Hujjatlarni idoraviy arxivda saqlash va ularni vaqtincha foydalanishga berish tartibi ‒ idoraviy arxiv mudiri hujjatlarni va hujjatlar yig‘majildlarini qabul qilishda ularning to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshiradi.
Hujjatlar va hujjatlar yig‘majildlari arxivda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda saqlanadi. Hujjatlar yig‘majildlari arxivdan tashkilotlar xodimlari so‘rovlari bo‘yicha tilxat bilan beriladi. Arxivdan olingan hujjatlarga biror-bir belgi qo‘yish va yozuvlar tagiga chizish taqiqdanadi.
Doimiy saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlaridan hujjatlarni olib qo‘yishga va berishga ruxsat etilmaydi. Istisno hollarda prokuratura va sud organlarining so‘rovlari bo‘yicha, tashkilot rahbarining ruxsati bilan olish olib qo‘yilgan hujjatning aniq tasdiqlangan nusxasini hujjatlar yig‘majildida majburiy qoldirish va hujjat aslining olinish sabablari to‘g‘risidagi dalolatnomani solib qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Arxivdan olingan hujjatlar zarurat tugashi bilanoq 15 kundan kechiktirmasdan arxivga qaytarilishi kerak. Arxiv mudiri hujjatlar va hujjatlar yig‘majildlarining o‘z vaqtida qaytarilishini nazorat qilib boradi.
Tashkilotda ishlamaydigan shaxslarning hujjatlar yig‘majildlaridan foydalanishi faqat tashkilot rahbarining yozma ruxsatnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatlar yig‘majildlari va hujjatlar idoraviy arxivda 15 yil davomida saqlanadi, shundan so‘ng belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxiviga beriladi.
1-ilova
Umumiy bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan hujjatlarning
TAXMINIY RO‘YXATI
1. Ma’lumot uchun yuborilgan xatlarning nusxalari.
2. Telegrammalar, xizmat safarlari, mehnat ta’tillariga ruxsat berish to‘g‘risidagi xatlar.
3. Majlislar, kengashlar kun tartiblari to‘g‘risidagi xabarlar.
4. Jadvallar, talabnomalar, taqsimnomalar.
5. O‘quv rejalari, dasturlari (nusxalari).
6. Reklama bildirishlari, plakatlar, kengashlar, konferensiyalar dasturlari va shu kabilar.
7. Tabrik xatlari va taklifnomalar.
8. Buxgalteriya hujjatlari.
9. Bosma nashrlar (kitoblar, jurnallar. byulletenlar).
11.Oylik, choraklik, yarim yillik hisobotlar.
12. Statistik hisobot shakllari.
2-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |