Lizingning ta’rifi va mohiyati
Download 129.35 Kb.
|
lizing operatsiyalari
FunksiyalarMoliyaviy: -lizing oluvchini zarur ishlab chiqarish vositalari narxini to’laligicha bir vaqtning o’zida to’lashdan ozod qilish; -lizing oluvchiga uzoq muddatli kredit berish Ishlab chiqarish: -ishlab chiqarish vazifalarini mulkdan vaqtinchalik foydalanish hisobiga tezlik bilan hal qilish; -moddiy-taxnik ta’minotning samarali usuli; -FTT va eng yangi texnikalarga ega bo’lish; -to’liq to’plamli lizing turli xil xizmatlar majmuasi bilan amalgam oshiriladi: texnik xizmat ko’rsatish, sug’urtalash, xom-ashyo bilan ta’minlash. Sotish: -iste’molchilar doirasini kengaytirish; -yangi sotuv bozorlarini egallash; lizing sohasiga u yoki bu mulkni sotib olishga qodir bo’lmaganlarni jalb qilish; yangi tovar yaratish, modifikatsiya. Moliyaviy funksiya tovar ishlab chiqaruvchini zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarining to‘liq qiymatini bir vaqtning o‘zida to‘lashdan ozod qilish va unga uzoq muddatli kredit berishda namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish funksiyasi ishlab chiqarishdagi muammolarni mulkdan vaqtinchalik foydalanish hisobiga hal qilishdan iborat bo‘lib, u yangi texnika ishlab chiqarish va moddiy-texnika ta’minotining samarali usuli hisoblanadi hamda texnik xizmat ko‘rsatish, xom-ashyo va ishchi kuchi bilan ta’minlash kabi turli xil servis xizmatlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Sotish funksiyasi o‘z ichiga iste’molchilar doirasi, ya’ni sotuv bozorlarini egallash, shuningdek, lizing sohasiga u yoki bu mulkni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarni jalb qilishni kiritadi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi va milliy amaliyoti lizingning yana bir funksiyasini ko‘rsatadi. Bu amortizatsiya va soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘lib, quyidagi xususiyatlarga ega hisoblanadi: Lizing mulki tomonlarning kelishuvi bo‘yicha lizing beruvchi yoki lizing oluvchining balansida hisobga olinadi; Lizing to‘lovi lizing oluvchi ishlab chiqarayotgan mahsulot tannarxiga kiritiladi, bu esa soliqqa tortiluvchi foyda miqdorini kamaytiradi; Jadal amortizatsiya soliqqa tortiluvchi foyda miqdorini kamaytiradi va moddiy-texnika bazasini yangilashni tezlashtiradi. Shu tariqa, ushbu funksiya eng muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki u lizing beruvchiga ham, lizing oluvchiga ham imtiyozlar beradi. Xar bir ishtirokchi uchun lizing quyidagi afzalliklarni beradi: Download 129.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling