ʼlim vazirligi oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti


A R I Z A Arizaning yozilish shakli


Download 353.06 Kb.
bet33/62
Sana27.07.2023
Hajmi353.06 Kb.
#1662919
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62
Bog'liq
O\'zbek tili qoidalari

A R I Z A


Arizaning yozilish shakli:
Ariza yozuvchining turar joyi,
lavozimi, to‘liq nomi
Meni (yoki menga) ________________________________________
_____________________________________________________________
___________________________________________ so‘rayman.
Sana (yil, kun, oy) Imzo I.O.F


Bildirishnoma (bildirish, bildirgi) – muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot.


Bildirishnoma shakli:

Xabar yo‘llangan idora, rahbarning
lavozimi va to‘liq nomiga
yo‘llovchi shaxs lavozimi, to‘liq nomidan
Matn sarlavhasi ...haqida
BILDIRISHNOMA
Matn
Topshirilgan vazifa va unga aloqador masalalar haqida axborot bayoni, , ilova ro‘yxati beriladi (agar mavjud boʻlsa).
Bildirishnoma tayyorlagan shaxs(lar) lavozimi (imzo) (I.O.F.)
Sana



Тavsifnoma – ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislati va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat. Unda shaxsning mehnat faoliyati qisqa bayon qilinib, jamoat ishlarida ishtiroki, mehnat jamoasidagi o‘rni, lavozim vazifalarini ado etish sifati, tashkilotchilik qobiliyati, axloqiy sifatlari va boshqa jihatlari ko‘rsatib o‘tiladi.

Tarjima mashqi. Общественный, выдвижение на должность, заверяется, функциональные обязанности, награда, поощрение, морально-деловые качества, личная инициатива, основательно, эффективно, старательно, небрежность, недобросовестный, безответственно, работоспособность, выносливый, сохраняет присутствие духа, нагрузки, высокое чувство ответственности.


Hujjat namunalari bilan ishlash

Shaxsni tavsiflashda qo‘llanadigan so‘z va so‘z birikmalarini yozing. Ular ishtirokida do‘stingiz faoliyatiga haqqoniy tavsif bering.


Namuna: Mehnatsevar. U mehnatsevar, o‘z kasbini yaxshi ko ‘radi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


1. Ma’lumot-axborot hujjatlarining vazifalari nimalardan iborat?
2. Tarjimayi holda nimalarga e’tibor beriladi?
3. Bildirgi qanday hujjat hisoblanadi?
4. Тavsifnomaning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?


TOPSHIRIQLAR:
1. “Tarjimayi hol” atamasi bilan sinkveyn tuzing.
1 tarjimayi hol
2 so‘zdan iborat sifat
3 so‘zdan iborat fe’l
4 so‘zdan iborat munosabat
5 1 so‘zdan iborat sinonim


2. Tarjimayi hol namunasini o‘rganib, tarjimayi holingizni yozing.
3. So‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘ying va gapni to‘gri tuzing.
1. yoziladi, korxonalarda, shaxsiy tarkibiga oid, blankalarda, kadrlarning, buyruqlar, ko‘p, maxsus.
2. huquqiy boshqa aks muassasa hujjatlar mazmunan huquqiy tashkilot kabi va maqomi tashkilotlar ettiradi masalalarni bilan aloqalarning tashkiliy tomonlari korxonalarning.
4. Ma’lumot-axborot hujjatlarining turlarini klaster shaklida tasniflang.
5. Ikki kichik guruhga bo‘lining. Har bir guruh boshqa guruhga ham tanish bo‘lgan shaxsning tarjimayi holiga oid ba’zi ma’lumotlarni yozadi va boshqa guruhga o‘qib beradi. Ushbu ma’lumotlar bo‘yicha tarjimayi hol kimga tegishli ekanligi aniqlanadi.



Download 353.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling