - onalar kunlarida; mahallalarda; ilmiy - nazariy
konferensiyalarda; suhbatlar, munozaralar, uchrashuvlar ilg‘or tajribalarni o‘rganish va
yoyish, keksa ota - onalarning pand - nasihatlari, faol ota - onalarning mahalla
jamoatchiligi oldida chiqishlari, gazeta, jurnal, radio, televidenie eshittirish va
ko‘rsatuvlari, prokuratura, sud, ichki ishlar xodimlarining tarbiyaviy ishlarni tashkil
etish va hakazo.
8
Oilada ota - onalar o‘z bolalari ongida oilaviy an’analarga qiziqishni tarbiyalash
eng muhim masaladir. Buning uchun o‘quvchi - yoshlargi an’analar haqida aniq ilmiy
ma’lumotlar berilishi lozim. Ma’lumotda oilaviy an’analarning mazmuni, tuzilishi,
shakli, maqsadi, vazifalari haqida ularni oila, ijtimoiy hayotida qo‘llashning ta’lim -
tarbiyaviy, amaliy ahamiyatini o‘quvchi - yoshlarga o‘rgatish talab etiladi. O‘quvchi -
yoshlarda, oilaviy an’analarga intilish, xohishni, hurmatni tarbiyalamay shu oilaning
haqiqiy oilaparvari bo‘lishi mumkin emasligiga ishontirish ota - oanlarning muqaddas
vazifasidir. Har bir an’ana o‘ziga xos mazmunga, tuzilishga, maqsadga qaratilganligi,
bular esa inson hayotida qo‘llanilishi, takrorlanishi orqali odamlarning ruhiyatiga,
kayfiyatiga, his - tuyg‘ulariga tushuncha, g‘oya, tajribalar shaklida ijobiy ta’sir etadigan
majmualar yig‘indisi deb izohlash mumkin. Umuman an’analarsiz inson hayotini,
turmush tarzini tasavvur qilish mumkin emasligini o‘quvchi - yoshlarga tushuntirish
darkor.
Eng muhimi ota - onalar oilaviy an’analarning o‘quvchi - yoshlarni, yoshlarni oila va
ijtimoiy hayotga tayyorlashdagi ilmiy o‘rnini va amaliy ahamiyatini, tajribalarni
orttirishdagi, mustahkamlashdagi rolini anglashlari nihoyatda zarur. Masalan,
Birinchidan, mehmondo‘stlik, keksalarni hurmatlash an’analari to‘g‘risida o‘quvchi -
yoshlarga tushuncha, ko‘nikma, odat, ma’lumot bilan qurollantirmay turib, ularni oila
va ijtimoiy turmushga amaliy tayyorlash mumkin emasligi hamda bu milliy urf -
odatlarsiz inson barkamol bo‘la olmasligini ota - onalar bilishlari shart. Ikkinchidan, ota
- onalarga oilaviy an’analarning tarbiyaviy vazifasini tushuntirishni quyidagi shakl va
mazmunda tashkil etsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ota - onalarga oilaviy an’nalarning
tarixi, maqsadi, vazifasi, har birining o‘ziga xos xususiyatlari, ulug‘ ajdodlarimiz
8
Yo’ldosheva Saodat Xalq urf – odatlar va an’analari. – Toshkent ijod dunyosi nashriyot uyi. 2003 y. 3-22 b.
19


tomonidan qullanilib kelinish sabablari, turmush tarzi, tili, axloqi, mehnati, madaniyati,
ma’naviyati hamda udum, urf - odat kabilarning o‘quvchi - yoshlarni tarbiyalashdagi
tarbiyaviy imkoniyatlarini pedagogik asoslab ko‘rsatishdan iborat. Buning uchun avvalo
oilaviy an’analar ajdodlardan - avlodlarga o‘tib kelayotgan oilada o‘quvchi - yoshlarni
tarbiyalashning milliy vositaligiga ota - onalarni ishontirish bag‘oyat muhim.
Ma'rifat – bilim va ilm, uni egallash ma'nosida u yoki bu insoning tabiat, jamiyat,
inson mohiyati haqidagi bilim va ilmlarni egallaganlik darajasi va unga aloqadr bo‘lgan
jihatlarni aks ettiruvchi tushunchadir. Ma'rifatli degani esa – muayyan sohada ma'lumoti
bor, ko‘p narsani biladigan, mushohada qiladigan, bilimli, o‘qimishli demakdir. Fanlar
keng va chuqur rivojlangan va rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga
intilgan har bir kishi, fan namoyondasi ilmning ya'niki ma'rifatning ma'lum sohasi,
yo‘nalishinigina egallashga erisha oladi. Masalan, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot,
matematika va boshqalarning
9
ham ma'lum, o‘zi qiziqqan yo‘nalishlarini
egallaydilar.Ma'naviyat, ma'naviylik va ma'rifat, ma'rifatlilikning o‘zaro munosabati va
nisbati masalasini to‘g‘ri aniqlab olish ma'naviyat barkamol, komil insonlarni
tarbiyalashda, jamiyat ma'naviy – ma'rifiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga egadir.Har
qanday jamiyatning o‘ziga xos ma'naviy ehtiyojlari mavjud bo‘lib, ular orasida bilimga
bo‘lgan ehtiyoj yetakchi o‘rinni egallaydi. Chunki jismoniy va ma'naviy sog‘lom odam
tinmay bilim olishga intiladi.Qur'oni karim va Hadisi shariflarda bilim egallash –
jamiyatga va o‘ziga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib yetishishida muhim omil ekanligi
qayd etilgan. Bilim olish farz ekanligi qayta-qayta uqtiriladi. Bilimsizlik jamiyatda
jaholat, razolat, buzg‘unchilik avj olishiga va oxir oqibat halokatga olib kelishligi bayon
etilgan. Hadislarda «Olim bo‘l yoki bilim o‘rgatuvchi bo‘l, yoki tinglovchi bo‘l, yo
bo‘lmasa bilimga va ilm ahliga muhabbatli bo‘l. Beshinchisi bo‘lma, halok bo‘lasan»,-
deyilgan.Ma'naviyat har doim ma'rifat bilan ya'ni bilim bilan uyg‘un holda rivojlanib
boradi. Har ikkalasining uyg‘unligiga erisha olsakkina yoshlarimizning ma'naviy
barkamol, iymon-e'tiqodli, vatanparvar, insonparvar, vijdonli, diyonatli, or-nomusli,
halol va pok insonlar bo‘lib tarbiya topishlariga erisha olamiz. Bu haqda Abu Hamid
Muhammad G‘azzoliy quyidagi fikrlarni bildirgan edi: Gumroh kishilar «Ilm bo‘lgach,
9
Ashurov M.O. O’zbek xalqi tarbiya tizimi – Samarqand Ziyokor, 2003 y., 6-son, 16-24 b.
20


amalga hojat yo‘q qablida fikr qiladilar. Bunday fikrlar ilmning o‘zi bilan kifoyalanib,
shariatni inkor etuvchilar e'tiqodi bo‘lib, ular uchun ilm hosil bo‘lsa-yu, amal bo‘lmasa.
Bu kabi ilmdan foyda yo‘qligini bilishmaydi. Holbuki o‘qib o‘rgangan ilmga amal
qilmagan kishining qiyomat kunidagi azobi ikki hissadir».
Insoning bilim va ilmni egallab kundalik amaliy faoliyatda ularga amal qilishi insof,
iymon, vijdon, ixlos kabi ko‘plab ma'naviy fazilatlarning yanada mustahkamlanishga
olib keladi.Ma'naviyati va ma'rifati yuksak kishilargina elim, yurtim deb yashaydi,
o‘zgalarga himmat – muruvvat ko‘rsatishni, yordamga muhtoj kishilarga ko‘mak berish
va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishni o‘zlari uchun baxt deb biladi. Yuksak ma'naviyat va marifat
sohibi bo‘lgan kishilar boshiga mushkul ish, qayg‘u tushgan kishining mushkilini oson
qiladi, qayg‘usiga sherik bo‘ladi, dardiga malham bo‘ladi, hojatini chiqaradi, yetim-
yesirlarni parvarish qiladi. Bunday fazilat egasi bo‘lgan kishilarda milliy g‘urur, milliy
iftixor tuyg‘usi, oriyat kuchli bo‘ladi. Ular o‘z millati, el-ulusi manfaati sharafini
himoya qilishni o‘zi uchun shon-sharaf deb biladi, Vatan mustaqilligiga havf tug‘ilsa,
uning himoyasi yo‘lida mol - dunyosini, jonini ayamaydi, fidoiylik va qahramonlik
namunalarini ko‘rsatadi.Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo
etishimizda ma'naviy barkamol, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish biz uchun
umummilliy miqyosidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘z
istiqboli, kelajagini o‘ylagan har qaysi inson, xalq, millat, mamlakat o‘z farzandlarining
ma'naviy – ma'rifiy tarbiyasi haqida o‘ylashi va qayg‘urishi kerak. Zero buyuk
ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek: «Tarbiya bizlar uchun yo
hayot-yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur». Jamiyatni,
mamlakatni, xalqni tanazzul va halokatdan asrovchi va qutqaruvchi kuch ma'naviyat va
ma'rifatdir. Buni bizning ajdodlarimiz to‘g‘ri tushunib yetgan va o‘z farzandlarini
kamolga yetkazishda ularning ma'naviy va ma'rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat
berganlar. Bu haqda eng qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto»da shunday deyilgan:
«Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir
yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi o‘qishni, keyin esa yozishni
o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin».Ma'naviyat va ma'rifat birgalikda bir
21


maqsadni ko‘zlaydi, ya'ni kishilarni kamolot cho‘qqisini egallashlari uchun yo‘l ochadi.
Zaminimizda yashab ijod qilgan mutafakkirlar o‘z asarlarida ma'rifat ya'ni ilm – fanning
inson ma'naviy barkamolligida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida qimmatli fikrlarni
bayon qilganlar. Ularning ma'naviyat va ma'rifatning inson barkamolligida tutgan o‘rni
va ahamiyati haqidagi qarashlarini o‘rganish – bugungi kunda ma'naviy barkamol
yoshlarni tarbiyalash borasidagi vazifalarni amalga oshirishimizda muhim ahamiyat
kasb etadi. «Bizlarni (ilm) jaholat qorong‘ulig‘idan qutqarur. Madaniyat, insoniyat,
ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, buzug‘ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va
adab sohibi qilur. Alloh taologa muhabbat va e'tiqodimizni orttirur...
Turkiston ma'rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li, Ashurali Zohiriy,
Saidrasul Saidaziziy, Is’hoqxon Ibrat, Ahmad Donish va boshqalar mamlakatni, xalqni
milliy zulm va ma'rifiy qoloqlikdan xalos etishning yagona yo‘li ma'rifatda deb bildilar.
Ma'rifatparvarlik harakatining yorqin siymolaridan biri Abdulla Avloniyning «Ilm
insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidir», - degan g‘oyasi ma'rifatparvarlik
harakatinig dasturini tashkil etgan. Ma'rifatli inson bilimlidir. Bilim insonning fazilatini
ulug‘lovchi xususiyatlardan biridir. Bilim olish, ma'rifatli bo‘lish, insonlar turli
sohalarda qiyinchillikka duch kelganda moddiy va ma'naviy jihatdan g‘alaba qilishi
uchun zarur. Bilimsiz, ma'rifatsiz kishi himoyasizdir. Ma'rifat keng ma'noda odamlarga
bilim berish, ko‘nikma va malaka hosil demakdir. U ma'naviyatni shakllantiruvchi,
jamiyatning yaratuvchanlik, bunyodkorlik quvvatini oshiruvchi inson faoliyati
sohasidir. Boshqacha aytganda ma'rifat jamiyatning ta'lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatini qamrab oluvchi tushunchadir. Ma'naviyat
har doim ma'rifat bilan ya'ni bilim bilan uyg‘un holda rivojlanib boradi. Har
ikkalasining uyg‘unligiga erisha olsakkina yoshlarimizning ma'naviy barkamol,
iymone'tiqodli, vatanparvar, insonparvar, vijdonli, diyonatli, or-nomusli, halol va pok
insonlar bo‘lib tarbiya topishlariga erisha olamiz. Bu haqda Abu Hamid Muhammad
G‘azzoliy quyidagi fikrlarni bildirgan edi: Gumroh kishilar «Ilm bo‘lgach, amalga hojat
yo‘q qablida fikr qiladilar. Bunday fikrlar ilmning o‘zi bilan kifoyalanib, shariatni inkor
22


etuvchilar e'tiqodi bo‘lib, ular uchun ilm hosil bo‘lsayu, amal bo‘lmasa. Bu kabi ilmdan
foyda yo‘qligini bilishmaydi. Holbuki o‘qib o‘rgangan ilmga amal qilmagan kishining
qiyomat kunidagi azobi ikki hissadir». Zaminimizda kamol topgan, el-yurtga tanilgan,
ma'naviy barkamol, komil zotlar o‘zlarida ma'navyat va ma'rifatni yuksak darajada
mujassam etgan allomalar bo‘lganlar. Ular ma'naviyat va ma'rifat chiroqlarini
mash'alasingari yoqqanlar. Yuksak ma'naviyat va ma'rifat tufayli To‘ron zamin yer
yuzida shuhrat qozongan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hozirgi davrda milliy
kamolot yo‘li mana shu yo‘l bundan boshqa yo‘l yo‘q. Ma'naviyat va ma'rifat
xalqimizning, millatimizning, Vatanimizning porloq kelajagi uchun suv va havodek
zarur. Ma'naviyat va ma'rifatning o‘zaro birligi, uyg‘unligi, ma'naviy va ma'rifiy tarbiya
ishlarimizni birga olib borish taraqqiyotimiz taqazosi. Ularni bir-biridan ajralgan holda,
boshqa-boshqa olib borib bo‘lmaydi. Zero, ta'lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib
borishni talab etadi”, chunki “... inson qalbiga yo‘l avvalo ta'lim-tarbiyadan boshlanadi.
Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘tgan asrning boshidayoq
“Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan
bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur”, degan haqqoniy fikrlar bilan Turkiston
ahlining ongu shuurini uyg‘otishga da'vat etgani bejiz emas... Bu so‘zlarning qanchalik
haqiqat ekanini bugungi yuksak tafakkur va texnologiyalar zamoni ham
isbotlanmoqda”. Ma'naviyat va ma'rifat, uni egallash masalasiga yondashuvga
hadislarda aytilgan “Bu dunyoni deb u dunyoni, oxiratni deb bu dunyoni unitmang”
degan mazmundagi naqlini hyech qachon esdan chiqarmasligimiz zarur. Chunki tarix va
hayot tajribasi dunyoviy va diniy qadriyatlar, ilmma'rifat doimo bir-birini to‘ldirib,
boyitib kelganligi shu asosda kishilar ma'naviy kamolot cho‘qqilariga erishganligidan
dalolat beradi. Ma'naviy va ma'rifiy qashshoqlik bilan hyech bir millat, u yashayotgan
mamlakat hyech qachon iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy taraqqiyotning yuksak
cho‘qqilariga erisha olmaydi.
Insonning barkamolligi, tarbiyalanganligi, ododbliligi salomdan boshlanadi.
Salom odamning kimligini ifodalab turishi kerak. SHundagina salom insonlarni
ezgulikka etaklayveradi hamda odamning qadr - qimmatini oshiradi va salomlashishga
23


odatlantiradi. SHuning uchun ota - onalar oilada bolalarni salomlashishga o‘rgatish
sharq xalqlarining eng qadimgi oilaviy an’analaridan biridir.Umuminsoniy oilaviy urf –
odatlar va an’analarni chuqur o’rganish ularni tahlil qilish, ularni turkumlashtirish,
ularni paydo bo’lish yo’llari, revosutsion paydo bo’lish aniqlash ilmiy asoslardan
g’oyalarni ilgari surish va shular asosida an’analardan foydalanish yo’llarini tavsiya
etishni xayot talab etmoqda. Bularni xamon kelajak kishini tarbiyalashda amaliy
yordam beradi. Qadim zamonlardan hatto o’zbek xalqini yozuvi bo’lmagan
paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash asosan oildada amalga oshirilgan. Bunda tabiat
va ijtimoiy omillar xal qiluvchi o’rin tutganligi shubxasiz.Xalq pedagogikasi xamisha
yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur
o’rganish tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asaliy manbalariga tarbiya sirlariga
nazar tashlash bugungi kunda ham axamiyatni yo’qotmagani yo’q.Shuning uchun ham
yosh avlod – ajdodlarimiz tomonidan tarixiy sharoitdagi vujudga kelgan ilg’or
an’analarni o’zlashtirish, unga rioya etish, boyitish nixoyatda zarurdir. Nixoyatda
mazmuniga ko’ra milliy an’analar qaror topmoqda. Eski va yangi an’analar qarama –
qarshiliklar jarayonida saralanadi, sayqal topadi. Ayrim onalar qanday bo’lsa o’sha
xolda ko’rinishda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ba’zilari ko’rinishni o’zgartiradi, ba’zilari
esa yangilarini uyg’unlashadi, takomillashadi. Bolalar oilaviy an’analarga juda katta
e’tibor, qiziqish bilan tayyorlanadilar, kutadilar. Bunday an’analar ular tarbiyasiga
taalluqli bo’lgan vositalar sanaladi, ko’rinishdagi an’analarning umri boqiydir, urf –
odatlar qancha xayotiy xalqchilik qancha ko’p tarqalgan bo’lsa u xalqda shuncha tez
singadi, shuncha uzoq yashaydi.
24



Download 253.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling