Lingvistika (O’zbek tili)


Download 9.56 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi9.56 Kb.
#1562985
Bog'liq
Taqriz. Ichki. Umurqulov B.A. 2023-y.


Termiz davlat universiteti 70230101 – “Lingvistika (O’zbek tili)” magistratura mutaxassisligi bitiruvchi kurs talabasi Xudoynazarova Munisa Iskandarovna tomonidan magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan “Diniy nutq va uning lingvistik tadqiqi (O’zbek tili misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishiga
T A Q R I Z
Jahon tilshunosligida diniy nutqlar xalqlarning milliy-madaniy xususiyatlarini, e’tiqodini, ijtimoiy turmush tarzini, etnik tarixi va estetik qarashlarini yaxlitlikda tadqiq etish uchun imkoniyat yaratuvchi muhim manba sanalgan. Har bir tilning diniy nutqlarida ilm-fan, mafkura, siyosat, jamiyat boshqaruvi, shariat, iqtisod va etika-estetikaga oid bilimlarning mujassamlashuvi xalqlarning ma’naviyati va ma’rifatini boyitishda hamda tartibga solishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Shu sababdan, diniy nutqlar muayyan xalq tilining leksik fondini boyitishi bilan birga uning tafakkur tarzi va mental xususiyatlarini ifoda etuvchi ko‘zgusidir. Dunyo tilshunosligida diniy nutqlarni zamonaviy lisoniy metodlar asosida tadqiq etish soha taraqqiyotini ta’minlaydigan muhim omillardan hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan olib qarganda, magistrant Xudoynazarova Munisa Iskandarovna tanlagan “Diniy nutq va uning lingvistik tadqiqi (O’zbek tili misolida)” nomli mavzusi bugungi kunda dolzarb ilmiy tadqiqot ishi sanaladi.
Dissertatsiya ishi kirish, uch bob, 8 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo’lib, ishning kirish qismida dunyo va yurtimiz tilshunosligida diniy nutqlar leksikasi va frazeologiyasi, diniy leksik birliklarning lug‘aviy-ma’noviy, uslubiy xususiyatlarini tadqiq etish, ularni mavzuiy jihatdan tasnif qilishga oid masalalar o‘rinli yoritilgan. Shuningdek, tanlangan mavzuning dolzarbligi va o‘rganilganlik darajasi, tadqiqot ob’ekti, predmeti, ilmiy farazi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, yetarli asoslab berilgan.
Tadqiqotning ilmiy ahamiyati o‘zbek tili lingvistikasi tizimida yana bir alohida uslub – diniy uslubning mavjudligi haqidagi qarashlarning ilmiy asosga ega ekanligini dalillangani, diniy nutqlarning leksik-semantik, semantik-uslubiy, grammatik xususiyatlari aniqlangani, o‘zbek tili funksional uslublariga xoslanishi asoslangani, nazariy xulosalar va tahlil usullarining boshqa turkum nutqlarni ham qiyosiy o‘rganishda manba vazifasini o‘tashi mumkinligi bilan belgilanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati to‘plangan materiallardan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida – uslubshunoslik, tilning me’yoriy muammolari, nutq madaniyati va ritorikaga oid o‘qitiladigan kurslarda foydalanish, oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbek tili stilistikasi”, “Nutq madaniyati va mutolaa san’ati” fanlari mavzulari doirasida maxsus kurslar o‘qishda, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili darslarida qo‘shimcha material sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Magistrlik dissertatsiya ishining birinchi bobi “Diniy nutq haqida umumiy tushuncha” deb nomlangan bo’lib, nutq tushunchasi va uning ko‘rinishlari aniqlanib, diniy nutq va diniy notiqlik ishlaridan foydalanish usullari asoslangan hamda tilshunoslikda diniy nutqning o‘rganilishiga oid nazariy va amaliy ma’lumotlar keng yoritib berilgan.
Dissertatsiya ishining ikkinchi “Diniy nutqning lingvistik imkoniyatlari” bobida, diniy nutqda fonetik o‘lchovlar aniqlanib, diniy nutqda leksik va morfologik birliklarning tanlanishi asoslangan hamda diniy nutqning sintaktik qurilishi yoritib berilgan.
Magistrlik dissertatsiya ishining uchinchi bobi “Diniy nutqning o‘zbek nutq madaniyatida tutgan o‘rni” deb nomlangan bo’lib, diniy nutq va diniy uslub asoslanib, diniy nutqning o‘zbek tili funksional uslublari bilan aloqasi yoritib berilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Xudoynazarova Munisa Iskandarovna tomonidan magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan “Diniy nutq va uning lingvistik tadqiqi (O’zbek tili misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishini tugallangan deb hisoblayman va uni belgilangan tartibda himoya qilishga tavsiya etaman.


Termiz davlat universiteti,
O’zbek tilshunosligi” kafedrasi
professori, fil.f.d. (DSc): B. Umurqulov
Download 9.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling