Lizingning ta’rifi va mohiyati


-chizma. Moliyaviy lizing sxemasi


Download 129.35 Kb.
bet8/9
Sana08.03.2023
Hajmi129.35 Kb.
#1253213
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
lizing operatsiyalari

5-chizma. Moliyaviy lizing sxemasi


Guruhli (aksiyadorlik) lizingda lizing beruvchi rolini mulkni ishlab chiqaruvchi firmalari bilan banklar (lizing kompaniyalari) kooperatsiyasi bajaradi. Bu turi ko‘pincha juda qimmat uskunalarni bozorga chiqarishda qo‘llanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar hamkorlarni izlab topish va lizing obyektiga texnik xizmat ko‘rsatishni, lizing kompaniyasi esa loyihalarning tashkiliy qismini ishlab chiqishni, ma’muriy masalalarni hal qilishni, maslahat xizmatlari ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.
Tezkor lizing shartnoma muddati mulkning xizmat qilish muddatidan kam ekanligi bilan ajralib turadi. Shartnoma amal qilish muddati davomida lizing beruvchi faqat mulk qiymatining bir qisminigina to‘laydi. Bu holda mulkning qoldiq qiymati yuqori bo‘ladi va lizing beruvchi ushbu qiymatni qoplash uchun katta tavakkalchilikka uchraydi, chunki u mulkni bir necha bor foydalanishga topshirishi lozim bo‘ladi.
Lizing ishtirokchilari tarkibi va lizing operatsiyalarini o‘tkazishni tashkil etishga ko‘ra lizing bevosita, bilvosita, qaytma va ta’minotchi lizingi kabi turlarga taqsimlanadi.
Bevosita lizingda lizing beruvchi sifatida mulkni ishlab chiqaruvchi korxona ishtirok etadi va o‘z mulkini mustaqil ravishda lizing oluvchiga topshiradi.
Bilvosita lizing mulkni vositachi orqali lizingga berishni ko‘zda tutadi, ya’ni uch tomonlama klassik bitim imzolanadi yoki ishtirokchilar soni 4-7 kishi bo‘lgan ko‘p tomonlama bitim tuziladi.
Bevosita lizingning bir shakli sifatida qaytma lizingni ko‘rsatish mumkin. Uning mohiyati shundan iboratki, ishlab chiqaruvchi mulkni lizing kompaniyasiga sotadi, kompaniya esa o‘z navbatida mulkni xuddi shu korxonaning o‘ziga ijaraga beradi, ya’ni mulk ishlab chiqaruvchi va lizing oluvchi bitta huquqiy shaxs hisoblanadi. Mazkur lizing turi moliyaviy holati qiyin bo‘lgan korxonalar uchun qiziqish uyg‘otadi.
Bilvosita lizingga misol tariqasida G‘arb mamlakatlarida keng tarqalgan ta’milovchi lizingini keltirish mumkin. Uning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, mulkni yetkazib beruvchi sotuvchi va mulkdan foydalanuvchi hisoblanmagan asosiy lizing oluvchi rolini bajaradi. Lizing oluvchi albatta mulkni uchinchi shaxsga sublizingga beradi.
Lizingni mulk turi bo‘yicha – ko‘char mulk va ko‘chmas mulk lizingiga bo‘lish ham keng tarqalgan. Ko‘char mulk obyektlariga ishlab chiqarish va qurilish asbob-uskunalari, transport vositalari, kompyuterlar, stanoklar, tele va masofaviy aloqa vositalari va boshqalar kiradi. Maxsus lizing ham o‘ziga xos lizing turi hisoblanadi, chunki lizing obyekti foydalanuvchining talablarini inobatga olgan holda maxsus tayyorlanadi. Bunda bitim muddati tugagach mulkdan faqat buyurtmachigina foydalanishi hisobga olinadi. Ko‘chmas mulk obyektlarining tasniflanishiga ko‘ra lizing quyidagi turlarga taqsimlanadi: korxonalar, ishlab chiqarish binolari va inshootlarning sanoat lizingi, savdo, ombor, idora va imoratlar lizingi. O‘zbekistonda asosan harakatlanuvchan mulk lizingi, aynan kombaynlar, traktorlar va boshqa texnika turlari lizingi keng qo‘llanadi.
Lizing obyektlarining mulk amortizatsiyasi shartlaridan kelib chiqqan holda, lizing to‘la amortizatsiyali va qisman amortizatsiyali turlarga taqsimlanadi. Birinchi holda to‘la qoplanuvchi lizing, ikkinchi holda esa qisman qoplanuvchi lizing ko‘zda tutiladi. Ulardan farq qiluvchi jadal amortizatsiyali lizingni ham ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Lizingni mulkka xizmat ko‘rsatish hajmi bo‘yicha taqsimlash ham qiziqish uyg‘otadi. Lizing “sof”, to‘liq yoki noto‘liq xizmatlar to‘plamiga ega hamda bosh bo‘lishi mumkin.
Sof” lizingni amalga oshirishda lizing obyektiga xizmat ko‘rsatishni lizing oluvchi o‘z zimmasiga oladi va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar lizing to‘lovlariga kiritilmaydi.

Download 129.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling