Lizingning ta’rifi va mohiyati


Lizing obyektlari va subyektlari


Download 129.35 Kb.
bet3/9
Sana08.03.2023
Hajmi129.35 Kb.
#1253213
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
lizing operatsiyalari

Lizing obyektlari va subyektlari


Lizing bitimlarini imzolashda lizing obyektlarini ta’riflash muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra (3-modda), “tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk lizing obyekti bo‘lishi mumkin”. Lizingning asosiy sharti shuki, lizing obyektlaridan faqat tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish talab qilinadi. Ijaradan farqli ravishda barcha ko‘chmas mulklarning asosi hisoblanuvchi yer maydonlari va tabiiy komplekslar lizingga berilishi mumkin emas. Lizingning asosiy shartiga ko‘ra lizing obyektlaridan faqat tadbirkorlik maqsadlaridagina foydalanish mumkin. Lizing obyektlari 2-chizmada aks ettirilgan.

2-chizma. Lizing obyektlari.
Klassik lizing subyektlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin (3- chizma):

  • lizing beruvchi (lizing predmeti egasi) - huquqiy shaxs bo‘lib, mulkni ishlab chiqaruvchidan (sotuvchidan) sotib oladi va uni lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga beradi;

  • lizing oluvchi (lizing predmetidan foydalanuvchi) – huquqiy shaxs yoki huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda xususiy tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro bo‘lib, lizing shartnomasi bo‘yicha lizing mulkini vaqtincha foydalanishga oladi;

  • yetkazib beruvchi (ta’minlovchi) – lizing predmetini sotuvchi – huquqiy yoki jismoniy shaxs bo‘lib, lizing oluvchi tanlagan mulkning egasi hisoblanadi va lizing beruvchi bilan ushbu mulk bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini imzolaydi.



Bozorda lizing beruvchi sifatida ishtirok etuvchilar


Download 129.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling