Lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Rasm Siyosiy barqarorlik


Download 0.89 Mb.
bet7/9
Sana25.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1397736
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xusan Mirxalilov (1)111.docx.17.04.23

Rasm

Siyosiy barqarorlik:

O‘zbekiston so‘nggi yillarda siyosiy barqarorlik borasida sezilarli yutuqlarga erishdi, mamlakatda qator iqtisodiy va siyosiy islohotlar amalga oshirildi. Hukumat ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va xorijiy sarmoyalarni jalb etish bo‘yicha ham chora-tadbirlar ko‘rmoqda.

Mintaqaviy hamkorlik:

O‘zbekiston mintaqaviy hamkorlik tashabbuslarida, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturida faol ishtirok etmoqda. Ushbu tashabbuslar ransit bo’ylab iqtisodiy integratsiya, savdo va investitsiyalar uchun imkoniyatlar yaratadi.

Umuman olganda, O‘zbekistonning qulay geosiyosiy mavqei iqtisodiy rivojlanish va tashqi iqtisodiy aloqalar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. O‘zbekiston o‘zining joylashuvi, ransit yo‘llari, tabiiy resurslari, siyosiy barqarorligi va mintaqaviy hamkorlik tashabbuslaridan foydalangan holda iqtisodiy o‘sish va rivojlanishga ko‘maklashishda davom etishi va jahon iqtisodiyotidagi rolini kengaytirishi mumkin.

4.O’ZBEKISTON TASHQI IQTISODIY O’RNI

Hozirgi kunda davlatlar o'rtasidagi xalqaro savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish integratsiyalashuvining kengayishi va takomillashuvi tashqi iqtisodiy faoliyatning yanada erkinlashuviga sabab OO'lmoqda. Bugungi bozor islohotlari munosabatlarining yangi strategiyasi asosiy yo'nalishlaridan biri - tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishni muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu munosabatlar bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi, mamlakat ichki va tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qiIishga qaratilgan jihatlami, shu jumladan, tashqi iqtisodiy muvozanatni ta'minlash, eksport va import munosabatIarda ilg'or siljishlami rag'batlantirish, xorijiy kapital oqimini kuchaytirishga yo'naltirilgan vakolatIi davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qonunchilik, ijroiya va nazorat qilish yo'nalishidagi chora-tadbirlar tizimini yaratishni o'z ichiga oladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tartibga sol ish davlat iqtisodiy rivojlanish strategiyasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Bu esa o'z navbatida, mamlakatning o'ziga xos ichki va tashqi sharoitlarini inobatga olgan holda, jahon bozorining salbiy o'zgarishlaridan himoya qiluvchi, unda egallangan movqeni saqlab qolish va kengaytirishni ta'minlovchi maqbul darajadagi protektsionizm va erkin savdo siyosati qo'llanilishini taqozo etadi. O'tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish uchun o'zini erkin bozor girdobiga tashlab qo'ya olmaydi.12

Mamlakatning iqtisodiy mustahkamligi, barqaror rivojlanishi, uning jahon xo'jaligi tizimiga muvaffaqiyatli integrallashuvi ko'p jihatdan tashqi savdo faoliyati, uning transport va bojxona xizmatlari, xalqaro savdoning globallashuvi talablariga mos ravishcia takomillashuviga bog'liq.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq tashqi iqtisodiy sohani boshqarishning o'ziga xos tizimlarini tezkor shakllantirish, tashqi aloqalarni yo'lga qo'yish, tamoyillarni ishlab chiqish, respublikaning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi yo'llaririi mustaqil belgilab olish vazifasi yo'lga qo'yilgan edi.

Ayni paytda, respublika hukumati tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va zaruriy huquqiy asoslarning yaratilishi O'zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy mamlakatlar jismoniy va yuridik shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro foydali hamkorlik aloqalarni o'rnatish va rivojlantirishga imkon berdi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risidagi” Qonunining qabul qilinishi bu ishlarni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy tatI'loyillarini belgilab berdi. Mazkur qonunning 17 -moddasiga ko'ra ular quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi:

1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling