Lison tafakkur-nutq munosabati
www.scientificprogress.uz
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
lison-tafakkur-nutq-munosabati-dialektik-butunlik-sifatida
www.scientificprogress.uz
Page 243 Alohidalik, xususiylik va umumiyliklarning o‘zaro bog’lanishlarini dialektik nuqtai nazardan tushunish obyektiv olamni to‘g’ri bilishda katta ahamiyatga ega.(Quyidagi chizmada: borliq, inson, tafakkur, nutq bir butuniligi,bog’liqligi aks ettirilgan). Allohning yaratiqlari ichida eng oliysi va eng azizi bu- inson bo‘lsa, unga berilgan lison, nutq, tafakkur –eng buyuk ne’mat. Chunki, bu uch ne’mat boshqa biror maxluqotga berilgan emas. Miya- organ sifatida hayvonlarda ,hatto, ayrim o‘simliklarda ham bor. Ong ham. Ularda ong borligi uchun ham biz hayvonlarni qo‘lga o‘rgata olamiz. Til - organizm sifatida hayvonda ham mavjud. Biroq olamni bilishning birdan – bir manbayi fransuz faylasufi Dekart aytganidek –tafakkurdir.Tafakkur esa faqat va faqat insonga xos.Shuning uchun ham tilga dialektik yondashuv yo‘lini tanlagan substansial tilshunoslik vakillari til-nutq-tafakkurni bir-biridan farqlab, shu bilan birga ular chambarchas bog’liq ekanligini va faqat inson uchun xizmat qilishini inson bo‘lmagan yerda ular ham mavjud emasligini asosladilar.Et bilan tirnoqni ajratib bo’lmaganidek til-lison-tafakkur-me’yor-nutqni ham ajratib o‘rganib bo‘lmaydi .Ular ayni bir narsa emas,shu bilan birga bir- birisiz mavjud ham emas. Bu birliklar dialektik BORLIQ NUTQ LISON TAFAKKUR ME’YOR INSON SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 ǀ ISSUE 1 ǀ 2023 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 244 butunlik holida mavjud. Til birliklaridagi alohidalik, xususiylik va umumiyliklar o‘rtasidagi aloqa va bog’lanishlarni tilshunoslikda ilk bor dialektik mantiq tamoyillari asosida ish olib borgan S.N.Ivanov ochib berdi. Olimning ta’kidlashicha “u yoki bu xilma-xillik mohiyatini bilish shu xilma-xillikning umumiy asosini bilishga olib keladi. Amaliy bilishda bir-biridan ajralgan, bir-biridan uzoq bo‘lib ko‘ringan hodisalar mohiyatini bilish konkretlikdan mavhumlikka tamoyili asosida ma’lum obyekt haqida ilmiy tushuncha shakllantirish borasidagi dialektik mantiqning mag’zini tashkil etadi”. Biz dastlab sezgi a’zolarimiz yordamida alohidalikni, yakka narsa va hodisalarni, masalan, jo’nalish kelishigining turli shakli va mazmuniy variantini fahm qilamiz (xususan, -ga, -ka, -ka, -g„a, -a kabi). So‘ngra tafakkurimizda shu hissiy fahmlashdan vujudga kelgan mavjud faktlarni tahlil va sintez qilib, ularning muhim tomonlarini nomuhim tomonlardan, umumiy tomonlarini alohida tomonlaridan ajratamiz. Ularni o‘zaro bir- biri bilan birlashtiramiz, bir-biriga taqqoslaymiz. Shular asosida fikrimizda ularni ifodalovchi tushunchani hosil qilamiz. Bu hosil qilingan tushunchada narsa va hodisaning, yuqoridagi holatda jo‘nalish kelishigining ham yakka tomonlari, ham ularning muayyan turga, ya’ni kelishikka xos tomonlari hamda shu narsa va hodisalarning butun bir sinfga, ya’ni so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarga oid umumiy tomonlari ifodalanadi. Har qanday til birliklari bevosita kuzatishda bir qancha nutq birliklari orqali moddiy ifodasini topadi. Tildagi yuqoridagidek zidlanishni ayrim tilshunoslar emik va etik birliklari atomalari orqali ham ifodalaydilar. Emik birliklar -ema bilan tugagan atamalar (fonema, morfema, leksema kabi) orqali ifodalangan birliklarni o‘z ichiga olsa, etik birliklar variant yoki allo- bilan boshlangan (allofon, allomorf, alloleks) atamalar orqali ifodalangan birliklarni o‘z ichiga oladi. Muhokama va natijalar. Umuman, inson omili aralshgan hamma narsada til-lison o‘z aksini topadi. Dunyoda qanchaki til bo‘lmasin ular shaklan turlicha bo‘lsa- da,umumiyliklar asosida yashaydi.Ulardagi birliklar ham turli ma’no qirralarni ifodalasa-da ayni bir o‘xshash jihat ham ,shak-shubhasiz, mavjud bo‘ladi. Masalan:barcha tillarda o‘xshatish-metafora mavjud.Biz o‘zbek xalqida azaldan ayollarning yuzi chiroyini tasvirlash uchun oyga, kulchaga ba’zan olmaga o‘xshatiladi.Inglizlarda esa olchaga yoki atirgulga, xitoy va koreyada o‘rikka yoki majnuntol novdasiga qiyoslanarkan.Bu yerda o‘xshatish mavjudligi umum bo‘lsa, shu o‘xshatishni ifodalagan birliklar va ularning nomi turlicha (ya’ni har bir til uchun xususiy).Ayni shu yerda til va madaniyat yaxlitligini ham ko‘ramiz .Chunki madaniyat tilda aks etadi.Yoki o‘zbeklarda mehnatsevar kishilar chumoliga muqoyasa qilinsa,turklarda arilarga o‘xshatilar ekan.Demak, o‘zbek va turk yoki boshqa millat vakili tafakkurida mehnatsevar kishi tushunchasi doim mavjud biroq lisonda turli SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 ǀ ISSUE 1 ǀ 2023 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling