Lizingning ta’rifi va mohiyati
Download 129.35 Kb.
|
lizing operatsiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizing beruvchi uchun
- Lizing mulkini sotuvchi uchun
- Davlat uchun
Lizing oluvchi uchun: texnika ma’naviy eskirayotgan sharoitlarda yangi, ilg‘or texnikalarga ega bo‘lish uchun yo‘l ochilishi: mulkni sotib olish va moliyalashtirish masalalarini bir vaqtning o‘zida hal qilish; sotib olinayotgan mulk qiymatini bir vaqtning o‘zida to‘lashdan ozod etish; lizing shartnomasi amal qilayotgan muddatga mulk solig‘idan ozod qilinish; soliqqa tortiluvchi foyda miqdorini lizing to‘lovlari summasiga kamaytiradi; asbob-uskunalarning ma’naviy eskirish tavakkalchiligining pasayishi; to‘lov tizimining moslashuvchanligi; barcha lizing to‘lovlari amalga oshirilgach asbobuskunalarga to‘liq egalik qilish.
Lizing beruvchi uchun: ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish va eski mijozlarni saqlab qolish; yangi mijozlarni jalb qilish; o‘zlarining bekor turgan mablag‘laridan samarali foydalanish, shuningdek qo‘shimcha foyda olish; mijozning to‘lov layoqati yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlarning kamayishi; davlat manfaatlariga rioya qilinishi. Lizing mulkini sotuvchi uchun: mahsulotni sotish bozorini kengaytirish; asbob-uskunalar uchun darhol kafolatlangan to‘lovni olish; asbob-uskunalarning kamchilik va nuqsonlarini aniqlash maqsadida aloqa o‘rnatish; mahsulotni yangilash sur’atlarini tezlashtirish; hisob-kitoblarning qulayligi; yordamchi asbob-uskunalarga talabning mavjudligi; vaqtincha foydalanilmayotgan texnikalardan daromad olish. Davlat uchun: investitsiya qo‘yilmalaridan maqsadli foydalanish kafolati; investitsiya siyosatini faollik bilan amalga oshirish; mablag‘larni asosiy fondlarga an’anaviy moliyalashtirish kanallariga qo‘shimcha ravishda kiritish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishini rag‘batlantirish; ishlab chiqarishning rivojlanishiga qo‘shimcha ma’muriy organlar yaratmasdan, faqat iqtisodiy usullar yordamida investitsiyalar kiritish. Shu tariqa, lizing mulkni ishlab chiqaruvchi uchun ham, uni iste’mol qiluvchi uchun ham, investor uchun ham qiziqish uyg‘otadi. Iste’molchi uchun bu tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan mulkni moliyalashtirish vositasi bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi uchun sotuv hajmini kengaytirishga imkon beruvchi qo‘shimcha sotish kanali hisoblanadi. Investor uchun esa lizing o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish imkonini beruvchi kapital kiritishning foydali usulidir. Lizing to‘g‘risidagi fikrlarning obyektiv bo‘lishi uchun unga xos bo‘lgan bir qator kamchiliklarni ham sanab o‘tish lozim bo‘ladi: inflyatsiya tufayli lizing mulkni sotib olish uchun olinuvchi qarzga qaraganda qimmatga tushishi mumkin; fan-texnika taraqqiyoti natijasida foydalanilayotgan mulk eskiradi, lizing to‘lovlari esa shartnoma muddati tugaguncha amalga oshiriladi; lizing oluvchi bankrotga uchragan taqdirda lizing beruvchi shartnomada ko‘rsatilgan badallarning qolgan qismi to‘lanishini talab qilishga haqli emas; lizing muddati tugagandan so‘ng lizing oluvchi eskirgan asbobuskunalarga ega bo‘ladi. Shu bilan bir paytda lizingda ijobiy xislatlar salbiy xislatlarga qaraganda ancha ko‘p bo‘lib, aksari mamlakatlarda lizingning rivojlanish tarixi jamiyatning xo‘jalik hayotida uning katta ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Respublikamizda lizingdan maqsadli foydalanishni amaliyotga kiritishni tashkil etishda uning turlari, shakllari va amalga oshirish usullarini to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy lizing xizmatlari bozori bu turdagi xizmatlarning turli-tumanligi bilan tavsiflanadi. Lizing turlari bitimda ishtirok etuvchilarning tarkibi, lizing obyektining xususiyatlari va ularning amortizatsiya shartlari, tomonlar majburiyatlari hajmi, mulkdan foydalanish muddati, bozor sektori, soliq imtiyozlari va lizing to‘lovlari turlariga bog‘liq ravishda turlarga ajratiladi (1-jadval). Lizing bitimlari muddati, lizing beruvchining majburiyatlari hajmi va lizing obyektlarining o‘zini qoplash darajasiga ko‘ra lizingning ikkita asosiy turi – moliyaviy va tezkor lizingni ajratib ko‘rsatish mumkin. Lizing rivojlanishning boshlang‘ich bosqichida turgan O‘zbekiston uchun ko‘proq moliyaviy lizing xarakterlidir. U mulkni uning to‘liq amortizatsiya muddatiga to‘g‘ri keluvchi uzoq muddatga ijaraga berishni ko‘zda tutadi, ya’ni lizing muddati davomida mulkning to‘liq qiymati to‘lanadi. 1-jadval Asosiy lizing turlarining tasniflanishi
Download 129.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling