10. Hujjatning qismiga tegishli bo‘lmagan javobni aniqlang.
a) hujjatning nomi
|
b) kelishuv va rozilik belgilari
|
c) matn
|
d) muhr
|
BBB texnologiyasi yordamida mavzuni mustahkamlang.
5. Berilgan nutqiy qoliplar hujjat guruhlarining qaysi turlarida qo‘llanishini aniqlang. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
…lavozimga tayinlansin
…ga ruxsat berishingizni so‘rayman
buyruq ijrosini nazorat qilish … zimmasiga yuklatilsin
fursatdan foydalanib, yana bir bor …muborakbod etamiz
hurmat va ehtirom bilan
… ga tavsiya etiladi
… yilda … ni tamomladim
… imzosini tasdiqlayman
TASHKILIY HUJJATLAR VA ULARNING TURLARI
Har qanday tashkilotning faoliyati hujjatlarning turli ko‘rinishlarida o‘z aksini topadi. Tashkiliy hujjatlar o‘zaro bog‘liq hujjatlar majmui bo‘lib, quyidagilarni qat’iy belgilab beradi:
– tashkilot, muassasa yoki korxonaning strukturasi (tuzilishi) va vazifalari;
– ularning ish faoliyatini qanday tashkil qilish;
– ularning rahbariyati hamda xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi.
Tashkiliy hujjatlarda, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalar ham aks etadi.
Tashkiliy hujjatlarning turlariga nizom, ustav, shartnoma, ta’sis shartnomasi, yo‘riqnoma, lavozim yo‘riqnomasi, shtat jadvali, mehnat tartiboti qoidalari, xizmat guvohnomasi, xizmat safari guvohnomasi va boshqalar kiradi.
Ikki va undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kelishuv shartnoma deyiladi. Shartnoma davlat yoki nodavlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Unda hujjatni imzolagan tomonlar bajarishi lozim bo‘lgan shartlar va boshqa majburiyatlar ko‘rsatiladi.
Nizom – tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘linmalari tuzilishi, huquqlari, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat.
Nizomning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardir:
1. Tasdiqlash ustxati.
2. Muassasa (tarkibiy qism) nomi.
3. Hujjat nomi (Nizom).
4. Hujjat matni:
– muassasa tuzilishining maqsad va vazifalari;
– asosiy vazifalari;
– muassasa tuzilishi (strukturasi);
– muassasaning huquqlari;
– muassasada ishni tashkil qilish tartiboti.
Sana va joy.
Do'stlaringiz bilan baham: |