Lizingning ta’rifi va mohiyati
-chizma. Lizing bitimi va moliyaviy oqimlarning umumiy sxemasi
Download 129.35 Kb.
|
lizing operatsiyalari
1-chizma. Lizing bitimi va moliyaviy oqimlarning umumiy sxemasi.
Mulkiy munosabatlar nuqtai nazaridan lizing bitimi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkita tarkibiy qismdan – oldi-sotdi munosabatlari va mulkdan vaqtinchalik foydalanish bilan bog‘liq munosabatlardan iboratdir. Lizing subyektlariga umumiy soliqqa tortish shartlari qo‘llaniladi va quyida keltirilgan QQS, foyda va mol-mulk soliqlari bo‘yicha bir qator imtiyozlar beriladi. O‘zbekistonda lizing to‘lovlari QQSdan ozod qilingan. O‘zbekistonga kiritilayotgan texnologik uskuna QQS ozod qilinadi, agar importyorga xizmat ko‘rsatuvchi bankning tasdiqlovi bo‘lsa. Lizing oluvchining umumiy (to‘liq) daromadidan soliqqa tortish bazasini belgilashda butun lizing to‘lovi chegirilmaydi, faqat uning tarkibida lizing beruvchi daromadi. Shuningdek, lizing oluvchi yalpi daromadidan lizing predmeti amortizatsiyasi summasi, hamda lizing beruvchining umumiy tartibdagi barcha boshqa xizmatlarni narxi chegiriladi. Soliq Kodeksiga mos ravishda, foydani soliqqa tortish maqsadida amortizatsiya ajratmalari lizing oluvchida amalga oshiriladi. Lizing beruvchining daromadi – lizing to‘lovlari summasi va lizing predmetini qoldiq qiymati orasidagi farqidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 - avgust 2002 - yildagi № 3122 Qaroriga muvofiq 2001 - yil 1 - sentyabrdan lizing oluvchilar lizing predmeti bo‘yicha mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinganlar. O‘zbekistondagi lizing beruvchi chet-eldagi lizing oluvchiga lizing predmetini berishdagi vaziyatda, bojxona to‘lovlari ko‘rinishdagi moliyaviy xarajatlarni umuman ichiga olmaydi, chunki, O‘zbekistonda eksport tovarlariga soliqlar va bojlar yo‘q. Bu holatda lizinga beruvchi faqatgina bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imini to‘laydi holos. Majburiyat huquqi nuqtai nazaridan bu munosabatlar ikki xil turdagi shartnomalar – oldi-sotdi va lizing (mulkni vaqtinchalik foydalanishga berish) shartnomalari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Lizing shartnomasida shartnoma muddati tugagach mulkni sotish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu holda mulkdan vaqtinchalik foydalanish munosabatlari oldi-sotdi munosabatlariga aylanadi. Faqat bu safar munosabatlar lizing beruvchi va mulkdan foydalanuvchi o‘rtasida bo‘ladi. Lizingga xos bo‘lgan jihatlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, uning murakkab uch tomonlama asosini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra lizing xuddi kredit bitimlaridagi kabi, mablag‘larni qaytarib olish shartida asosiy kapitalga kiritishni anglatadi. Boshqa tomondan, bitim ishtirokchilari kapitaldan pul ko‘rinishida emas, balki ishlab chiqarish shaklida foydalanadilar, bu esa uni investitsiyalash bilan yaqinlashtiradi. Uchinchidan esa, lizing ijara mexanizmi bilan chambarchas bog‘liqdir. Biroq yuqorida sanab o‘tilgan munosabatlarning lizingga aynan xosligi to‘g‘risida gapirish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki ulardan hech biri alohida ravishda lizingda mulkchilik munosabatlari majmuasini tartibga sola olmaydi. Ulardan bir vaqtning o‘zida foydalanish va ularning o‘zaro bog‘liqligigina lizingni iqtisodiy faoliyatning yangi shakli sifatida yuzaga keltiradi. Demak, lizing murakkab tizim bo‘lib, o‘z ichiga investitsiya, kredit va ijara bitimlari elmentlarini kiritadi. Natijada ishlab chiqarish vositalarini ularni sotib olish va keyinchalik ijaraga berish yo‘li bilan vaqtinchalik foydalanishga berish bilan bog‘liq mulkchilik munosabatlari majmuasi amalga oshiriladi. Endi lizingga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlarni sanab o‘tamiz. Ular quyidagilardan iborat: Mulk va mulk ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ni tanlash huquqiga mulkdan foydalanuvchi ega. Mulk sotuvchisi mulk lizingga berish uchun sotib olinayotganligini biladi. Mulk mulkdorga berilmasdan bevosita foydalanuvchiga beriladi va foydalanuvchi tomonidan ekspluatatsiya qilishga qabul qilinadi. Mulkdan foydalanuvchi kamchilik va nuqsonlar aniqlangan holda o‘z e’tirozlarini mulkdorga emas, balki hech qanday shartnoma munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan sotuvchiga bevosita bildiradi. Lizingga beruvchi mulkni o‘zi foydalanish uchun emas, balki uni vaqtinchalik foydalanishga berish uchun atayin xarid qiladi. Lizing shartnomasi amal qilayotgan davr mobaynida mulk lizingga beruvchining mulki hisoblanadi. Mulk egasiga uni vaqtinchalik foydalanishga berish uchun haq to‘lanadi. Mulkdan foydalanuvchi muddatidan oldin yoki shartnoma muddati tugagach uni sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Download 129.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling