Lison tafakkur-nutq munosabati


www.scientificprogress.uz


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana29.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1306753
1   2   3   4   5
Bog'liq
lison-tafakkur-nutq-munosabati-dialektik-butunlik-sifatida

www.scientificprogress.uz
 
Page 242
shunchalik murakkab sxemaki u insonning yashash jarayoni mobaynidagi barcha 
informatsiyalarni tahlil qilib borish qobiliyatiga ega.Ammo bu qobiliyatdan barcha ham 
birdek foydalana olmaydi.Olamning bog’liqlik, aloqadorlik, umumiylik negizida 
yashovchi yaratiqlari mohiyatini tushunish uchun dialektik tafakkur shart va lozim. 
Asosiy qism. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar o‘zaro aloqadadir. Ular bir-
biriga ta’sir va aks ta’sir qilib turadi. Tabiat va jamiyatdagi hech bir narsa va hodisa 
boshqalardan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi. Lekin biz olamni bilish jarayonimizda 
uni tashkil etgan o‘zaro munosabatdagi alohida narsa va hodisalarni umumiy 
bog’lanishlardan ajratamiz. Mazkur jarayonda uning o‘ziga xos tomonlari va 
xususiyatlarini ochib berish maqsadida bu narsa va hodisalarning boshqa narsa va 
hodisalar bilan barcha aloqa va bog’lanishlarini, bilib boramiz.
Narsa va hodisalarni ilmiy bilish uchun uning barcha tomonlarini, barcha aloqa va 
bog’lanishlarini birga olib o‘rganish lozim. Bunga hech qachon to‘la erishib bo‘lmasa-
da, ularni munosabatlarda namoyon bo‘ladigan xususiyatlar majmuasi sifatida 
izohlashning o‘zi narsa va hodisalarni bilishda turli xatoliklardan saqlab qoladi. 
Dialektikada narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning xilma-xil 
ko‘rinishlari mavjudki, mazkur aloqadorliklar til birliklari uchun ham xosdir.
Alohidalik, xususiylik va umumiylik borliqdagi narsa va hodisalarning har
qaysisiga xos alohida, ma’lum guruhiga doir maxsus va hammasiga xos umumiy 
tomonlari, xususiyatlari va ular o‘rtasidagi bog’lanishlarni ifodalaydi.
Bevosita kuzatishda berilgan alohida narsa va hodisalardan farqlaydigan belgi va 
xususiyatlar birligi alohidalik sanaladi.
Bilish jarayoni alohidaliklarni o‘rganishdan boshlanadi. Alohidaliklarning 
o‘zlariga xos belgi va xususiyatlarini bir-biriga solishtirish orqali umumiylik hosil 
qilinadi. Bu turdagi bir qancha narsa va hodisalarga xos o‘zaro o‘xshash, ularning har 
birida takrorlanuvchi belgi va xususiyatlar birligi umumiylik hisoblanadi.
Alohidalik bilan umumiylik o‘rtasida xususiylik kategoriyasi ham mavjud. 
Xususiylik kategoriyasi narsa va hodisalardagi alohidalik va umumiylik o‘rtasidagi
alohidalikka nisbatan umumiy, umumiylikka nisbatan alohida belgi va xususiyatlar
hamda aloqadorliklarni ifodalaydi.
Alohidalik, xususiylik, umumiylik o‘zaro dialektik munosabatdadir. Ular bir-
birisiz mavjud bo‘lishi mumkin emas. Alohidalik bilan umumiylik xususiylik orqali
bog’lanadi. Xususiylik alohidaliklardan tashkil topadi, ayni paytda, umumiylikni
alohidalik bilan bog’laydi. Umumiylik esa alohidalikdan ajralgan holda bo‘lmaydi. U 
har bir alohidalikda uning umumiy xususiyatlari, belgilari, bog’lanishlari shaklida 
mavjud bo‘ladi.
Bundan ko‘rinadiki, bizning sezgi a’zolarimizga beriladigan har bir alohida narsa 
va hodisalar alohidalik, xususiylik va umumiylik birligidan iborat.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 ǀ ISSUE 1 ǀ 2023 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling