Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

Kalit so‘zlar: frazeologizmlar, frazeologik birikmalar, etimologiya, 
semantika, lingvokulturologiya, somatizm, lingvomadaniy sema, lisoniy ong, 
frazeologik sinonimiya.
Har bir tilning frazemalarida xalq hayoti bilan bog‘liq ijti-
moiy-tarixiy voqea-hodisalar, axloqiy me’yorlar, diniy tasavvurlar, 
milliy an’ana va urf-odatlar, madaniy steriotiplar va arxitiplar o‘z ak-
sini topgan bo‘lib, ular avloddan-avlodga uzatiladi. F.I.Buslayevning 
fikriga ko‘ra, frazemalar o‘ziga xos kichik dunyo bo‘lib, ular ajdod-
lar tomonidan avlodlarga meros qilib qoldirilgan axloqiy qoidalar 
va haqqoniy fikrlarni o‘z ichiga olgan qisqa, hikmatli ifodalardir. 
Ular millatning o‘ziga xos ruhini betakror obrazlar vositasida if-
odalaydigan har qanday milliy tilning jonidir.
Tilni o‘zlashtirish ja-
rayonidagi eng muhim jihatlardan biri frazeologik qatlam bilan 
tanishish, iboralarni o‘rganishdir. Har qanday tilda iboralar mavjud 
bo‘lib, ular so‘zlovchi nutqining ixcham, ta’sirchan va tabiiy chiqishi 
uchun xizmat qiladi. Yangi iborani o‘zlashtirish va uni doimiy xoti-
raga o‘tkazish jarayoni muayyan muddat talab qiladi. Ammo ularni 
1
Abduazizova Munisa Muzaffar qizi – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlar 
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti.
E-pochta: 
munisamuzaffarovna@gmail.com
Iqtibos uchun: Abduazizova, M.M “
Frazemalarni etilomologik asosiga ko‘ra tas-
niflash masalasi va ularning shakllanish omillari”. O‘
zbekiston: til va madaniyat. 
Lingvistika. 2023/1 (1): 163-172.
Uzbekistan: Language and Culture 2023/1 (1)
163


etimologiyasi yoxud ular bilan bog‘liq fakt, voqea-hodisalar bilan 
o‘zlashtirilganda frazemalarni eslab qolish samaradorligi oshishi 
olimlar tomonidan qayd etilgan. Bu holat faqat frazeologik fond 
uchun emas, paremiologik qatlamga oid barcha birliklarni o‘zlasht-
irish jarayonida samarali usul deya baholangan. Etimologiya so‘zi 
yunonchadan olingan bo‘lib, “etimos” haqiqiy, “logiya” fan, o‘rgan-
ish degan ma’noni anglatadi. Demak, tilshunoslik sohasi doirasida 
etimologiya barcha til birliklarining kelib chiqishi va shakllanish 
bosqichlari bilan shug‘llanuvchi fan sohasidir. Tilshunoslikning eti-
mologiya bo‘limi va uning o‘rganuvchi birligi etimon bo‘yicha ko‘plab 
olimlar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda. M.T.Irisqulov 
etimologiyani so‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi fan his-
oblab, bu so‘z grekcha “etymologia” so‘zidan olinganligini ta’kidlaydi. 
Shu bilan birga, etimologiya o‘rganuvchi birlik hisoblangan etimon 
xususida M.T.Irisqulov etimologiya so‘zning har ikki tomonini, ya’ni 
shakli va ma’nosini hisobga oladi, [Irisqulov 2009, 96-101] degan 
fikrlari shundan dalolat beradiki, etimonning shakl etimoni hamda 
ma’no etimoni so‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘rganishda muhim 
hisoblanadi. Nima uchun bizga etimologiya kerak? Buni frazemalar 
misolida tadbiq etsak, yuqorida ta’kidlangandek, etimologik qarash-
lar tahlili iboralarni eslab qolish va o‘zlashtirish ko‘rsatkichini sez-
ilarli darajada oshiradi, lisoniy “tezaurus”ni kengaytiradi. Masalan, 
qo‘shma so‘z misolida fikrimizni dalillaymiz. Ingliz tilini ikkinchi 
yondosh til sifatida o‘rganayotgan shaxs “hippopotamus” (begemot; 
hayvon nomi) so‘zini tushunmasdan yodlab olishi mumkin. Ammo, 
tilni asosiy til darajasida o‘zlashtirish uchun leksik fond doimiy xoti-
raga ko‘chmasa, muayyan muddatdan so‘ng so‘zlar unutilib, xotira-
dan o‘cha boshlaydi. Bu so‘z ikki qismdan iborat yunoncha “gippos” 
(ot) va “potamus” (daryo), ya’ni “gippopotamus” so‘zining lug‘aviy 
tarjimasi “daryo oti”. Tilni o‘zlashtirishda qo‘shma so‘zlarni shu 
shaklda etimologik ma’nosi bilan eslab qolish samarali usul sanaladi. 
Bu metod frazeologik fond bilimlarini boyitishda yana-da qo‘l keladi. 
Ya’ni idiomalarning etimologiyasini o‘rgatish ularni oson eslab qol-
ishga, idiomalarni nutqda to‘g‘ri qo‘llashga yordam beradi. R.A.Bu-
dagov “Garchi etimologik izlanishlar turli maqsadlarni ifodalasa-da
ular baribir bir-biriga tayanib ish ko‘radilar”, deb aytib o‘tgan edi. 
Bu borada etimologiya hamda frazeologiyani bir-biriga bog‘liq hol-
da o‘rganish maqbul samaraga erishishga imkon yaratadi. Chunki, 
frazeologik birliklar tarkibidagi ma’no o‘rganilmasdan turib, ularn-
ing etimologiyasini o‘rganish mumkin emas.
Frazeologik birliklar ifodalagan mazmunni uning tarkibiy 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling