Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
bo‘layotgan biror voqea haqida ogohlantirish.
6) xorijiy iboralar tarjimasi asosida shakllangan [Mirzayeva, Sanginova 2022]. B. Eshto‘xarova milliy-madaniy komponentlarni aks ettiru- vchi frazeologik birliklarni shakllanish motiviga ko‘ra quyidagicha tasniflagan: 1) turli ijtimoiy guruhlarning mehnatga oid faoliyatlari asosida paydo bо‘lgan frazeologik birliklar; 2) aniq tarixiy davr, re- allikni aks ettiruvchi frazeologik birliklar; 3) odamlar, urf- odatlar, milliy о‘ziga xos vaziyatlarni aks ettiruvchi turmush, marosimlar asosida paydo bо‘lgan frazemalar; 4) mamlakat geografiyasini aks ettiruvchi frazeologik birliklar; 5) adabiy manbalar, siyosiy hujjat- lar, matbuot ta’sirida shakllangan frazeologik birliklar [Eshto‘xarova 2022 ]. Xitoy tilshunos tadqiqotchisi Fangfang Ding ham ingliz tili- ga oid frazemalarning etimologiyasi va shakllanish motivi xususida tadqiqot olib borgan. Olim ingliz tilidagi iboralarni kelib chiqish aso- siga ko‘ra quyidagicha tasniflagan edi: 1. Metaforik motivga asoslangan frazemalar: to throw dust in someone’s eyes (birovni qasddan yo‘ldan ozdirmoq yoki xiyo- nat qilmoq); 2. Simvollar tizimiga asoslangan iboralar: to keep the wolf from the door (ochlik yoki moliyaviy muvaffaqiyatsizlikni oldini olish); 3. Intertekstual faktor asosida shakllangan iboralar: t o run/approach with seven-league boots (juda tez yugurish/ yaqinlash- ish). Ingliz tilidagi frazeologik birikmalarning kelib chiqishi eti- mologiyasi va manbalari bir-biridan salmoqli darajada farqlanadi. Individial iboralar muallifini aniq bilish imkoniyati mavjud. Ammo turg‘un frazemalar, ya’ni millat ongiga singib ketgan va keng tarqal- Munisa ABDUAZIZOVA 166 gan iboralarning aniq etimologik ildizini belgilash biroz murakkab. Bu holat o‘zbek va ingliz tillarida birdek muammoli jihatdir. Ko‘pgina frazeologik birikmalar o‘zida ingliz xalqining an’analari, odatlari va e’tiqodi, yashash tarzi va ingliz madaniyati, tarixining biz bilgan va bilmagan jihatlarini aks ettiradi. Masalan. “Blood is thicker than wa- ter” iborasi so‘zma-so‘z “qon suvdan quyuqroq” deb tarjima qilina- di. Ingliz madaniyatida oilaviy rishtalar boshqa munosabatlardan ustunligini ko‘rsatuvchi mazkur iboraning o‘zbek tilidagi ekvivalenti sifatida “et bilan tirnoq”, “etni tirnoqdan ajratib bo‘lmas” iborasini ko‘rsatishimiz mumkin. Ikki frazema morfologik jihatdan turli so‘z turkumlaridan tuzilgan bo‘lsa-da, semantik jihatdan bir ma’noni if- odalaydi. Qondoshlik, jigarchilik, bir ota-onadan tug‘ilgan farzandlar o‘rtasidagi mehr-muhabbat rishtalari o‘zbek millatida qanchalik qa- drlansa, ingliz xalqi mentalitetida ham o‘ziga xos qadriyat darajasiga ko‘tarilanligini ushbu ibora misolida ko‘rishimiz mumkin. Ingliz tilidagi frazemalar fondini boyitishda Bibliya va Shek- spir ijodidan olingan iboralar salmoqli o‘rinni egallaydi. Badiiy asar- lardan, turli adabiyot manbalaridan olingan. Yozuvchilarning asar- lari, bolalar she’riyati, ertaklar, karikaturalar ham frazemalarning kelib chiqish manbasi sifatida xizmat qiladi. Odatlar, tarixiy haqiqat- lar, an’analar va boshqalar bilan aloqador frazeologik birikmalarni ham ko‘plab uchratishimiz mumkin. Aksariyat frazeologik birliklar qadimgi ingliz tiliga xos bo‘lib, muallifi ham noma’lumdir. Yuqoridagi tasniflarga tayangan holda somatik iboralar va ularning etimologi- yasi borasida muayyan fikrga kelish maqsadida ularni nisbiy tarzda quyidagicha guruhlashimiz mumkin: 1. Xalq kundalik turmush tarzi, maishiy hayoti umum- lashma obrazi tarzida shakllangan somatik frazemalar; 2. Afsona va asotirlar asosida shakllangan soma kompo- nentli turg‘un birikmalar; 3. Din va diniy manbalar ta’sirida shakllangan soma komponentli frazeologik birikmalar; 4. Tarixiy voqealar, odatlar va an’analarga asoslangan so- matik frazemalar. Frazemalar etimologiyasi borasida yakuniy fikr yoki xulo- sa berish oson emas. Vaholanki, har bir ibora alohida tarix, alohi- da o‘tmishga ega. Millat, an’analar borki, til bor. Frazemalar esa til birliklari va kommunikatsion birliklar orasida eng qadimiylaridan sanaladi. O‘zbek tilida iboralarning katta qismi xalq kundalik tur- mush tarzi, maishiy hayoti ta’sirida shakllangan. Frazemalar hosil bo‘lishida xalqning maishiy hayoti hal qiluvchi aspekt sifatida ta’sir Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling