Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

Munisa ABDUAZIZOVA
164


qismlari umumiy ma’noviy yaxlitligidan taxmin qilish mumkin
ammo frazema mazmuni metaforik yoki metonimik xarakterda 
bо‘ladi. Masalan, “tili shirin” iborasini olaylik. Ushbu ibora metaforik 
ma’no ko‘chishi asosida hosil bo‘lgan bo‘lib, ibora “gapirishi quloqqa 
yoqadigan, xushmuomala” [Sh. Rahmatullayev 1978, 231] ma’nosida 
ishlatiladi. Iboraning mazmunini anglamagan tinglovchi “til a’zosin-
ing mazasi xususida” gap ketayapti, deya taxmin qilishi ham mumkin. 
Frazeologik birliklarning bor “tarovati” ham shunda, ya’ni bu birliklar 
bor tushunchani borligicha emas, balki sayqallab, til egasi dunyoqa-
rashidan kelib chiqqan holda kommunikativ jarayonga tayyorlaydi.
Butun sо‘z birikmasining ma’nosi uning tarkibiy qismlari ma’nosin-
ing yig‘indisi emas, balki umumiy ma’no chiqarishda tarkibiy qism 
majoziy semasiga asoslaniladi. О‘zbek tilida frazeologik birliklarn-
ing ko‘pchiligi milliy-madaniy tafakkur, urf-odat va an’analar asosi-
da paydo bо‘lgan bо‘lsa, ingliz tilida frazeologik birliklarni boshqa 
tillardan, ayniqsa, lotin va fransuz tillaridan о‘zlashtirish nisbatdan 
kuchli. Ammo muayyan bir ibora va uning o‘zlashtirilishi, etimologi-
yasi xususida qat’iy bir fikr bildirish murakkab jarayon. Frazeologik 
birliklar evolutsiyasi davrlar, zamonlar va ijtimoiy-siyosiy omillar 
ta’sirida taraqqiy topadi. Bu jarayon millat lisoniy ongi va madaniy 
fondi taraqqiyoti bilan ham bog‘liq. Shu sababli bu masalada, ya’ni 
frazeologik birliklar etimologiyasi mavzusida uzil-kesil bitta xulosa-
ga kelib bo‘lmaydi, ammo taxmin va farazlar mavjud. 
Ingliz tilidagi aksariyat frazeologik birikmalarning mualliflari 
hozirgacha fan uchun noma’lumligicha qolmoqda. Barcha tillardagi 
frazeologik birikmalar, xususan ingliz tilidagi frazeologik birikmalar 
ham, millatning donishmandligi va lingvistik didini ko‘rsatuvchi xalq 
ijodi mahsuli hisoblanadi. Ko‘pgina frazeologik birikmalar o‘zida in-
gliz xalqining an’analari, odatlari va e’tiqodi, tarixning biz bilgan va 
bilmagan tarixiy haqiqat va dalillarini aks ettiradi. 
Rus tilshunosi L.A.Bulaxovskiy ingliz tilidagi onomastik kom-
ponentli frazeologik birliklarni kelib chiqishiga ko‘ra quyidagicha 
tasniflagan edi: 
1) maqol va hikoyalar asosida shakllangan; There is many a 
slip twixt the cup and the lip — irg‘ib o‘tmay xo‘p dema, oldindan hov-
liqma, tug‘ilmagan buzoqqa qoziq qoqma. Cut the Gordian knot yoki 
cut the knot — chigal masalaning yechimini topmoq; kalavaning uchi-
ni topmoq.
2) kasbiy lug‘at asosida shakllangan; go for a Burton – o‘lmoq, 
ko‘z yummoq, izsiz yo‘qolmoq. Barton – Staffordshir viloyatidagi pivo 
ishlab chiqaradigan kichik shahar. Write in water — bekordan bekor-
Frazemalarni etilomologik asosiga ko‘ra tasniflash masalasi va ularning shakllanish omillari
165


ga mehnat qilmoq. 
3) hazil va latifalar asosida tuzilgan; The smell of the lamp 
— chiroq hidi (birikmada yozuvchi o‘z asarini yozayotganda unga 
nur taratayotgan lampadagi moy hidi haqida so‘z bormoqda); 
zo‘rma-zo‘raki, sun’iy. apple of Sodom – chiroyli, ammo aynigan ho‘l 
meva; 
4) injildagi tasvirlar va parchalardan kelib chiqqan; Adam‘s 
apple –kekirdak; A forbidden fruit – ta’qiqlangan meva;
5) antik dunyo mamlakatlari ta’sirida shakllangan; Achille’s 
heel yoki the heel of Achille’s — Axilles tovoni; yagona zaif tomon, joy. 
Cassandra warnings — (k.u.) mensilmayotgan, lekin ayni vaqtda sodir 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling